Nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi deganda quyidagilar tushuniladi: juda tez-tez 1/10; tez-tez 1/100, <1/10; tez-tez emas 1/1000, <1/100; kam xollarda 1/10000, <1/1000; juda kam xollarda <1/10000, shu jumladan alohida xabarlar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – periferik shishlar (panja va to‘piqlar), yurak urishini his qilish, qizib ketish va yuz terisiga qon “quyilishi” hissi; tez-tez emas – arterial bosimni haddan tashqari pasayishi, ortostatik gipotenziya, vaskulit; kam xollarda – surunkali yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki kechishini og‘irlashishi; juda kam xollarda – yurak ritmini buzilishi (shu jumladan, bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar xilpillashi), miokard infarkti, ko‘krak qafasida og‘riq.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – yuqori toliqish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, migren; tez-tez emas – umumiy lohaslik, hushdan ketish, ko‘p terlash, asteniya, gipesteziya, paresteziya, periferik neyropatiya, tremor, uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, odatdagi bo‘lmagan tush ko‘rishlar, asabiylik, depressiya, xavotirlik; kam xollarda – tirishishlar, apatiya, ajitatsiya; juda kam hollarda – ataksiya, amneziya.
Sezgi a’zolari tomonidan: tez-tez emas – quloqlarda shang‘illash, ko‘rishni buzilishi, ko‘zlarda og‘riq, diplopiya, kseroftalmiya, kon’yunktivit, akkomodatsiyani buzilishi, ta’m bilishni buzilishi; juda kam xollarda – parosmiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas – qusish, qabziyat, meteorizm, dispepsiya, diareya, anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, chanqoqlik; kam hollarda – milklar giperplaziyasi, ishtahani oshishi; juda kam hollarda – gastrit, pankreatit, giperbilirubinemiya, sariqlik (odatda xolestatik), “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas – tez-tez siyish, og‘riqli siyish, nikturiya, impotentsiya; juda kam hollarda – dizuriya, poliuriya.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, rinit, burun qonashi; juda kam hollarda – yo‘tal.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – artralgiya, mushaklar tirishishi, mialgiya, belda og‘riq, atroz; kam xollarda – miasteniya.
Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – alopetsiya; kam xollarda – dermatit; juda kam hollarda – teri pigmentatsiyasini buzilishi, kserodermiya.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: juda kam hollarda – trombotsitopenik purpura, leykopeniya, trombotsitopeniya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: juda kam hollarda – giperglikemiya.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – teri qichishishi, toshma; juda kam hollarda – angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema, eshakemi.
Boshqalar: tez-tez emas – ginekomastiya, tana vaznini oshishi/kamayishi, qaltirash; juda kam hollarda – sovuq ter.