Amoksiklavretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: amoksitsillin va klavulanat kislotasi; Amoksiklav 1000 mg, 200 mg: har bir flakon natriyli tuzi shaklida 1000 mg amoksitsillin va kaliyli tuzi shaklida 200 mg klavulanat kislotasi saqlaydi. Nisbati 5:1 ni tashkil qiladi. yordamchi moddalar: mavjud emas.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amoksitsillin, klavulanat kislotasi (amoxicillin, clavulanic acid)

Preparatning savdo nomi:

Amoksiklav

Farmakalogik guruhi:

tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar; penitsillinlarni beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuasi.

Dori shakli:

inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun

oqdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan kukun.

tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar; penitsillinlarni beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuasi.

J01CR02.

Sog‘lom ko‘ngillilarga amoksitsillin/klavulanat kislotasini 500 mg/100 mg yoki              1000 mg/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus ravishda yuborilganida, zardobda o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi muvofiq ravishda amoksitsillin uchun 32,2 va 105,4 mkg/ml ni va klavulanat kislotasi uchun 10,5 va 28,5 mkg/ml ni tashkil qilgan. T1/2 ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda amoksitsillin uchun 1,07 va 0,9 soatni va klavulanat kislotasi uchun     1,12 va 0,9 soatni tashkil qilgan. AUC qiymati muvofiq ravishda amoksitsillin uchun 25,5 va 76,3 soat mg/l va klavulanat kislotasi uchun 9,2 va 27,9 soat mg/l ni tashkil qilgan. Siydik bilan chiqarilishi esa (%, 0 soatdan 6 soatgacha) muvofiq ravishda amoksitsillin uchun 66,5 va 77,4 ni va klavulanat kislotasi uchun 46,0 va 63,8 ni tashkil qilgan. Qon plazmasidagi klavulanat kislotasining umumiy miqdorini taxminan 25% va amoksitsillinning umumiy miqdorini taxminan 18% oqsillar bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi amoksitsillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg va klavulanat kislotasi uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilganidan so‘ng amoksitsillin va klavulanat kislotasi qovuq, qorin devori to‘qimalari, teri, yog‘ to‘qimasi, mushak to‘qimalari, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksitsillin orqa miya suyuqligiga yetarli darajada kirmaydi. Klinik oldi tadqiqotlarida har ikkala faol moddalarning hosilalarini ahamiyatli darajada tutilishi xususida hech qanday dalillar olinmagan. Amoksitsillin ko‘pchilik penitsillinlar kabi ko‘krak sutiga o‘tadi. Klavulanat kislotasining juda oz miqdori ham ko‘krak sutida aniqlanadi (“Homiladorlik va emizish” bo‘limiga qarang). Amoksitsillin dastlabki dozasining maksimum 10-25% ga ekvivalent bo‘lgan hajmlarda nofaol penitsil kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi. Klavulanat kislotasi odam organizmida jadal metabolizmga uchraydi, siydik va axlat bilan, shuningdek nafas bilan karbonat angidridi holida chiqariladi. Amoksitsillin/klavulanat kislotasining majmuasi sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan bir soat va o‘rtacha umumiy klirensi taxminan 25 l/soat bilan ifodalanadi. Preparat 500/100 mg yoki 1000/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus holda bir marta yuborilganidan so‘ng amoksitsillinning taxminan 60-70% va klavulan kislotasining taxminan 40-65% birinchi 6 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Turli tadqiqot natijalariga muvofiq 24 soatlik davr davomida siydik bilan chiqarilish darajasi amoksitsillin uchun 50-85% va klavulanat kislotasi uchun       27-60% ni tashkil qiladi. Klavulanat kislotasining maksimal hajmi preparat yuborilganidan keyin birinchi 2 soat davomida chiqariladi. Yosh 3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksitsillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Juda kichik yoshdagi bolalarga (shu jumladan, chala tug‘ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi haftasida buyraklar orqali chiqarish yo‘li yetilmaganligi sababli preparatni kuniga ikki martadan ortiq yuborish mumkin emas. Keksa yoshdagi shaxslarda buyraklar funktsiyasini pasayish ehtimoli oshganligi sababli, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, shuningdek buyraklar funktsiyasini monitoring qilish talab qilinishi mumkin. Buyraklar funktsiyasini buzilishi Amoksitsillin/klavulanat kislotasining plazmadan umumiy klirensi buyraklar funktsiyasini pasayishiga proportsional ravishda pasayadi. Klirensini pasayishi klavulanat kislotasiga nisbatan amoksitsillinda yaqqolroq kechadi, chunki amoksitsillinning ko‘proq qismi buyraklar orqali chiqariladi. Shunday qilib, buyrak yetishmovchiligida ishlatiladigan dozalari klavulanat kislotasini adekvat darajada tutib turishda amoksitsillinni haddan tashqari ko‘p to‘planishiga to‘sqinlik qilishi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang). Jigar yetishmovchiligi Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi va jigar funktsiyasini muntazam monitoring talab etiladi.

Amoksiklav kattalar va bolalarda quyidagi infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi: og‘ir otolaringologik infektsiyalar (masalan, mastoidit, peritonzillyar abstsess, epiglottit, kasallikning tizimli ko‘rinishlarini og‘ir belgilari bo‘lgan sinusit);surunkali bronxitni zo‘rayishi (muvofiq ravishda tashhis qo‘yilganida);kasalxonadan tashqari pnevmoniya;tsistit;piyelonefrit;teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, xususan teri osti yog‘ kletchatkasini yallig‘lanishi, hayvonlar tishlashi oqibatidagi jarohatlar, tishlarning tarqalgan flegmonali og‘ir abstsesslari;suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, xususan osteomiyelit;intraabdominal infektsiyalar;ayollarda jinsiy a’zolar infektsiyalari. Katta yoshdagi shaxslarda yirik jarrohlik aralashuvlari, shu jumladan quyidagi sohalarda o‘tkazilgan operatsiyalar bilan bog‘liq infektsiyalarni oldini olish: me’da-ichak yo‘llari;chanoq bo‘shlig‘i;bosh va bo‘yin;o‘t chiqarish yo‘llari. Antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.

Agar dozasi alohida komponentining miqdoriga mos kelishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, dozalar amoksitsillin/klavulanat kislotasining miqdorini ko‘rsatadi. Alohida infektsiyalarni davolash uchun Amoksiklavning dozasini tanlash quyidagi omillarga asoslanishi kerak: taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi;infektsiyaning og‘irligi va joylashishi;yoshi, tana vazni va buyraklar funktsiyasi, keyinroq ko‘rsatilgan. Amoksiklavning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksitsillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksitsillin/klavulanat kislotasining boshqacha nisbati) qo‘llash mumkinligi zaruratga qarab ko‘rib chiqiladi. Amoksiklavni ushbu dori shakli quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq qo‘llanganida amoksitsillinning umumiy sutkalik dozasi 3000 mg va klavulanat kislotasiniki 600 mg bo‘lishini ta’minlaydi. Amoksitsillinning yuqori sutkalik dozalarini qo‘llash zarurati bo‘lganida, klavulanat kislotasining ko‘zda tutilmagan yuqori sutkalik dozalarini yuborishni oldini olish maqsadida, amoksitsillin/klavulanat kislotasining vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shaklini tanlash tavsiya qilinadi. Davolash davomiyligi patsiyentning davolashga javob reaktsiyasiga qarab aniqlanadi. Ayrim infektsiyalar (masalan, osteomiyelit) uzoqroq davolashni talab etadi. Davolash davomiyligi o‘zgartirishsiz 14 kundan oshmasligi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi davolash davomiyligi haqidagi ma’lumotga qarang). Amoksitsillin/klavulanat kislotasini yuborish tez-tezligi bo‘yicha mahalliy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak. Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar “Qo‘llanilishi” bo‘limida keltirilgan infektsiyalarni davolash: 1000 mg/200 mg dan har 8 soatda yuboriladi. Intraoperatsion profilaktika Davomiyligi 1 soatdan kam bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda yuboriladi (vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shakllari hisobiga 2000 mg/200 mg dozaga erishish mumkin). Davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda, 24 soat davomida 1000 mg/200 mg dozada maksimum uch marta yuboriladi. Operatsiya vaqtida infektsiyaning aniq klinik belgilarini aniqlash operatsiyadan keyingi davrda antibiotiklarni vena ichiga yuborish yoki og‘iz orqali qabul qilishni odatdagi kursini o‘tkazish zarurati bilan ifodalanadi. Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar Tavsiya qilingan dozalari: 3 oylik va undan katta bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 8 soatda yuboriladi.3 oylikkacha yoki tana vazni 4 kg dan kam bo‘lgan bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi. Keksa yoshdagi patsiyentlar Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Buyrak yetishmovchiligi Dozaga tuzatish kiritish amoksitsillinni tavsiya qilingan maksimal darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Kreatinin klirensi ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bo‘lgan bolalar KK: minutiga 10-30 mlBoshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan kuniga ikki marta yuboriladi.KK: <10 ml/minBoshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda yuboriladi.GemodializBoshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida qo‘shimcha 500 mg/100 mg doza (zardobda amoksitsillin va klavulanat kislotasining kontsentratsiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi. Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar KK: minutiga 10-30 mlTana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi.KK: <10 ml/minTana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda yuboriladi.GemodializTana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida tana vazniga qo‘shimcha 12,5 mg/2,5 mg doza (zardobda amoksitsillin va klavulan kislotasining kontsentratsiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi. Jigar yetishmovchiligi Davolash ehtiyotkorlik bilan olib boriladi. Jigar funktsiyasini muntazam ravishda monitoring qilish shart (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan: Juda tez-tez                (≥1/10), Tez-tez                          (≥1/100 dan <1/10 gacha), Tez-tez emas                 (≥1/1000 dan <1/100 gacha), Kam hollarda               (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), Juda kam hollarda      (<1/10000), Tez-tezligi noma’lum (ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya reaktsiyalarga diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kiradi. Infektsion va parazitar kasalliklar Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi; Tez-tezligi noma’lum: sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishi; Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya; Tez-tezligi noma’lum: qaytuvchan agranulotsitoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi; Immun tizim tomonidan buzilishlar: Tez-tezligi noma’lum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, o‘ta yuqori sezuvchanlik vaskuliti; Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; Tez-tezligi noma’lum: tirishishlar; Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: Tez-tez: diareya; Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqatni hazm bo‘lmasligi; Tez-tezligi noma’lum: antibiotiklarni qo‘llanishi oqibatidagi qo‘zg‘atgan kolit (shu jumladan, soxtamembranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang); Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: AST va ALT darajalarini oshishi (o‘rtacha oshishi beta-laktam antibiotiklarini qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarni qiymati noma’lum); Tez-tezligi noma’lum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu nojo‘ya ko‘rinishlar boshqa penitsillinlar va tsefalosporinlarni qo‘llash fonida kuzatilgan, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang); Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Terida har qanday o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari”ga qarang); Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishishi, eshakemi; Kam hollarda: ko‘p shaklli eritema;

Preparatni faol moddalariga yoki har qanday penitsillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, tsefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlarga) zudlik bilan kechuvchi (masalan, anafilaksiya) o‘ta yuqori sezuvchanlik og‘ir reaktsiyalari.Sariqlik yoki anamnezida amoksitsillin/klavulanat kislotasini qo‘llash fonidagi jigarni boshqa shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.

Peroral antikoagulyantlar Amoksitsillin bilan davolash kursi fonida atsenokumarol yoki varfarin bilan tutib turuvchi davolanayotgan patsiyentlarda xalqaro normallashtirilgan nisbatni oshish hollari ta’riflangan. Bir vaqtda buyurish zarurati tug‘ilganda davolashni boshlash vaqtida va amoksitsillin bekor qilinganida protrombin vaqti yoki xalqaro normallashtirilgan nisbatni sinchiklab monitoring qilish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Metotreksat Penitsillinlar metotreksatni ajralishini pasaytirishi mumkin, bu zaharlanishni kuchayishi bilan kechadi. Probenetsid Probenetsidni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Probenetsid buyrak kanalchalarida amoksitsillinni sekretsiyasini pasaytiradi. Probenetsidni Amoksiklav bilan bir vaqtda qo‘llash qonda amoksitsillinning darajasini (ammo klavulanat kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin. Mikofenolat mofetili Mikofenolat mofetili qabul qiluvchi patsiyentlarda amoksitsillin va klavulanat kislotasi preparatini peroral qo‘llash boshlangandan so‘ng metofenil kislotalarini (MFK) faol metabolitlarini kontsentratsiyasi taxminan 50% ga pasaygani mikofenolat mofetilini keyingi dozalarini qabul qilishdan oldin kuzatilgan. Bunday MFK kontsentratsiyalarini navbatdagi dozalarni qabul qilishdan oldin o‘zgarishi MFK ning umumiy ekspozitsiyasini o‘zgarishi haqida guvohlik bermaydi. Shu bilan bir qatorda, transplantat disfunktsiyasini klinik belgilari bo‘lmaganda odatda mikofenolat mofetilni dozasini o‘zgatirishga zarurat yo‘q. Shunga qaramay, mana shunday majmuaviy davolash vaqtida va antibiotik bilan davolash tugagandan biroz vaqt o‘tgandan keyin sinchkov tibbiy kuzatuv olib borish kerak.

Amoksitsillin/klavulanat kislotasi bilan davolashni boshlashdan oldin penitsillinlar, tsefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yig‘ish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Nojo‘ya ta’sirlari” ga qarang). Penitsillinlar bilan davolash fonida jiddiy va davriy o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaktoid reaktsiyalar) kuzatilgan. Ular ko‘proq anamnezida atopiyasi va penitsillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda rivojlanadi. Allergik reaktsiyalar rivojlanganida Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlarni buyurish kerak. Amoksitsillinga infektsiya qo‘zg‘atuvchilarni sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq Amoksiklavdan amoksitsillinga o‘tish variantini ko‘rib chiqish kerak. Agar taxmin qilinayotgan qo‘zg‘atuvchilar klavulanat kislotasining ingibitsiya qiluvchi ta’siriga sezgir, beta-laktamazalar bilan bog‘liq bo‘lmagan, beta-laktam preparatlarga rezistentlik xavfi yuqori bo‘lsa, preparatning ushbu dori shakli qo‘llash uchun yaroqsizdir. T>MBK uchun aniq ma’lumotlarni yo‘qligi, shuningdek solishtirib bo‘ladigan dori shakllari uchun ma’lumotlarni cheklanganligi sababli, ushbu dori shakli (amoksitsillinni qo‘shimcha yubormasdan) penitsillinga chidamli S.pneumoniae chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun yaroqli emas. Buyraklar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan yoki preparatning yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin. Infektsion mononukleozga gumon qilingan hollarda, Amoksiklav bilan davolashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki ko‘rsatilgan kasallik fonida amoksitsillin qo‘llangandan so‘ng qizamiqqa o‘xshash toshmalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan. Amoksitsillin bilan davolash vaqtida allopurinolni yondosh qo‘llanilishi terida allergik reaktsiyalarni rivojlanish ehtimolini potentsial oshiradi. Preparatni davomli qo‘llash sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Davolashni boshida isitmali va pustulalar hosil bo‘ladigan tarqoq eritemani rivojlanishi o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyozning (O‘TEP) potentsial simptomi hisoblanadi (“Nojo‘ya ta’sirlari”ga qarang). Bunday reaktsiya Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va keyinchalik amoksitsillinni yuborishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparat bilan davolash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak. Jigar tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya ko‘rinishlar asosan erkaklar va keksa yoshdagi patsiyentlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolash bilan potentsial bog‘liq bo‘lgan. Bu noxush ko‘rinishlar juda kam hollarda bolalarda kuzatilgan. Barcha guruh patsiyentlarda belgilar va simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolashdan so‘ng qisqa muddatda kuzatiladi, biroq ayrim hollarda ular davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida namoyon bo‘ladi. Odatda ular qaytuvchan xarakterga ega. Jigar tomonidan og‘ir noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda o‘lim hollari kuzatilgan. Ular deyarli hamisha jiddiy asosiy kasalliklari bo‘lgan yoki jigarni shikastlash qobiliyatiga ega yondosh dori preparatlarni qabul qilgan patsiyentlar orasida kuzatilgan (“Nojo‘ya ta’sirlari”ga qarang). Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan amoksitsillin bilan davolash fonida kuzatiladigan antibiotikni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit hollarida og‘irligi bo‘yicha yengildan hayotga xavf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin (“Nojo‘ya ta’sirlari”ga qarang). Bu tashhisni diareya bo‘lgan patsiyentlarda antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki har qanday davolash kursi tugaganidan so‘ng taxmin qilish muhimdir. Antibiotiklarni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit rivojlanganda Amoksiklav bilan davolash darhol to‘xtatiladi; shifokorga murojaat qilinadi va tegishli davolash o‘tkaziladi. Ushbu vaziyatlarda ichak peristaltikasini susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas. Uzoq muddat davolash vaqtida turli a’zolar tizimini, shu jumladan, buyraklar, jigar va qon yaratish a’zolari funktsiyasini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya qilinadi. Preparatni qabul qilish fonida kam hollarda protrombin vaqtini uzayishi kuzatilgan. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda albatta qon ivishini nazorat qilish zarur. Antikoagulyatsiyani kutilgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozalarini tuzatish talab qilinishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, yetishmovchilik darajasiga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang). Diurezi pasaygan patsiyentlarda kam hollarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya kuzatilgan. Amoksitsillinning yuqori dozalari bilan davolash vaqtida amoksitsillinni qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriyani rivojlanish ehtimolini pasaytirish maqsadida yetarli miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilingan. Qovug‘iga kateter o‘rnatilgan patsiyentlarda uning o‘tkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. Amoksitsillin bilan davolash vaqtida siydikdagi gulyukoza darajasini baholash fermentativ usullar yordamida glyukozooksidaza bilan o‘tkaziladi, chunki nofermentativ usullar ba’zan yolg‘on musbat natijalarni berishi mumkin. Amoksiklav tarkibida klavulanat kislotasini bo‘lishi IgG va albuminni eritrotsitlarning membranalari bilan nospetsifik bog‘lanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs sinamasining yolg‘on musbat natijalariga sabab bo‘lishi mumkin. Preparatni qabul qiluvchi patsiyentlarda Aspergillus ga o‘tkazilgan immunoferment tahlilida (IFA) musbat natijalari hollari ham kuzatilgan, keyinchalik Aspergillus  infektsiyasi chaqirmaganligi aniqlangan. Aspergillus ga IFA testi doirasida noaspergilyoz polisaxaridlar va polifuranozalar bilan kesishgan reaktsiyalar kuzatilgan. Amoksiklav qabul qilayotgan patsiyentlarda tahlillarni musbat natijalarini ehtiyotkorlik bilan tahlil qilish va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak. Amoksiklav 1000 mg/200 mg inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun 1 mmol (39 mg) kaliy saqlaydi. Buni buyraklar funktsiyasi susaygan patsiyentlarda yoki kaliyning miqdorini nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiladigan patsiyentlarda inobatga olish kerak. Amoksiklav 1000 mg/200 mg inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun taxminan 2,7 mmol (63 mg) natriy saqlaydi. Buni natriyning miqdori nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiladigan patsiyentlarda inobatga olish kerak. Homiladorlik va emizish Preparatni qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma’lumotlar homiladorlik davrida tug‘ma nuqsonlarni rivojlanish xavfi oshishini ko‘rsatmaydi. Homila pardalarini muddatidan oldin yorilishi kuzatilgan ayollarda amoksitsillin/klavulanat kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan potentsial bog‘liqligi aniqlangan. Shifokor homiladorlik davrida davolash zarur deb hisoblamasa, preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak. Har ikkala faol moddasi ko‘krak suti bilan ajraladi (emizikli bolalarga klavulanat kislotasining ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q). Emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infektsiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda va xavf nisbati baholangandan so‘ng preparat bilan davolash mumkin. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Transport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga potentsial ta’sir etuvchi nojo‘ya samaralar (masalan, allergik reaktsiyalar, bosh aylanishi, tirishishlar) rivojlanishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Suyultirilgan eritmalarni muzlatish mumkin emas. Suyultirilgan eritmalarni barqarorligi (turli infuzion muhitlarda):

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, shuningdek suv-elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin. Ba’zan buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi, amoksitsillin qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriya kuzatilgan. Buyraklar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan yoki yuqori dozalarda davolangan patsiyentlarda tirishishlar kuzatilishi mumkin. Amoksitsillinni asosan vena ichiga yuqori dozalarda yuborilganidan so‘ng siydik kateterlarida cho‘kmalari hosil bo‘ladi. Kateterlarning o‘tkazuvchanligini muntazam nazorat qilish kerak. Me’da-ichak yo‘llarini tomonidan buzilishlar simptomatik davolaniladi, bunda asosiy e’tiborni suv-elektrolit muvozanatini tiklashga qaratish kerak. Amoksitsillin va klavulanat kislotasi organizmdan gemodializ yo‘li bilan chiqarilishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

Amoksiklav 1000 mg/200 mg inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun, kauchuk tiqinlar bilan berkitilgan, itarib ochiladigan plastik qaytarma qopqoqli alyumin qalpoqchalar bilan siqilgan flakonlarga qadoqlangan, 5 donadan qutiga joylangan.

2 yil.