Amiokordinretsept bilan

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi faol modda: 200 mg amiodaron gidroxloridi, yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makka jo‘xori kraxmali, povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amiodaron

Preparatning savdo nomi:

Amiokordin

Farmakalogik guruhi:

Yurak kasalliklarini davolash uchun preparatlar. III sinf antiaritmik preparatlar.

Dori shakli:

tabletkalar 200 mg

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oqdan to biroz och-sariq rangligacha bo‘lgan bir tomonida riskali tabletkalar.

Yurak kasalliklarini davolash uchun preparatlar. III sinf antiaritmik preparatlar.

C01BD01.

Amiodaron peroral qabul qilinganda qondagi maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 5-6 soat. Me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi – 30-50%, biokiraolishligi – 40% ni tashkil qiladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 95%. Amiodaronning metabolizmi asosan jigarda va qisman ichakning shilliq qavatida amalga oshiriladi. Jigarda amiodaron tsitoxrom R450 (CYP3A4 izoenzimi) yordamida metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti – dezetilamiodaron – metabolik faol va asosiy birikmaning antiaritmik samarasini kuchaytirishi mumkin. Peroral qabul qilinganda amiodaronning chiqarilishi 2 bosqichda yuz beradi: boshlang‘ich (yarim chiqarilish davri – 4-5 soat), ikkinchi bocqichda – 25-110 kun. Desetilamiodaronning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 61 kun. Safro bilan chiqariladi (85-95%), buyrak orqali ichga qabul qilingan dozaning 1% dan kamrog‘i chiqariladi (shuning uchun buyraklar faoliyati buzilganda dozani o‘zgartirishning zarurati yo‘q. Na amiodaron, na uning metabolitlari dializga uchramaydi. Amiodaron gematoentsefalik to‘siq va yo‘ldosh orqali o‘tadi, ona qabul qilgan dozaning 25% ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Qaytalanishlarni oldini olish: hayot uchun xavfli qorinchalar taxikardiyasi va qorinchalar fibrillyatsiyasi,simptomatik qorinchalar taxikardiyasi,yurak nuqsoni bo‘lgan patsiyentlardagi va chidamlilik yoki boshqa antiaritmik vositalarni qabul qilish uchun qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda supraventrikulyar taxikardiyani davolashga extiyoji bo‘lgan patsiyentlardagi supraventrikulyar taxikardiya,antesistoliya sindromi bo‘lgan patsiyentlarda ritmning buzilishlari (yurakni muddatidan oldin qo‘zg‘alishi, Volf-Parkinson-Uayt sindromi). Supraventrikulyar taxikardiyani davolash: qorinchalarni sekinlashgan yoki kuchsizlangan fibrillyatsiyasi yoki xilpillashi.

Davolashni boshida odatdagi sutkalik doza 600 mg dan 1000 mg gachani tashkil qiladi. Davolashning boshlang‘ich davri odatda 8 dan 10 kungacha davom etadi. Samarani bir maromda ushab turuvchi davolash: shaxsiy sezuvchanlikka bog‘liq bo‘lgan eng kam samarali sutkalik doza 100 mg dan 400 mg gachani tashkil qiladi. Ikkilangan sutkalik dozadan tashkil topgan, xar ikkinchi kuni qabul qilinadigan yoki preparatning terapevtik dozasini xaftada 5 kun davomida (xaftani oxirida 2 kun tanaffus bilan) qabul qilinadigan, preparatni qabul qilishni boshqa sxemasini  qo‘llash mumkin. Tabletka bir marta yoki qabul qilinayotgan doza ikki yoki uch qabulga bo‘linadi, ovqatlanish vaqtida yoki ovqat qabul qilgandan keyin, ozgina suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Preparatni muntazam bir vaqtda qabul qilish kerak. Agar preparat qabul qilinmagan bo‘lsa, bu patsiyent uchun xavf tug‘dirmaydi. Lekin bunda mustaqil dozani ikki marta qabul qilish ma’n qilinadi.

Juda tez-tez (≥1/10) shox pardada mikrocho‘kmalar, ular qorachiq osti maydoni bilan cheklanadi va davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi. Shox pardadagi mikrocho‘kmalar lipid cho‘kmalari majmuasidan tashkil topgan va davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladio‘rtacha og‘irlikdagi buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, ta’m sezishni buzilishi), ular odatda davolashni boshida paydo bo‘ladi va dozani kamaytirish yo‘li bilan bartaraf qilinadidavolashni boshida jigar transaminazalarining darajasini oshishi, ular odatda o‘rtacha (norma chegaralarida 1,5 dan 3 martagacha yuqori) va dastlabki darajaga dozani kamaytirish yo‘li bilan yoki xatto mustaqil qaytishi mumkinfotosezuvchanlik Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi gipotireoz, gipertireozodatda o‘rtacha va dozaga bog‘liq bradikardiyao‘pka toksikligi (o‘ta yuqori sezuvchanlik pnevmoniti, alveolyar/interstitsial pnevmonit yoki fibroz, plevrit, ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi obliteratsiyalovchi kapillyar bronxit).Fermentlar darajasini oshishi va/yoki sariqlik bilan o‘tkir jigar yetishmovchiligi, ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi. Tez-tez emas (≥1/1000 dan

faol moddaga yoki yordamchi moddalarga, shu jumladan yodga yuqori sezuvchanliksinusli bradikardiya va sinoaurikulyar blokadasinus tugunining kuchsizligi sindromi (kardiostimulyatori bo‘lgan patsiyentlardan tashqari)o‘tkazuvchanlikni og‘ir buzilishlari (kardiostimulyatori bo‘lgan patsiyentlardan tashqari)“qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi polimorf qorincha taxikardiyasini induktsiya qiluvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilishqalqonsimon bezining kasalliklarihomiladorlik va laktatsiya davribolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlargalaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaz yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoza malabsorbtsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.

O‘zaro ta’sirning ko‘rinishlari uchun amiodaronning samarasi, xatto davolash to‘xtatilgandan keyin bir necha oylar davomida xam klinik axamiyatli bo‘lishi mumkin. Amiodaron va antiaritmik preparatlar, shu jumladan bepridil, I sinf antiaritmik vositalar, xinidin va sotalol, shuningdek noaritmik preparatlar (vinkamin, sultoprid, eritromitsin (vena ichiga) va pentamidinni (vena ichiga) bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu “qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi polimorf qorincha taxikardiyasining sababi bo‘lishi mumkin. Kaltsiy antagonistlari diltiazem va verapamil yoki beta-blokatorlar bradikardiya va bo‘lmacha-qorincha blokadasi xavfini oshirishi mumkin. Surgi vositalari gipokaliyemiya va qorinchalar ekstrasistoliyasi xavfini oshiradi. Gipokaliyemiya chaqiruvchi dori vositalarini (diuretiklar, tizimli kortikosteroidlar, amfoteritsin V (vena ichiga)) amiodaron bilan qo‘llanganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Gipokaliyemiya QT intervalini qo‘shimcha uzaytirishi va qorinchalar ekstrasistoliyasi, shu jumladan “qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi, xavfini oshiradi. Agar yuqorida sanab o‘tilgan dori vositalari bilan bir vaqtda amiodaronni qabul qilish davolash uchun zarur bo‘lsa, unda QT intervalini doimiy nazorati kerak; gipokaliyemiyani esa, zarurati bo‘lganda muvofiqlashtirish kerak. “Qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi qorinchalar taxikardiyasi rivojlanganda, antiaritmik preparatlarni qabul qilish to‘xtatilishi kerak. Bunda ritmni vaqtinchalik yurituvchisi ishlatilishi kerak; zarurati bo‘lganda magneziya (vena ichiga) buyuriladi. Varfarin amiodaron bilan bir vaqtda buyurilganda va amiodaronni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin qon ketishi rivojlanish xavfi oshishi tufayli, protrombin vaqtini sinchiklab monitoring qilish, zarurati bo‘lganda – varfarinning dozasiga tuzatish kiritish (1/3 dan ½ gacha kamaytirish) tavsiya etiladi. Tritsiklik antidepressantlar, fenotiazin, astemizol va terfinadinni bir vaqtda qo‘llash, QT intervalini qo‘shimcha uzayishini chaqiradi va qorinchalar ekstrasistoliyasi, ayniqsa “qorinchalarni xilpillashi-lipillashi” turi bo‘yicha xavfini oshiradi. Angishvonagul glikozidlari bir vaqtda qo‘llash natijasida bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini buzilishini yoki zardobdagi digoksinning kontsentratsiyasini oshishini (digoksinning klirensini kamayishi oqibatida) chaqirishi mumkin. Amiodaron bilan birga davolashni boshida yoki preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin digoksinning zardobdagi darajasini qat’iy nazorat qilish va digoksinning dolzasiga tuzatish kiritish (1/2 gacha pasaytirish) tavsiya etiladi. Amiodaronni fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llash davomida, qon zardobida fenitoinning darajasini oshishi oqibatida, fenitoinning dozasini oshirib yuborilishining klinik belgilari namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday xollarda zardobda fenitoinning darajasini monitoringi va muvofiq uning dozasini kamaytirish (1/3 dan ½ gacha kamaytirish) talab etiladi. Amiodaron  klirensini pasayishi oqibatida tsiklosporinning darajasini oshiradi, shuning uchun tsiklosporinning dozaga tuzatish kiritish kerak. Tsimetidin amiodaronning metabolizmini pasaytiradi, bu zardobda uning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Amiodaronni simvastatinning yuqori dozasi bilan bir vaqtda davolashda miopatiya/skelet mushaklarini o‘tkir nekrozi rivojlanishi haqida yakka xabarlar bor. Umumiy anesteziyada bradikardiya (u atropinga chidamli), gipotenziya, o‘tkazuvchanlikni buzilishi va yurakning minutlik hajmini pasayish xavfi rivojlanishi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Amiodaron qabul qilgan patsiyentlarda ba’zida o‘lim bilan yakunlangan o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromini rivojlanishining bir necha hollari ta’riflangan. Ehtimol, jarayonga kislorodning yuqori kontsentratsiyasi bilan o‘zaro ta’sir jalb qilingan, shuning uchun operatsiyadan keyingi davrda kislorod bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Shuning uchun rejali operatsiya oldidan anesteziolog oldindan patsiyent amiodaron qabul qilishi haqida xabardor qilingan bo‘lishi kerak. Amiodaron qalqonsimon bezi gormonlarini, ayniqsa T3, T4 va tireostimulyatsiyalovchi gormonni taxlilida xalaqit berishi mumkin.

Preparatni buyurish va boshlang‘ich davolashni nazorati faqat shifokor tomonidan amalga oshirilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin EKG olish, qalqonsimon bezi faoliyatini va zardobda kaliyning darajasini aniqlash tavsiya etiladi. Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi va og‘irligi preparatning dozasi bilan o‘zaro bog‘liqligi tufayli, minimal samarali saqlab turuvchi dozani buyurish kerak. Bradikardiya rivojlanishi mumkinligi tufayli, keksa patsiyentlarga preparatni buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Amiodaronning farmakologik ta’siri EKG dan o‘zgarishlarni induktsiya qilishi mumkin; QT ni uzayishi (repolyarizatsiyani uzayishi oqibatida) va U to‘lqinni rivojlanishi. Bu o‘zgarishlar kardiotoksiklikning reflektor reaktsiyasini amalga oshirmaydi. Sinoaurikulyar blokada, bo‘lmacha-qorincha blokadasini ikkinchi yoki uchinchi bosqichi yoki bifastsikulyar blokadani rivojlanishi boshlangan xolda, preparat bilan davolash to‘xtatilishi kerak. Amiodaron bilan davolash davomida xar uch oyda yurak faoliyatini EKG funktsiyasini va yangi aritmiyalar yoki asosiy kasallikni zo‘rayish belgilarini monitoringini amalga oshirish kerak. Rivojlanib boruvchi dispnoe va quruq yo‘tal, amiodaronni qabul qilish oqibatidagi o‘pka toksikligining belgilari bo‘lishi mumkin. O‘pkaga toksikligini erta aniqlash juda muhim, shuning munosabati bilan o‘pka faoliyatini nazorati uchun xar 6 oyda ko‘krak qafasini rentgen qilish tavsiya etiladi; bu shuningdek o‘pka kasalliklarining klinik belgilarini ko‘rinishlarida ham kerak. Amiodaron qalqonsimon bezi faoliyatini, ayniqsa patsiyentlarda shaxsiy yoki oilaviy anamnezida qalqonsimon bezining kasalliklari bo‘lganda, induktsiya qilish mumkin. Shuning uchun davolashni boshlashdan oldin, davolash davomida, shuningdek bu preparat bilan davolash to‘xtatilgandan keyin bir necha oylar davomida, qalqonsimon bezi faoliyatini klinik va biologik nazorati tavsiya etiladi. Qalqonsimon bezini disfunktsiyasi borligi gumon qilinganda, patsiyent albatta muvofiq tahlillar o‘tishga  yuboriladi. Amiodaron yod saqlaydi, u qalqonsimon bezi gormonlarini, ayniqsa T3, T4 va tireostimulyatsiyalovchi gormonni taxlilida xalaqit berishi mumkin. Amiodaron bilan davolash davomida shuningdek jigar fermentlarining, ayniqsa aminotransferazalarning zardobdagi darajasini muntazam nazoratini amalga oshirish kerak. Amiodaron bilan davolash davomida insolyatsiyadan saqlanish kerak. Yoz oylarida patsiyentlar quyosh ta’siriga duchor bo‘ladigan tana qismlarida quyoshdan himoyalovchi vositalarni ishlatishlari kerak. Bolalarda amiodaronni samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Yordamchi moddalar xaqida muhim ma’lumot

Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Simptomlari: arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini va boshqa aritmiyalarni buzilishi, shuningdek  jigar yetishmovchiligini rivojlanishi. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir va tuzli surgilarni qabul qilish. Davolash simptomatik, AB va EKG ni doimiy nazorat qilish kerak. Spetsifik antidoti yo‘q. Gemodializ samarasiz.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan PVX/alyumin folga blisterda. 3 yoki 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

5 yil.

VITAinfo.uz bu tibbiyotda ham, farmatsevtika sanoatida ham xizmatlar ko`rsatadigan innovatsion kompaniya. Faoliyatimizda biz birinchi navbatda mijozlarimizning qulayligi haqida ko`proq qayg`uramiz va bor kuchimizni ushbu ishga yo`naltiramiz!

© 2024 all rights reserved - Startapp.uz.