Amitriptilin Grindeksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg yoki 25 mg amitriptilin gidroxloridi; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, povidon (polivinilpirrolidon), kremniy dioksidi, magniy stearati; tabletka qobig‘i: 10 mg: Opadray II moviy 85F20753 (polivinil spirti, titan dioksidi (Ye 171), makrogol PEG 3000, talk, indigokarmin (Ye 132), punts (Ponso 4R) (Ye 124), xinolin sarig‘i (Ye 104)), karnaub mumi; 25 mg: Opadray II sariq 85F22450 (polivinil spirti, makrogol PEG 3000, xinolin sarig‘i (Ye 104), talk, titan dioksidi (Ye 171), “shafaq” sarig‘i (Ye 110), indigokarmin (Ye 132)), karnaub mumi;

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amitriptilin ()

Preparatning savdo nomi:

Amitriptilin Grindeks

Farmakalogik guruhi:

Antidepressantlar.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

: 10 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq moviy rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkani bo‘lish joyi oq yoki sariq tusli oq rangli. 25 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkani bo‘lish joyi oq yoki sariq tusli oq rangda.

Antidepressantlar.

N06AA09

Amitriptilin me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, peroral qo‘llanganidan so‘ng qonda maksimal kontsentratsiyasiga 6 soat davomida erishiladi. Qondagi terapevtik kontsentratsiyasi 100-250 ng/ml ni tashkil etadi. Amitriptilinning biokiraolishligi turli yuborish yo‘llarida 30-60% ni tashkil etadi. Amitriptilin me’da-ichak -yo‘llarining harakatchanligini kamaytirib, ayniqsa dozasi oshirib yuborilganida o‘zini so‘rilishini sekinlashtiradi. Gematoentsefalik to‘siq, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali oson o‘tadi va ko‘krak sutiga tushadi. Preparatga tizim oldi metabolizmi xos bo‘lib, u jigarda primar faol metabolit – nortriptilingacha demetillanadi. Amitriptilinning boshqa biotransformatsiya turlari – gidroksilyatsiya va N-oksidatsiyadan iborat. Nortriptilin bilan ham xuddi shunday o‘zgarishlar kuzatiladi. Amitriptilin va nortriptilin organizmda yaxshi taqsimlanadi va plazma oqsillari va to‘qimalar bilan yuqori darajada (90% gacha) bog‘lanadi. Amitriptilin ham erkin holatda, ham kon’yugatsiya shaklida asosan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 9-25 soatni tashkil etadi va dozasi oshirib sezilarli darajada uzayadi. Plazmada amitriptilin va nortriptilinning kontsentratsiyasi ayrim individlarda o‘zgaruvchandir, dozasi va terapevtik ta’sir o‘rtasida korrelyatsiya yo‘q.

Depressiya, ayniqsa endogen depressiyani davolash uchun qo‘llanadi.

Ichga qabul qilinadi. Dozasi kasallik simptomlari va patsiyentning yoshiga qarab tanlanadi, asta-sekin sutkalik dozaga yetkaziladi. Ambulator davolanganda sutkalik dozasi odatda 75 mg ni tashkil etadi, bir necha bir martalik dozalarga (yoki kechqurun bir marta qo‘llanadi) bo‘linadi. Zarurat bo‘lganida maksimal dozagacha, ya’ni sutkada 150 mg gacha oshirish mumkin. Preparatning sutkalik dozasining katta qismini kunning ikkinchi yarmida yoki kechqurun qo‘llash tavsiya etiladi. Optimal terapevtik samaraga 30 kun davomida erishiladi. Muqobil davolash usuli – bir martalik doza tungi uyqudan oldin 50-100 mg. Bu dozani maksimal sutkalik doza – 150 mg dan oshirmay, asta-sekin 25 yoki 50 mg ga oshirib borish mumkin. Statsionarda davolashni kuniga 100 mg doza bilan boshlash mumkin, sutkalik doza asta-sekin 200 mg gacha oshiriladi. Kam hollarda dozani kuniga 300 mg gacha oshirish zarurati bo‘lishi mumkin. Bolalarda qo‘llanishi. Amitriptilinning ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmagan, shuning uchun depressiyani davolash uchun preparatni faqat 16 yoshdan oshganda patsiyentlarda qo‘llash mumkin. Keksa odamlar va o‘smirlar. Amitriptilinning sutkalik dozasi odatda kuniga 3 marta 10 mg va tungi uyqudan oldin 20 mg ni tashkil etadi. Samarani bir maromda tutib turuvchi davolashda amitriptilinning sutkalik dozasi 50-100 mg ni tashkil etadi. Ayrim hollarda u kamroq – 40 mg bo‘lishi mumkin. Sutkalik dozani odatda kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi. Optimal terapevtik samaraga erishilganidan so‘ng sutkalik dozani kasallikning simptomlarini bartaraf etuvchi minimal dozagacha asta-sekin kamaytiriladi. Tutib turuvchi davolash 3 oy va undan ortiq davom etadi. Agar navbatdagi dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, u holda dori vositasini yodingizga tushgan zahoti qabul qiling. Agar dori vositasini navbatdagi qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. Dori vositasini shifokorning tavsiyasiga muvofiq qabul qilishni davom ettiring va dozani ikki barobar oshirmang.

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar MedDRA bo‘yicha a’zolar tizimi va uchrash tezligiga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000), shu jumladan ayrim holatlar. Qon va limfa tizimi tomonidan Kam hollarda: suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, eozonofiliya. Metabolizm va oziqlanishni buzilishi Kam hollarda: anoreksiya. Ruhiyat tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Tez-tez: ongni chalkashishi, libidoni pasayishi. Tez-tez emas: gipomaniya, maniya, qo‘rquv, uyqusizlik, notinch uyqu, tungi daxshatlar. Kam hollarda: deliriy (keksa yoshdagi patsiyentlarda), gallyutsinatsiyalar (shizofreniya bilan xastalangan bemorlarda). Uchrash tezligi noma’lum: o‘z joniga qasd qilish fikrlari, o‘z joniga qasd qilish harakatlari1. Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Juda tez-tez: uyquchanlik, tremor, bosh aylanishi, bosh og‘riqlari Tez-tez: ta’m bilishni buzilishi, diqqatni jamlash qobiliyatini buzilishi, paresteziya, ataksiya. Tez-tez emas: tirishishlar. Ko‘z tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Juda tez-tez: akkomodatsiyani buzilishi. Tez-tez: midriaz. Quloq va labirint tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Tez-tez emas: tinnit Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Juda tez-tez: palpitatsiya, taxikardiya. Tez-tez: AV blokada, Gis tutami oyoqchalari blokadasi. Kam hollarda: aritmiya. Qon-tomirlar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Juda tez-tez: ortostatik gipotenziya. Tez-tez emas: gipotenziya. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Juda tez-tez: og‘izni qurishi, qabziyat, ko‘ngil aynishi. Tez-tez emas: diareya, qusish, tilni shishi. Kam hollarda: so‘lak bezlarini shishi, paralitik ileus.

Amitriptilinga va/yoki ushbu preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;o‘tkir miokard infarkti davri;aritmiyalar (ayniqsa yurak blokadasi);16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas;MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlarini amitriptilinga o‘zgartirish zarurati tug‘ilgan hollarda, analogik holatda yo‘l tutib va aks holatda amitriptilin bilan davolashdan kamida 2 hafta oldin MAO ingibitorlarini qo‘llashni to‘xtatish kerak. Preparatning optimal dozasiga asta-sekin erishish kerak. Preparat og‘ir darajadagi jigar kasalliklari yoki o‘tkir maniakal depressiyani maniya bosqichida bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llanmaydi. Agar Sizda yuqori sanab o‘tilgan kasalliklar yoki holatlardan birortasi kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan oldin bu xaqida shifokorga xabar bering.

Amitriptilin va MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash og‘ir nojo‘ya samaralarni (giperpiretik kriz, tirishishlar) chaqirishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Amitriptilin xolinoblokatorlar yoki neyroleptik vositalar bilan majmuada qo‘llanganida giperpireksiya hollari ta’riflangan. Tritsiklik antidepressantlar (TTsA) xolinoblokatorlar bilan majmuada shuningdek paralitik ileusni chaqirishi mumkin. Amitriptilinni simpatomimetik preparatlar (masalan, adrenalin, efedrin, izoprenalin, noradrenalin, fenilefrin va fenilpropranololamin va boshqalar), shuningdek anestetiklar bilan birga qo‘llanishi yurak aritmiyasi va gipotenziyani chaqiradi. Metilfenidat tritsiklik antidepressantlarning metabolizmini sekinlashtirishi mumkin. Amitriptilinni amiodaron, pimozid yoki terfenadin bilan bir vaqtda qo‘llanishi ventrikulyar yurak aritmiyasini rivojlanish havfini oshiradi (bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak). Amitriptilin guanetidinning ta’sirini susaytirishi mumkin. Amitriptilin klonidinning gipotenziv ta’sirini susaytiradi, klonidin bekor qilinganidan so‘ng gipotenziyani rivojlanish havfi oshadi. Preparat alkogol, barbituratlar va boshqa MNT depressantlarining ta’sirini kuchaytiradi. Tutqanoqqa qarshi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash patsiyentda tirishish bo‘sag‘asini pasaytiradi. Tramadol tritsiklik antidepressantlar bilan birga MNT ni intoksikatsiya havfini oshiradi. Amitriptilin disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llanganida deliriyni rivojlanish havfi bor. Tsimetidin jigarda tritsiklik antidepressantlarning metabolizmini sekinlashtiradi va ularning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi. Rifampitsinni qo‘llash, ehtimol, plazmada amitriptilinning kontsentratsiyasini kamaytiradi va antidepressiv samarasini susaytiradi. Ritonavir, ehtimol, plazmada antidepressantning kontsentratsiyasini oshiradi. Amitriptilinni katta dozalarda etxlorvinol bilan birga qo‘llash deliriyni chaqirishi mumkin. Amitriptilinni elektroshok bilan birga buyurish havfli. Agar Siz biron-bir boshqa boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu xaqida shifokorga xabar bering.

Holsizlangan patsiyentlarga preparatni katta dozalarda qo‘llash preparatning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin. Agar anamnezda tirishishlar, shuningdek siydikni tutilishi kuzatilgan bo‘lsa, amitriptilinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki preparatga atropin guruhi preparatlarining ta’siriga o‘xshash ta’sir xosdir. Preparat ko‘zning old kamerasini yopiq burchakli glaukomasi yoki ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda glaukoma hurujini chaqirishi mumkin. Amitriptilinni qo‘llash vaqtida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarni kuzatish kerak, chunki preparat katta dozalarda yurak aritmiyasi, sinusli taxikardiyani chaqirishi va yurak bo‘ylab qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tishini sekinlashtirishi mumkin. Ushbu guruh patsiyentlarda stenokardiya huruji yoki miokard infarktini chaqirishi mumkin. Feoxromotsitoma yoki gipertireoz bilan xastalangan patsiyentlarni, shuningdek tireoid gormonlar preparatlarini bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak. Alkogolni ko‘p iste’mol qiladigan patsiyentlarda preparat o‘z joniga qasd qilishga moyillikni yoki preparatning dozasini oshirib yuborilishini chaqirishi mumkin. Shizofreniyasi bo‘lgan bemorlarda psixozning simptomlarini, shuningdek paranoid simptomatikani kuchaytirishi mumkin. Depressiyada, ayniqsa anamnezida maniakal depressiya bo‘lgan patsiyentlarda, kasallik jarayoni maniakal yoki gipomaniakal yo‘nalishga qarab rivojlanishi mumkin. Amitriptilinni xolinoblokatorlar yoki simpatomimetik preparatlar bilan bir vaqtda, shuningdek epinefrinni mahalliy og‘riqsizlantiruvchi preparatlar bilan majmuada qabul qilayotgan patsiyentlar, shifokorning qat’iy nazoratida bo‘lishlari, preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Jarrohlik operatsiyasidan oldin imkon boricha amitriptilinni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Preparat qonda glyukoza darajasini ham oshirishi, ham kamaytirishi mumkin. Amitriptilini keksa yoshdagi bemorlarga yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek tungi enurez yoki porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Amitriptilini tabletkalari tarkibida laktoza saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan tug‘ma o‘zlashtirolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Amitriptilin tabletkalarini tarkibida allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan yordamchi moddalar (10 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalarda – punts (Ponso 4R (Ye 124) va 25 mg qobiq bilan tabletkalarda – sariq “shafaq” (Ye 110)) saqlanadi.

Amitriptilin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. MNT, limbik tizimga yoki homiladorlik davrida amitriptilin qabul qilgan onalardan tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni rivojlanishini buzilishiga preparatning noxush ta’siri yuzasidan ayrim xabarlar bor. Homiladorlik vaqtida preparatni shoshilinch holatlarda faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Amitriptilinni qo‘llash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Amitriptilin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Kuzatishlar amitriptilinni kuniga 100 mg qabul qilgan va emizadigan onalarning qon plazmasida preparatning darajasi 83-141 ng/ml, sutda – 135-151 ng/ml ga yetishidan dalolat beradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qon plazmasida amitriptilin mavjud emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari Preparatning katta dozalari ongni qisqa muddatli chalkashishi, diqqatni jamlash qobiliyatini buzilishi yoki o‘tkinchi vizual gallyutsinatsiyalarni chaqiradi. Dozasi oshirib yuborilganida uyquchanlik, gipotermiya, taxikardiya, va yurak ritmini boshqa buzilishlari, masalan o‘tkazuvchi tugun blokadasi, o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurak yetishmovchiligi, ko‘z qorachiqlarini kengayishi, ko‘z olmasi harakatini buzilishi, tirishishlar, og‘ir darajadagi gipotenziya, stupor, koma va poliradikuloneyropatiya kuzatiladi. Boshqa simptomlar – qo‘zg‘aluvchanlik, giperaktiv reflekslar, mushaklar rigidligi, qusish, giperpireksiya yoki amitriptilinning nojo‘ya samaralariga o‘xshash simptomlar rivojlanishi mumkin. Dozasi oshirib yuborilganidan so‘ng 56 soat davomida hayot uchun havfli aritmiya holatlari ta’riflangan. Davolash Jabr ko‘rgan odamni zudlik bilan kasalxonaga olib borish kerak, u yerda simptomatik va tutib turuvchi davolash boshlanadi. Zaharlangandan so‘ng me’dani yuvish muolajasi o‘tkaziladi, birinchi 24-48 soat davomida har 4-6 soatda 20-30 g dan faollashtirilgan ko‘mir yuboriladi. Yurak faoliyati buzilganida EKG va yurak faoliyatini monitoringini o‘tkazish kerak. Xonada kislorodning miqdorini yetarli darajada bo‘lishini va organizmda suyuqlikning darajasini normal bo‘lishini ta’minlash kerak, tana xaroratini nazorat qilish kerak. Tritsiklik antidepressantlar bilan chaqirilgan toksik simptomlarni bartaraf qilish uchun 1-3 mg fizostigmin salitsilati suyuq holatda vena ichiga yuboriladi. Hayot uchun havf tug‘diruvchi asoratlar (aritmiya, tirishishlar, koma) bo‘lgan hollarda fizostigmin takroran yuboriladi, chunki organizmda u tez parchalanadi. Fizostigmin toksik ekanligini inobatga olish kerak. Tsirkulyar shokda va metabolik atsidozda standart davolashni boshlash kerak. Yurak aritmiyasini neostigmin, piridostigmin yoki propranolol bilan bartaraf etish mumkin. Yurak yetishmovchiligida yurak glikozidlarini yuborish mumkin. Yurak faoliyatini kamida 5 kun davomida nazorat qilish kerak. Tirishishlarda tirishishga qarshi preparatlar buyuriladi. Narkoz uchun preparatlar bilan nafas olish, diltiazem yoki paraldegid preparatlarini yuborish tavsiya etiladi. Dializ samarasiz, chunki qonda amiriptilinning kontsentratsiyasi past. Ushbu preparatning dozasini oshirib yuborilishi ko‘pincha ongli ravishda bo‘lganligi sababli, ehtimol patsiyent boshqa preparatlardan foydalanib, o‘z joniga qasd qilishga harakat qilgan bo‘lishi mumkin. Doza oshirib yuborilganida zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

4 yil.