Amlipinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: amlodipin (amlodipin besilati shaklida) – 5 mg, lizinopril (lizinopril digidrati shaklida) – 5 mg; yordamchi moddalar: kraxmal 1500, suvsiz kaltsiy gidrofosfati, laktoza monogidrati, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmalglikolyati, magniy stearati; qobig‘ining tarkibi: opadri 03B25577 qizil (gipromelloza, titan dioksidi, temir (III) oksidi, makrogol).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amlodipin + lizinopril

Preparatning savdo nomi:

Amlipin

Farmakalogik guruhi:

Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari kaltsiy kanallarining blokatorlari bilan majmuada.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Amlipin 5/5 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qizil rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Amlipin 5/10 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Amlipin 10/10 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, qizil rangdan to‘q qizil ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Amlipin 10/20 mg: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari kaltsiy kanallarining blokatorlari bilan majmuada.

S09VV

Ichga qabul qilinganidan so‘ng amlodipin me’da-ichak yo‘llaridan sekin va deyarli to‘liq (90%) so‘riladi, maksimal kontsentratsiyasiga 6-10 soatdan keyin erishadi. Yarim chiqarilish davri o‘rtacha 35-50 soatni tashkil etadi. Lizinopril ovqatlanishdan qat’iy nazar ovqat hazm qilish yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Biokiraolishligi 25-50% ni tashkil etadi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilinganidan so‘ng 6 soatdan keyin erishadi. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil etadi. Har ikkala ta’sir etuvchi moddalarni organizmda uzoq muddat aylanib yurishi preparatni sutkada 1 marta qabul qilish imkonini beradi.

arterial gipertenziya;yurak ishemik kasalligi (stabil stenokardiya, Printsmetall stenokardiyasi);surunkali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida);diabetik nefropatiyada qo‘llanadi.

Amlipin preparatini ichga ovqatlanishdan qat’iy nazar 1 tabletkadan sutkada 1 marta qabul qilish kerak. Zarurat bo‘lganida sutkalik dozani 2 tabletkagacha oshirish mumkin.

Kuzatiladigan nojo‘ya reaktsiyalar odatda kuchsiz ifodalangan va o‘tkinchi hususiyatga ega, preparatni bekor qilish kam hollarda talab etiladi. Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – diareya, qusish; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, holsizlik, bosh aylanishi. Allergik reaktsiyalar: tez-tez mas – terini qichishishi, teri toshmasi; kam hollarda – angionevrotik shishi. Boshqalar: tez-tez – yuz terisini qizarishi, oyoqlarning to‘pig‘ini shishi, quruq yo‘tal, ortostatik gipotenziya, tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq bo‘lishi mumkin.

preparatning komponentlaridan birortasiga yoki digidropiridinning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik;anamnezida angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan angionevrotik shish;aorta yoki mitral klapanni gemodinamik jihatdan ahamiyatli stenozi;yaqqol ifodalangan arterial gipotenziya;kardiogen shok;homiladorlik va laktatsiya davri;bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Giperkaliyemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun, asosan buyraklar faoliyati pasayganida preparatni kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, amilorid, triamteren), kaliy va tarkibida kaliy saqlovchi vositalar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish talab etiladi. Preparat foyda va havf yaxshilab baholangandan so‘ng buyuriladi, bunda qonda kaliyning darajasi va buyraklar faoliyati muntazam ravishda nazorat qilinadi. Preparat quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorolikka rioya qilish kerak: diuretiklar bilan (AB keskin pasayishi mumkin);boshqa gipotenziv vositalar bilan (additiv ta’sir qilishi mumkin);nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan (ayniqsa indometatsin bilan), chunki ular natriyni ushlab qoladilar va buyraklarda prostaglandinlar sintezini bloklaydilar, estrogen vositalar va adrenostimulyatorlar, simpatomimetiklar bilan (terapevtik samarasi pasayishi mumkin);litiy bilan (litiyni chiqarilishi yomonlashishi mumkin, qon plazmasida litiyning darajasini nazorat qilish kerak. Amiodaron, xinidin, beta-adrenoblokatorlar, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) gipotenziv samarasini kuchaytirishlari mumkin.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda amlodipinning yarim chiqarilish davri uzayadi, bu sutkalik dozasini tanlashda ehtiyotkorlikni talab etadi. Diuretiklar olayotgan bemorlarda, yoki boshqa genezli degidratatsiyada (kuchli terlash, uzoq muddatli qusish, profuz ich ketishi), shuningdek yurak yetishmovchiligida simptomatik gipotenziya rivojlanishi mumkin. Bunday holatda bemorni yotkazish, zarurat bo‘lganida 0,9% natriy xlorid eritmasini infuziya qilish tavsiya etiladi. Davolash boshlanishidan oldin qon zardobida natriyning darajasini normallashtirish va gipovolemiyada suyuqlik hajmini to‘ldirish kerak. Buyrak arteriyasini stenozida (ayniqsa bilateral stenozda yoki yagona buyrak arteriyasini stenozida), shuningdek degidratatsiyada lizinoprilni qo‘llash buyrak faoliyatini odatda qaytuvchan bo‘lgan va preparat bekor qilinganidan so‘ng qaytadigan o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha buzilishiga olib kelishi mumkin. Arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin bo‘lgan narkoz uchun qo‘llanadigan vositalar yordamida o‘tkazilgan yirik jarrohlik aralashuvlarida, lizinopril lizinopril angiotenzin II ni kompensator ravishda hosil bo‘lishini bloklaydi. Yuqori ko‘rsatilgan mexanizm oqibatida rivojlangan gipotenziya aylanuvchi qon hajmini to‘ldirish bilan bartaraf qilinishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlarga preparatning dozasini aniqlashda juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agranulotsitozni potentsial rivojlanish havfini butunlay istisno qilish mumkin emasligi tufayli, preparat ishlatilganida periferik qonni vaqti vaqti bilan laborator nazorat o‘tkazish kerak. Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Pediatriyada qo‘llanishi Bolalarda Amlipinni qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat transport vositalarini boshqarish va havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta’sir qilishi (ayniqsa, davolashni boshlanshida) mumkin, shuning uchun individual reaktsiya aniqlangunicha ushbu faoliyatlarni bajarishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: AB ni yaqqol pasayishi va reflektor taxikardiyani paydo bo‘lishi bilan kechuvchi vazodilatatsiya. Davolash: simptomatik davolash, yurak faoliyatini, AB, diurez va suv-elektrolitlar muvozanatini nazorat qilish, zarurat bo‘lganida unga tuzatish kiritish kerak. AB yaqqol darajada pasayganida bemor oyoqlarini biroz yuqoriga ko‘targan holatda yotkaziladi; suyuqlikni o‘rnini bosuvchi eritmalar vena ichiga yuborilishiga qoniqarli terapevtik javob reaktsiyasi kuzatilmaganida, qon aylanishini tutib turish uchun periferik vazopressorni yuborish talab etilishi mumkin. Kaltsiyning antagonistini ta’sirini to‘xtatish uchun vena ichiga kaltsiy glyukonat yuborish mumkin. Amlodipin so‘rilishi sekin amalga oshganligi tufayli, ayrim hollarda me’da yuviladi, faollashtirilgan ko‘mir ishlatiladi. Lizinopril gemodializ yordamida organizmdan chiqariladi.

Retsept bo‘yicha beriladi

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.