Aminosol–Neo Yeretsept bilan

Tarkibi:

1 l eritma saqlaydi Ta’sir etuvchi moddalarMiqdoriL–izoleytsin5,00 gL-leytsin7,40 gL-valin6,20 gL-lizin(L-lizin monoatsetati shaklida 9,13 g)6,60 gL-metionin4,30 gL-treonin4,40 gL-fenilalanin5,10 gL-alanin15,00 gL-arginin12,00 gGlitsin14,00 gL-gistidin3,00 gL-prolin15,00 gL –triptofan2,00 gL-olma kislotasi9,280 gNatriy glitserofosfati9,4530 gKaltsiy xlor0,735 gMagniy xloridi geksagidrati(suvsiz 0,286 g)1,017 gKaliy gidroksidi1,683 gYordamchi moddalar: NaOHq.sInyektsiya uchun suv1000 ml gachaIonli tarkib: Na+60 mmolK+30 mmolCa++5 mmolMg++5 mmolCl–20 mmolAtsetatlar45 mmolMalatlar69,2 mmolGlitserofosfatlar30 mmolEnergetik qiymati:1900 kDj/l yoki 440 kkal/lNazariy osmolyarligi:1137 mOsm/l

Preparatning savdo nomi:

Aminosol–Neo Ye

Farmakalogik guruhi:

parenteral oziqlantirish uchun vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

rangsizdan to och–sariq rangligacha bo‘lgan tiniq eritma.

parenteral oziqlantirish uchun vosita.

V05VA.

Parenteral yuborilgan aminokislotalar organizmda oqsil sintezida ishlatiladi. Bu jarayonda ishlatilmagan aminokislotalar dezaminlanish yo‘li bilan mochevinani hosil qiladi, so‘ngra mochevina siydik bilan chiqariladi. Sog‘lom insonlarda aminokislotalarning yarim chiqarilish davri 5-15 minutni tashkil qiladi. Aminokislotalarning bir qismi biotransformatsiyaga uchramasdan o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin. Bunday holatlarda bu birikmalarni qo‘llashdan kutilgan samaraga erishilmaydi. Bu farmakokinetik o‘ziga xoslikni, qonda aminokislotalarning kontsentratsiyasi keskin oshib ketmasligini oldini olish uchun preparatni yetarli darajada sekin yuborish yo‘li bilan yo‘qotish mumkin. Bunday yuborish yo‘li aminokislotalarni buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqarilishidan saqlaydi.

Qisman yoki to‘liq parenteral oziqlantirish (yog‘li emulsiyalarni qo‘shish bilan), shuningdek enteral oziqlantirishning iloji bo‘lmagan hollarda, oqsillar va suyuqlikni yo‘qotilishini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi. Gastrointestinal kasalliklarning og‘ir hollarida (obstruktsiya, kam so‘rilish, ichakning yallig‘lanish kasalliklari, pankreatit, ichakning oqma yo‘llari), gipermetabolik holatlar (jarohatlar kuyishlar, sepsis) va parenteral oziqlantirishni talab etuvchi boshqa holatlarda (xavfli o‘sma kasalliklarida, operatsiyaga tayyorgarlikda va jarrohlik aralashuvidan keyin) qo‘llanadi.

AMINOSOL-NЕO Ye vena ichiga infuziya ko‘rinishida, biron bir markaziy vena orqali yuborib qo‘llanadi. Doza metabolik buzilishlarning og‘irligi va organizmning aminokislotalarga va elektrolitlarga bo‘lgan  ehtiyojiga muvofiq shaxsiy ravishda belgilanadi. Maksimal ruxsat etilgan yuborish tezligi soatiga 1 ml /kg, maksimal sutkalik doza esa   20 ml/kg ni tashkil qiladi. 70 kg vaznli odam uchun preparatning maksimal sutkalik dozasi 1400 ml, tavsiya etilgan yuborish tezligi minutiga 20 – 35 tomchi. Jigar yetishmovchiligida dozalash: jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar aminokislotalarning yuqori miqdorini o‘zlashtiraolmaydilar va shuning uchun ularning oqsillarga bo‘lgan ehtiyoji – sutkada 0,8–1,1 g/kg ni tashkil qiladi, bu, Aminosol Neo Ye eritmasiga qayta hisoblanganda sutkada 8-11 ml/kg ga to‘g‘ri keladi.

Metabolik atsidoz, og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligi, shok, gipoksiya,  dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, homiladorlik va laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Preparat tarkibiga kiruvchi arginin fosfatlar kontsentratsiyasini kamayishiga va plazmada kaliy kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlar ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda yaqqol rivojlangan. Kislota – ishqor va elektrolit holatini, organizmda suyuqlik muvozanatini  va buyraklar faoliyatining holatini doimo nazorat qilish lozim. Giponatriyemiya mavjud bo‘lsa, ushbu eritmani buyurishda, plazmda natriy kontsentratsiyasini nazorat qilish zarur. AMINOSOL NЕO Ye, ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda va stress holatidagi bemorlarda giperkaliyemiyani chaqirishi mumkin. Giperkaliyemiya aniqlanganida “Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limida ta’riflangan farmakologik to‘g‘rilash o‘tkaziladi. Standart oziqlantirish qo‘shib buyurilganda, mutanosiblikka e’tibor berish lozim. Shikastlanmagan flakondan faqat tiniq eritmani qo‘llash lozim!

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Yorug‘likdan himoyalangan, 15ºS dan 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, titroq, “qon quyilishlari”, ko‘p terlash, isitma, taxikardiya. Yuqori tezlikda yuborilganida gipervolemiya va plazmaning elektrolit tarkibi buzilishi mumkin. Yuqori xavf guruhiga mansub patsiyentlarda o‘pka shishi va chap qorincha yetishmovchiligi, giperammoniyemiya va jigar entsefalopatiyasi (asosan jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda) rivojlanishi mumkin. Davolash: infuziyani darhol to‘xtatish lozim; biokimyoviy ko‘rsatkichlar, nafas va yurak – qon tomir tizimi faoliyatini monitoringini ta’minlash kerak. Spetsifik antidoti yo‘q. Davolash simptomatik. Giperkaliyemiyada – 200–500 ml 10% glyukoza eritmasi har 3–5 g glyukozaga 1–3 TB dozadagi insulin bilan infuziya qilinadi. Qoniqarsiz natija kuzatilganida, ion almashinuv qatronlari eritmasi va gemodializni buyurish ko‘rsatilgan. Dozani oshirib yuborilishning simptomlari to‘liq yo‘qolganidan keyin, quyish tezligini va dozani kamaytirib infuziyani yangilash mumkin.

Retsept bo‘yicha

10% infuziya uchun eritma. 500 ml dan eritma, rezina, metall va plastmassa, qopqoq bilan berkitilgan, birinchi ochish nazorati bo‘lgan, II gidrolitik guruhi shisha flakonda. 1 flakon plastik tutqich va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 10 flakondan plastik tutqich va teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida (statsionarlar uchun).

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.