Ampitsillin tabletkaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ampitsillin trigidrati – 250 mg yoki 500 mg;

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ampitsillin (ampitsillin trigidrati koʼrinishida).

Preparatning savdo nomi:

Аmpitsillin

Farmakalogik guruhi:

Penisillinlar (Beta-laktam)

Dori shakli:

tabletkalar

Penisillinlar (Beta-laktam)

J01CA01

Preparat – keng taʼsir doirasiga ega boʼlgan yarimsintetik penitsillinlar guruhiga mansub antibiotik. Mikroorganizmlar hujayrasi devori sintezini bostirib bakteritsid taʼsir qiladi. Penitsillinaza taʼsirida parchalanadi. Kislotaga chidamli. Preparatga penitsillinaza ishlab chiqarmaydigan Streptococci A, B, C, F, G; Str.pneumoniae va quyidagi mikroorganizmlar: L.monocytogenes, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix rhusopathiae, Eikenella, N.meningitidis, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propioniobacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema doimo sezgir; Enterococcus faecalis, E.coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H.influenzae, N.gonorrhoeae, Fusobacterium spp., Prevotella lar doimiy sezgir emas. Preparatga chidamli mikroorganizmlar: Staphylococcus spp., B.catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C.diversus, C.freundii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella morganii, Y.enterocolitica, Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Xanthomonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin meʼda-ichak yoʼllaridan yaxshi soʼriladi. Plazmadagi eng yuqori miqdoriga tahminan 1,5-2 soatdan keyin erishiladi. Organizmning toʼqimalari va suyuqliklariga kiradi, terapevtik dozalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarida, oʼt-safroda aniqlanadi. Preparat yoʼldosh toʼsigʼidan oʼtadi, ona sutiga chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T1/2) tahminan 1 soat, anuriyada bu davr 12-20 soatgacha uzayadi. Preparatning asosiy qismi organizmdan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun siydikda antibiotikning juda yuqori miqdori hosil boʼladi. Preparat qayta yuborilganida, organizmda toʼplanib qolmaydi, bu uni katta dozalarda va uzoq vaqt qabul qilishga imkoniyat beradi.

Bakterial infektsiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salьmonellyoz, salьmonellalarni uzoq vaqt tashuvchilik, xoletsistit, koʼkyoʼtal, pielonefrit, uretrit, endokardit, teri va yumshoq toʼqimalarning infektsiyalari, ginekologik infektsiyalar, quloq, burun, tomoq infektsiyalari, odontogen infektsiyalar, meningit, sepsis va preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalarda qoʼllanadi.

Oʼrtacha ogʼirlikda kechuvchi infektsiyalarda, sutkalik dozasi kattalar uchun 2-3 g, ogʼir infektsiyalarda – 10 g, meningitda – 14 g ni tashkil qiladi. Bolalarga preparat 50-100 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi. Bir yoshgacha boʼlgan bolalar uchun sutkalik doza 0,25-0,75 g, 1 yoshdan 6 yoshgacha – sutkalik doza 0,75-1,5 g, 6 yoshdan 15 yoshgacha – 1,5-2 g ni tashkil qiladi. Sutkalik dozani 2-4 qabulga, menigitda 6-8 qabulga boʼlinadi. Gonokokkli uretrit bundan istisno, unda 3,5 g preparat ichga bir qabulda bir marta buyuriladi. Preparat ovqatdan 0,5-1 soat oldin qabul qilinadi. Davolash kursining muddati odatda 5-10 kun, oʼtkir pielonefritda 2-3 hafta, surunkali pielonefritda 6 oydan oshiqni tashkil qiladi.

Аllergik reaktsiyalar (eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, konʼyunktivit; kam hollarda – isitma, boʼgʼimlarda ogʼriqlar, eozinofiliya; juda kam hollarda – anafilaktik shok). Markaziy nerv tizimiga zaxarli taʼsiri (buyrak yetishmovchiligi boʼlgan bemorlarda yuqori dozalarda qoʼllanganda), dispepsik koʼrinishlar (diareya, koʼngil aynishi, qusish) kandidoz, ichak disbakteriozi boʼlishi mumkin.

Mutlaq: penitsillin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatining ogʼir buzilishlari, miasteniya, 1 yoshgacha boʼlgan bolalar, preparatga sezgir boʼlmagan shtammlar, ayniqsa psevdomonadalar va stafilokokklar chaqirgan infektsion kasalliklarda qoʼllash mumkin emas. Nisbiy: sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezda allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki eshakemini boʼlishi, infektsion mononukleozdagi, limfoleykozdagi ikkilamchi infektsiyalar, homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllash mumkin emas.

Bakteriostatik antibiotiklar (tetratsiklin, xloramfenikol, eritromitsin va boshqalar) bilan bir vaqtda qoʼllanganida oʼzaro antagonizm yuzaga keladi. Аminoglikozid antibiotiklari bilan mikroblarga qarshi samaradorligida sinergizm kuzatiladi. Probenitsidni birga buyurish, preparatni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi va uning qon zardobidagi miqdorini oshishiga olib keladi, allopurinol bilan esa – preparatning metabolizmini sekinlashtiradi va teri toshmasining paydo boʼlish tez-tezligini oshiradi. Kam hollarda preparat peroral kontratseptivlarning taʼsirini susaytiradi.

Аllergik reaktsiyalar paydo boʼlgan holda preparat qabul qilishni toʼxtatish va desensibilizatsiyalovchi davolashni oʼtkazish kerak. Preparat sepsisli bemorlarda qoʼllanganida bakterioliz reaktsiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin. Holsizlangan bemorlarni uzoq vaqt davolanganda preparatga chidamli mikroorganizmlar (achitqisimon zamburugʼlar, grammanfiy mikroorganizmlar) chaqirgan superinfektsiyani rivojlanishi mumkin. Bu bemorlarga preparat bilan davolash davrida V guruhi vitaminlarini va S vitaminini, buyurish, zarurati boʼlganda, nistatin va levorinni berish maqsadga muvofiqdir. Bronxial astmada, pichan isitmasida va boshqa allergik kasalliklarda, zarur hollarda preparat bilan bir vaqtda desensibilizatsiya qiluvchi vositalar buyuriladi. Preparatni homilador va emizikli ayollarga, buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Buyraklar, jigar faoliyatini va qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.

Quruq, yorugʼlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.

Retsept buyicha.

2 yil.