Ampitsillina trigidratretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ampitsillin (ampitsillin trigidrati holida) – 250 mg; yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, talk, kartoshka kraxmali.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ampitsillin (ampicillin)

Preparatning savdo nomi:

Ampitsillina trigidrat

Farmakalogik guruhi:

Beta–laktam antibiotiklar–penitsillinlar. Keng ta’sir doirasiga ega penitsillinlar.

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli, yassitsilindrik, riska va faskali tabletkalar.

Beta–laktam antibiotiklar–penitsillinlar. Keng ta’sir doirasiga ega penitsillinlar.

J01CA01.

Sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan bakterial infektsiyalar; LOR-a’zolari infektsiyalari, bronxit, pnevmoniya,  siydik chikarish yo‘llarining infektsiyalari,  gonoreya, ginekologik infektsiyalar, septitsemiya, peritonit, endokardit, meningit, qorin tifi, MIY infektsiyalari.

Ichga, ovqatdan 0,5-1 soat oldin buyuriladi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish zarur. Kam hollarda teri toshmasi, qichishish va eshakemi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan. Ushbu reaktsiyalarni paydo bo‘lish ehtimoli infektsion mononukleoz va kelib chiqishi limfoid bo‘lgan o‘tkir va surunkali leykemiyali patsiyentlarda yuqori bo‘ladi. Shuningdek purpurani vujudga kelishi haqida xabarlar keltirilgan. Kam hollarda ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va epidermal nekroliz haqida xabarlar bor. Kam hollarda anafilaktik reaktsiyalar kelib chiqqan. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: kam hollarda interstitsial nefrit paydo bo‘lishi mumkin. MIY a’zolari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda soxtamembranoz va gemorragik kolitni paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan. Gepatobiliar tizimi tomonidan: gepatit, xolestatik sariqlik paydo bo‘lishi haqida kam xabarlar bor. “Jigar” transaminazalarining faolligini o‘rtacha oshishi kuzatilishi mumkin. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, trombotsitopeniya va gemolitik anemiya, qon ketishi vaqtini va protrombin vaqtini oshishi xaqida xabarlar berilgan. Yuqorida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar yoki ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar kelib chiqishi holatlarida shifokorga murojaat qilish lozim.

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penitsillinlarga, tsefalosporinlarga, karbapenemlarga), infektsion mononukleoz, limfoleykoz, jigar yetishmovchiligi, anamnezidagi me’da-ichak kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit), laktatsiya davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: bronxial astma, toshmali isitma va boshqa allergik kasalliklar, buyrak yetishmovchiligi, anamnezdagi qon ketishlar, homiladorlik davri.

Aminoglikozidlar bilan farmatsevtik nomutanosib. Antatsidlar, glyukozamin, surgi dori vositalari, ovqat va aminoglikozidlar (enteral qabul qilganda) so‘rilishni sekinlashtiradi va pasaytiradi; askorbin kislotasi so‘rilishni oshiradi. Bakteritsid antabiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, tsefalosporinlar, tsikloserin, vankomitsin, rifampitsin) sinergik ta’sir ko‘rsatadi; bakteriostatik dori vositalari (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) – antagonistik ta’sir ko‘rsatadi. Bilvosita antikoagulyantlar (ichak mikroflorasini susaytirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi) samarani oshiradi, esterogen saqlovchi peroral kontratseptivlarining (kontratseptsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatish kerak), etinilestradiolning samaradorligini kamaytiradi (bunday holda “yorib o‘tish” qon ketishlarining rivojlanishini xavfi oshadi). Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, yuqori zichlikka ega quyimolekulyar polisaxaridlar va naychalar sekretsiyasini bloklovchi boshqa dori vositalari plazmada ampitsillinning kontsentratsiyasini oshiradi (naychalar sekretsiyasini pasaytirishi hisobiga). Allopurinol teri toshmasining rivojlanishini xavfini oshiradi. Metotreksatning klirensini kamaytiradi va toksikligini oshiradi. Digoksinni so‘rilishini kuchaytiradi.

Davolashni boshlashdan oldin patsiyentdan beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim. Beta-laktam antibiotiklarini qabul qilgan patsiyentlarda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari holatlari, ba’zi hollarda o‘lim holati (anafilaksiya holatlari) aniqlangan. Ko‘pincha parenteral dori shaklini qo‘llangandan so‘ng anafilaksiya holatlarini uchrashiga qaramay, peroral dori shaklini qabul qilgandan keyin ham anafilaksiyani kelib chiqishi holatlari haqida xabarlar mavjud. Ushbu reaktsiyalar anamnezida beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lgan patsiyentlarda ko‘proq uchraydi. Infektsion mononukleoz va/yoki kelib chiqishi limfoid xarakterdagi o‘tkir yoki surunkali leykemiyaga shubha bo‘lganda dori vositasini qabul qilishdan saqlanish lozim. Teri toshmasini paydo bo‘lish holatlari dori vositasini qabul qilgandan keyin ushbu holatlar bilan birga rivojlangan. Ampitsillin trigidrati uzoq muddat qabul qilinganida dori vositasiga sezgir bo‘lmagan mikroflorani o‘sishi hisobiga superinfektsiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial davolashni muvofiq o‘zgartirishni talab etadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dori vositasining dozasiga tuzatish kiritish lozim. Kursli davolashda qon yaratish a’zolari, jigar va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak. Sepsisi bo‘lgan bemorlarga buyurilganida bakterioliz reaktsiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin. Kurslik davolash fonida yengil diareyani davolashda ichakning peristaltikasini pasaytiruvchi diareyaga qarshi dori vositalarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak; kaolin- yoki attapulgit saqlovchi diareyaga qarshi dori vositalarini ishlatish mumkin, preparatni bekor qilish ko‘rsatilgan. Og‘ir diareyada shifokorga murojaat qilish kerak. Davolashni kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin albatta yana 48-72 soat davomida davom etishi kerak. Bolalar. Ampitsillining  ushbu dori shaklini 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi. Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llanilishi. Laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holatda homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin. Avtotransportni va boshqa yuqori xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Avtotransportni haydash va yuqori kontsentratsiyali e’tiborni talab etadigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: markaziy nerv tizimiga toksik ta’siri ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (ayniqsa, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi (qusish va diareyaning oqibatida). Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalari, suv-elektrolit muvozanatini tutib turish uchun dori vositalari va simptomatik davolash. Gemodializ yordamida chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. Bir yoki ikki kontur o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida. Statsionarlar uchun o‘ram: 240 kontur uyali o‘ram, muvofiq miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan guruh qutisiga joylanadi.

3 yil.