Nojo‘ya reaktsiyalarining tez-tezligi: tez-tez – 1% ko‘p, tez-tez emas – 0,1% dan ko‘p va 1% dan kam, kam – 0,01% dan ko‘p va 0,1% dan kam, juda kam – 0,01% dan kam.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – periferik shishlar (to‘piqlar va oyoq panjalari), yurak urishini his qilish, qizish va yuz terisiga qon “oqib kelish” hissi, tez-tez emas AB haddan ziyod pasayishi, ortostatik gipotenziya, vaskulit, kam – yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki yomonlashishi, juda kam – yurak ritmini buzilishi (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar lipillashi), miokard infarkti, ko‘krak qafasida og‘riqlar).
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez- kuchli toliqish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, tez-tez emas- holsizlik, hushdan ketish, ko‘p terlash, asteniya, gipesteziyalar, paresteziyalar, periferik neyropatiya, tremor, uyqusizlik, emotsional labillik, noodatiy tush ko‘rishlar, asabiylik, depressiya, xavotirlik, kam – tirishishlar, apatiya, ajitatsiya, juda kam – ataksiya, amneziya, migren.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, ko‘ngil aynishi, tez-tez emas – qusish, qabziyat, meteorizm, dispepsiya, diareya, anoreksiya, og‘izni qurishi, chanqoqlik, kam – milklarning displaziyasi, ishtahani oshishi, juda kam – gastrit, pankreatit, giperbilirubinemiya, sariqlik (odatda xolestatik), “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatit.
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam – trombotsitopenik purpura, leykopeniya, trombotsitopeniya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – artralgiya, mushaklarni tirishishi, mialgiya, orqa og‘riq, artroz, kam – miasteniya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: juda kam – giperglikemiya.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, rinit.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: tez-tez emas – tezlashgan siyish (pollakiuriya), siyishga og‘riqli qistovlar, nikturiya, impotentsiya, juda kam – dizuriya, poliuriya.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – terini qichishishi, toshma.
Boshqalar: tez-tez emas – alopetsiya, quloqlarni shang‘illashi, ginekomastiya, tana vaznini oshishi/pasayishi, ko‘rishni buzilishi, diplopiya, akkomodatsiyani buzilishi, kseroftalmiya, kon’yunktvit, ko‘zlarda og‘riq, ta’mni o‘zgarishi, etni uvishishi, burunni qonashi, kam – dermatit, juda kam – parosmiya, kserodermiya, “sovuq” ter, terining pigmentatsiyasini buzilishi.