Amprilanretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: ramipril 1,25 mg, 2,5 mg, 5 mg va 10 mg; yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, kroskarmelloza natriy, oldindan jelatinlangan kraxmal, natriy stearilfumarati, pigment aralashmasi  PB22886 sariq (laktoza monogidrati, temir oksidi sariq (Ye172)), pigment aralashmasi  PB24899 pushti (laktoza monogidrati, temir oksidi sariq (Ye172),temir oksidi qizil (Ye172)).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ramipril

Preparatning savdo nomi:

Amprilan

Farmakalogik guruhi:

Angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitori.

Dori shakli:

tabletkalar 1,25 mg, 2,5 mg, 5 mg va 10 mg.

Tabletkalar 1,25 mg va 10 mg: oval, oq yoki deyarli oq rangli, chetlari qiya, yassi tabletkalar. Tabletkalar 2,5 mg: oval, och-sariq rangli, chetlari qiya, qobiqsiz yassi tabletkalar. Tabletkalar 5 mg: oval, pushti rangli, ko‘rinadigan dog‘lari bo‘ladigan, chetlari qiya, qobiqsiz yassi tabletkalar. Tabletkalar 10 mg: oval, oq yoki deyarli oq rangli, chetlari qiya, qobiqsiz yassi tabletkalar.

Angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitori.

[S09AA05]

So‘rilishi Ichga qabul qilgandan keyin me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, ovqat hazm qilish so‘rilishini sekinlashtirmaydi. Qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyaga 1 soat o‘tgach erishiladi. So‘rilish qiymati kamida 56% va me’da-ichak yo‘llarida ovqat borligiga bog‘liq emas. Ramipril qabul qilingandan keyin faol metaboliti ramiprilatining biokiraolishi 2,5 mg va 5 mg dozalarda 45% ni tashkil qiladi. Ramipril jigarda faol metabolit – ramiprilat hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Qon zardobidagi ramiprilatning maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilgandan keyin 2-4 soat o‘tgach erishiladi, muvozanat kontsentratsiyasiga – preparat qabul qilgandan keyin 4 kun. Taqsimlanishi Ramiprilning taxminan 73% va ramiprilatni 56% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Metabolizmi Ramipril deyarli to‘liq ramiprilatga va diketopiperazin efir, diketopiperazin kislota va ramipril va ramiprilat glyukuronidlariga metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi Metabolitlarning chiqarilishi asosan buyraklar orqali amalga oshiriladi. Ramiprilatning plazmadagi kontsentratsiyalari ko‘p bosqichli tarzda pasayadi. Angiotenzin-aylantiruvchi ferment bilan kuchli bog‘lanishi tufayli, va fermentdan sekin dissotsiatsiyasi tufayli, past plazma kontsentratsiyalarda ramiprilat chiqarilishni davomli terminal bosqichga ega. Terapevtik doza buyurilgandan keyin ramiprilatning yarimchiqarilish davri 5-10 mg dozalar uchun 13-17 soatni tashkil qiladi va 1,25-2,5 mg dozalar uchun davomliroq bo‘ladi. Tekshirishlar bir marta buyurilganda preparatni sut bilan chiqarilishi aniqlanmagan, lekin ko‘p marta qo‘llashning samaralari xali o‘rganilmagan. Buyraklar faoliyati buzilganda ramipril va uning metabolitlarining chiqarilishi kreatin klirensiga proportsional pasayadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ramipril va ramiprilatning metabolizmi sekinlashgan, qon zardobida ramiprilning kontsentratsiyasi esa oshgan bo‘lishi mumkin.

– Arterial gipertenziya Yurak-tomir profilaktikasi: quyidagi patsiyentlarda yurak-tomir kasalliklari va o‘limni pasaytirish: – aterotrombotik yurak-tomir kasalliklarining (yurak ishemik kasalligi, insult yoki anamnezdagi periferik tomirlarning kasalliklari) ko‘rinishlari yoki – kamida bir yurak-tomir xavf omillari bo‘lgan qandli diabet. Surunkali buyrak yetishmovchiligi: – diabetik kalava nefropatiyasining boshlang‘ich bosqichilari (mikroalbuminuriya mavjudligi bilan xarakterlanuvchi) – yurak-tomir havf omillaridan biri bo‘lgan diabetik kalava nefropatiyasini ko‘rinishlarida (makroproteinuriya bilan namoyon bo‘luvchi) – nodiabetik kalava nefropatiyasini ko‘rinishlarida (kuniga ≥ 3 g mikroalbuminuriya mavjudligi bilan xarakterlanuvchi) Simptomatik yurak yetishmovchiligi: – O‘tkir miokard infarktidan keyingi ikkilamchi profilaktika: yurak yetishmovchiligini klinik belgilari bo‘lgan bemorlarda miokard infarktining o‘tkir bosqichida o‘limni pasaytirish (o‘tkir miokard infarktidan keyin ≥ 48 soat).

Preparat ichga qabul qilinadi. Tabletkani butunligicha, chaynamasdan va maydalamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan, har kuni bir vaqtda yutish tavsiya etiladi. Preparat ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilinadi.

Havfsizlik profilini rezyumesi Ramiprilning havfsizlik profili doimiy quruq yo‘tal va gipertoniya bilan bog‘liq bo‘lgan reaktsiyalarni o‘z ichiga oladi. Jiddiy nojo‘ya reaktsiyalarga angionevrotik shish, giperkaliyemiya, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, pankreatit, og‘ir teri reaktsiyalari va neytropeniya/agranulotsitoz kiradi. Ramipril bilan davolashda paydo bo‘ladigan nojo‘ya samaralar a’zolar tizimi bo‘yicha muvofiq guruhlar va paydo bo‘lishini tez-tezligiga qarab tasniflanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha), kam (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha), juda kam (≤ 1/10000), noma’lum (bor bo‘lgan ma’lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas). Har bir guruh chegarasida preparatning nojo‘ya samaralari ahamiyatini kamayishi tartibida berilgan. Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar -tez-tez emas: miokardial ishemiya, stenokardiya yoki miokard infarkti, taxikardiya, aritmiya, yurak urishini his qilish, periferik shishlarni ham qo‘shib. Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar -tez-tez emas: eozinofiliya; -kam: leykotsitlar (neytropeniya va agranulotsitozni ham qo‘shib), eritrotsitlar, gemoglobin, trombotsitlar miqdorini pasayishi; -noma’lum: suyak ko‘migini yetishmovchiligi, pantsitopeniya, gemolitik anemiya. Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar -tez-tezligi noma’lum: antidiuretik gormonni noadekvat sekretsiyasi sindromi (SNS ADG). Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar -tez-tez:bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; -tez-tez emas: vertigo, paresteziya, agveziya,disgveziya; -kam: tremor, muvozanatni buzilishi; -noma’lum: tserebral ishemiya, ishemik insult, tranzitor ishemik hujum, ko‘nikmalarni psixomotor buzilishi, achishish hissi, parosmiyani ham qo‘shib. Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar -tez-tez emas: ko‘rishni buzilishlari, ko‘rishni noaniqligini ham qo‘shib; -kam: kon’yunktivit. Eshitish a’zosi tomonidan va labirint buzilishlar -kam: eshitishni buzilishi, quloqlarda jaranglash. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar -tez-tez: quruq jarangli yo‘tal, bronxit, sinusit, hansirash; -noma’lum: bronxospazm, astma, burunni bitishini ham qo‘shib. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar -tez-tez: me’da-ichak yallig‘lanishi, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, qorinda diskomfort, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; -tez-tez emas: pankreatit, pankreatik fermentlarning darajasini oshishi, ingichka ichakni angionevrotik shishi, qorinning yuqori qismida og‘riq, gastrit, qabziyat, og‘izni qurishini ham qo‘shib; -kam: glossit; -noma’lum: aftoz stomatit.

Ramiprilga, preparatning har qanday boshqa ingrediyentiga yoki boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik.Anamnezdagi angionevrotik shishi.Qonni manfiy zaryadlangan yuza bilan kontaktiga olib keluvchi ekstrakorporal davolash.Buyrak arteriyalarining gemodinamik axamiyatli ikki tomonlama stenozi, yakka buyrak arteriyasini stenozi.Homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oyliklari.Gipotenziyasi yoki gemodinamikasi beqaror bo‘lgan patsiyentlar.Qandli diabeti bo‘lgan yoki o‘rtacha/og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (SKF ≤60 ml/min/1,73 m2) Amprilan® ni aliskiren saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar Yuqori gidravlik o‘tkazuvchanligi (masalan, poliakrilonitril membrana) membranalarni ishlatish bilan dializ yoki geofiltratsiya kabi qonni manfiy zarayadlangan yuzalar bilan kontaktiga olib keluvchi ekstrakorporal davolash va dekstran sulfati bilan lipoproteinlarni past zichlikdagi aferezi, o‘tkir anafilaktoid reaktsiyalar rivojlanishi havfini oshiradi. Bu davolashni zarurati bo‘lganda dializ uchun boshqa tur membranalarni va gipotenziv preparatlarning boshqa sinfini ishlatish imkoniyatini ko‘rish lozim. Klinik sinovlarning natijalari, AAF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari yoki aliskirenni  ishlatish bilan renin-angiotenzin-aldosteron tizimini ikki tomonlama bloklash, monoterapiya bilan solishtirganda gipotoniya, giperkaliyemiya va buyraklar faoliyatini buzilishi (o‘tkir buyrak yetishmovchiligini ham qo‘shib) kabi nojo‘ya samaralar rivojlanishini yuqoriroq tez-tezligi bilan assotsiatsiyalanadi. Ishlatishdagi ehtiyotkorlik choralari Kaliy tuzlari, geparin, kaliy tejovchi diuretiklar va kaliyning plazmadagi darajasini oshiruvchi boshqa moddalar (shu jumladan angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari, takrolimus, tsiklosporin) Giperkaliyemiyaning oldini olish uchun qonda kaliyning darajasini sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi. Trimetoprim va sulfometaksazol/trimetoprim: AAF ingibitorlarini trimetoprim yoki sulfometaksazol/trimetoprim (Ko-trimoksazol) fiksatsiyalangan majmuasi bilan bir vaqtda qo‘llashda giperkaliyemiya rivojlanishini havfi oshadi. Antigipertenziv preparatlar (masalan, diuretiklar) va arterial bosimni kamaytiruvchi boshqa moddalar (masalan, nitratlar, tritsiklik antidepressantlar, anestetiklar, alkogolni o‘tkir iste’mol qilish, baklofen, alfuzozin, doksasozin, prazozin, tamsulozin, terazozin) Gipotenziya rivojlanishini havfi bo‘lishi mumkin. Vazopressor simpatomimetiklar va antiginertenziv samarani pasaytiruvchi boshqa moddalar (masalan, izoproterenol, dobutamin, dopamin, adrenalin) Qon bosimini nazorat qilish tavsiya etiladi. Allopurinol, immunodepressantlar, kortikosteroidlar, prokainamid, tsitostatiklar va qon hujayralari miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan boshqa moddalar Gematologik reaktsiyalarni yuqori ehtimoli. Litiy tuzlari AAF ingibitorlari litiyning chiqarilishini kamaytirishi mumkin, buning oqibatida uning toksikligi oshadi. Litiyning darajasini nazorat qilish kerak. Diabetga qarshi prepratlar, insulinni ham qo‘shib Gipoglikemik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Qonda glyukozaning darajasini nazorat qilish kerak. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va atsetilsalitsil kislota Antigipertenziv samarani pasayishi kuzatiladi. AAF ingibitorlari va NYAQP bir vaqtda qo‘llash buyrak faoliyatining buzilishi havfini oshirishi va kaliyemiyani oshirishi mumkin. mTOR ingibitorlari (mammalian Target of Rapamycin-sut emizuvchilarning hujayralaridagi rapamitsinning nishoni), masalan, temsirolimus, evrolimus, sirolimus. AAF ingibitorlari bilan mTOR ingibitorlarini bir vaqtda olayotgan patsiyentlarda, angionevrotik shishi rivojlanishi tez-tezligini oshishi kuzatilgan.

Gipertoniya havfi bo‘lgan patsiyentlar Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi kuchli faollangan patsiyentlar Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi kuchli faollangan patsiyentlarda AAF (iAAF) ingibitorlari ta’siri ostida, ayniqsa AAF ingibitorlari yoki yo‘ldosh diuretiklar birinchi marta yoki oshirilgan dozada birinchi marta qo‘llanganda, arterial bosimni keskin tushishi va buyraklar faoliyatini yomonlashishini havfi bo‘ladi. Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini faollashishi va qon bosimi shifokor  nazorati ostida bo‘lishi kerak, masalan, quyidagi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda: og‘ir arterial gipertenziyali;dekompensatsiyalangan dimlangan yurak yetishmovchiligili;chap qorinchaga oqib kelish yoki oqib chiqishni gemodinamik qiyinligida (masalan, aortal yoki mitral klapanning stenozi);buyrak arteriyasini bir tomonlama stenozi va ikkinchi faoliyat ko‘rsatayotgan buyrakli;tuzlar va suyuqlikni rivojlanayotgan yoki mavjud bo‘lgan yetmasligili (shu jumladan diuretiklarni olayotgan patsiyentlar);jigar tsirrozili va/yoki astsitli;xirurgik aralashuvlarda yoki gipotoniya chaqiruvchi dori vositalari bilan anesteziya vaqtida. Davolashni boshlash oldidan patsiyentdagi degidratatsiyani, gipovolemiyani yoki tuz yetishmovchiligini yo‘qotish tavsiya etiladi (yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda bu to‘g‘rilovchi harakatlar hajm yuklamasi havfidan saqlanish uchun, sinchiklab baholanishi kerak). Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini (RAAS) ikki tomonlama bloklanishi Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini ikki tomonlama bloklanishi monoterapiya bilan solishtirganda gipotoniya, giperkaliyemiya rivojlanishini yuqori havfi va buyraklar faoliyatini buzilishlari (o‘tkir buyrak yetishmovchiligini ham qo‘shib, assotsiatsiyalanadi. AAF ingibitorlarini, angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari (BRAII) yoki aleksirenni qo‘llash bilan RAAS ni ikki tomonlama blokadasini tavsiya qilish mumkin emas. Birga qo‘llash mutloq ko‘rsatilgan holda, mutaxassislarni sinchikov kuzatuvi va albatta buyraklar faoliyati, suv-elektrolit balansi va arterial bosimni monitoring qilish kerak. AAF ingibitorlari va angiotenzin I retseptorlarining blokatorlari, diabetik neyropatiyasi bo‘lgan bo‘lgan patsiyentlarga bir vaqtda buyurilmasligi kerak. O‘tkir gipotenziyada yurak ishemiyasi yoki bosh miya ishemiyasi bo‘lgan patsiyentlar Davolashni boshlang‘ich davrida maxsus tibbiy kuzatuv talab etiladi. Xirurgik aralashuvlar Ramipril kabi AAF ingibitorlari bilan davolash iloji boricha rejalashtirilayotgan xirurgik aralashuvdan bir kun oldin to‘xtatilishi kerak. Buyraklar faoliyatini nazorati Davolash vaqtida, ayniqsa davolashni birinchi haftasida va uni boshlaguncha buyraklar faoliyatini nazorat qilish va dozani to‘g‘rilash kerak. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa, sinchikov nazorat talab etiladi. Ayniqsa dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yoki buyrak transplantatsiyasidan keyin, buyraklar faoliyatining buzilishini havfi mavjud bo‘ladi. Angionevrotik shish AAF ingibitorlarini, ramiprilni ham qo‘shib, olgan patsiyentlarda angionevrotik shish rivojlanishi haqida xabar berilgan. Bu patsiyentlarda qorinda og‘riqlar kuzatilgan (ko‘ngil aynishi, qusish bilan yoki ularsiz). Angionevrotik shish rivojlanishini havfi, shuningdek, mTOR ingibitorlari kabi (masalan, temsirolimus, everolimus, sirolimus) preparatlarni yoki vildagliptin bir vaqtda olayotgan patsiyentlarda ham yuqori bo‘lishi mumkin. Angionevrotik shish paydo bo‘lganda Amprilan® bilan davolashni to‘xtatish kerak. Shoshilinch davolashni darxol boshlash kerak. Patsiyent simptomlar butunlay yo‘qolgunicha hech bo‘lmaganda 12 dan 24 soatgacha kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Desensibilizatsiyadagi anafilaktik reaktsiyalar Hashorotlarning zahari va boshqa allergenlarga anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar ko‘rinishlarini paydo bo‘lish ehtimoli va og‘irligi, AAF ingibitorlari qo‘llanganda oshadi. Desensibilizatsiyani o‘tkazishgacha Amprilan® bilan davolashni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rish kerak. Elektrolitlar miqdorini nazorati Giperkaliyemiya AAF ingibitorlari, Amprilan® ni ham qo‘shib, davolash olayotgan patsiyentlarda giperkaliyemiya rivojlanishi haqida xabar berilgan. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, ≥ 70 yoshda, nazorat qilinmaydigan qandli diabetda, shuningdek, kaliy tuzlari, kaliy saqlovchi diuretiklar va boshqa kaliyning plazmadagi darajasini oshiruvchi faol moddalarni olayotgan patsiyentlarda, yoki suvsizlanish, o‘tkir yurak dekompensatsiyasi, metabolik atsidozda, giperkaliyemiya rivojlanishini havfi paydo bo‘ladi. Hamma sanab o‘tilgan prepartalarni bir vaqtda qo‘llash maqsadga muvofiqligida, kaliyning plazmadagi darajasini muntazam monitoring qilish kerak. Giponatriyemiya Ramipril olayotgan ayrim patsiyentlarda keyingi natriyuriya rivojlanishi bilan antidiuretik gormonning (ADG) (SNSADG) noadekvat sekretsiyasi sindromi kuzatilgan. Keksa patsiyentlarda va giponatriyemiya rivojlanishini havfi bo‘lgan boshqa patsiyentlarda natriyning miqdorini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Neytropeniya/agranulotsitoz Kam neytropeniya/agranulotsitoz, shuningdek, trombotsitopeniya va anemiya, suyak ko‘migi faoliyatini bostirilish ham kuzatilgan. Leykopeniyani oldini olish uchun leykotsitlar miqdorini monitoring qilish tavsiya etiladi. Kollagenozlar (masalan, eritrematoz yugirik yoki sklerodermiya) bilan birga kechuvchi buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni davolashni boshlang‘ich davrida va qon manzarasining o‘zgarishlarini chaqiruvchi dori vositalar qabul qilganda sinchiklab kuzatish tavsiya etiladi. Etnik farqlar AAF ingibitorlarini qo‘llash oqibatida angionevrotik shish ko‘proq qora tanli patsiyentlarda paydo bo‘ladi. Qon bosimini pasaytirish uchun AAPF ingibitorlarini, ramiprilni ham qo‘shib qo‘llash, qora tanli patsiyentlarda kamroq samarali bo‘lishi mumkin (ya’ni, bu populyatsiyada renin darajasi past bo‘lgan arterial gipertenziyali patsiyentlar ko‘proq uchraydi).

Xomiladorlik Amprilan® ni homiladorlikning birinchi uch oyligi vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi va homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik tashhis qilinganda, AAF ingibitorlari bilan davolashni darhol to‘xtatish, va, zarurati bo‘lgan holda, muqobil davolashni boshlash kerak. Angiotenzin-aylantiruvchi ferment/angiotenzin II retseptorining antagonistini ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida ingibitsiya qilinishi, ma’lumki, odam fetotoksikligini (buyraklar faoliyatini pasayishi, oligogidroamnioz, kalla suyagini suyaklanishini sekinlashishi) va yangi tug‘ilganlar uchun toksiklikni (buyrak yetishmovchiligi, gipotoniya, giperkaliyemiya) induktsiyalaydi. Onalari AAF ingibitorlarini olgan go‘daklarni gipotoniya, oliguriya va giperkaliyemiyaga diqqat bilan kuzatish kerak. Amprilan® preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik yuz bergan holda, iloji boricha tezroq, uni qabul qilishni to‘xtatish va patsiyentni, uni qo‘llaganda bola uchun havf eng kam bo‘ladigan boshqa preparatlarni qabul qilishga o‘tkazish kerak. Emizish Emizish vaqtida ramiprilni qo‘llash haqida ma’lumot yetarli bo‘lmaganligi tufayli, emizish vaqtida Amprilan® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar Amprilan® bilan davolash zarur bo‘lsa, unda emizish to‘xtatilishi kerak.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: haddan ziyod periferik vazodilatatsiya (yaqqol arterial gipotenziya,shok), bradikardiya, suv-elektrolit balansini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Davolash: birlamchi detoksikatsiya (me’dani yuvish, adsorbentlarni yuborish), gemodinamik barqarorlikni tiklash, alfa-1-adrenergik agonistlarni yoki angiotenzin II ni (angiotenzinamid) yuborish. AB, buyrak faoliyatini va qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Intoksikatsiyani bartaraf qilish uchun gemodializning samaradorligi aniqlanmagan.

Shifokor retsepti bilan beriladi

7 yoki 10 tabletkadan OPA/Al/PVX folga va alyumin folga blisterda. 2, 4, 8, 12 yoki 14 blisterlar (7 tabletkadan blisterda) yoki 3, 6 yoki 9 blisterlar (10 tabletkadan blisterda) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

1,25 mg tabletkalar: 2 yil. 2,5 mg, 5 mg va 10 mg tabletkalar: 3 yil.