So‘rilish: Ichga qabul qilinganda MIY dan yaxshi so‘riladi (biokiraolishligi 96% dan ko‘proqni tashkil etadi).
Aminokislotalar avval jigarning portal venasiga tushadi va keyinchalik tizimli qon oqimiga tushadi.
Tomir ichidagi bo‘shliqdan aminokislotalar xujayralararo suyuqlikka qayta taqsimlanadi va turli to‘qimalarning xujayralariga tashiladi.
Askorbin kislotasi ingichka ichakda (o‘n ikki barmoq ichak, qisman – yonbosh ichak) so‘riladi.
200 mg gacha doza oshirilganda 70% gacha so‘riladi; doza keyinchalik oshirilganda so‘rilish kamayadi (50-20%).
MIY patologiyasi (yara, qabziyat, diareya), gijja invaziyasi, lyamblioz, yangi meva sharbatlarini va sabzavot sharbatlarini iste’mol qilish, ishqoriy ichimliklani ichish – ichakda askorbatning utilizatsiyasini kamaytiradi.
Ichga qabul qilgandan keyin Cmax ga 4 soatdan keyin erishiladi.
Qon plazmasi va to‘qimalardagi erkin aminokislotalarning kontsentratsiyasi bemorning yoshi, oziqlanish darajasi va klinik holatiga bog‘liq bo‘lgan tor diapazondagi endogen mexanizmlar tomonidan boshqariladi.
Metabolizmi: Askorbin kislotasi asosan jigarda dezoksiaskorbin va keyinchalik shovulsirka va diketogulon kislotasigacha metabolizmga uchraydi.
Tarqalgan yon zanjirli aminokislotalarning katabolizmidagi birinchi bosqichlari umumiy hisoblanadi, ularning keto-hosilalarini (BCKD) hosil qilib, tegishli aminotransferaza va degidrogenazalar orqali amalga oshiriladi.
Bunda aminotransferazalarning tsitozol ham, mitoxondrial ham izofermentlari aniqlangan.
Ularning keyingi metabolizmi farq qiladi va eng avvalo yakuniy mahsulotlarni (glyukoza va/yoki keton tanachalarini) hosil bo‘lishining turli darajalari bilan xarakterlanadi.
Tarqalgan yon zanjirli aminokislotalarning katabolizmi allosterik va kovalent mexanizmlar tomonidan spetsifik boshqariladi.
BCKD fosforlanishni ingibitsiya qiladi va deforforilizatsiyani faollashtiradi, bu ularni xujayralarda membrana strukturalariga ta’siri asosida bo‘ladi.
BCKD o‘zi metabolik faolligining darajasi bo‘yicha quyidagi taqsimlanishga ega: ularning ko‘p qismi skelet mushaklari (60-70%) va yog‘ to‘qimasiga (15-20%) to‘g‘ri keladi va oz miqdori jigarda (taxminan 10%) joylashadi.
Taqsimlanishi: Aminokislotalar eng avvalo asosan skelet mushaklarida va jigarda to‘planadi.
Askorbin kislotasida plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past (taxminan 25%).
Leykotsitlar, trombotsitlar, so‘ngra – barcha to‘qimalarga oson kiradi; eng yuqori kontsentratsiyalari bez to‘qimalarida aniqlanadi.
Gipofizning orqa bo‘lagida, buyrak usti bezi po‘stlog‘ida, ko‘z epiteliysida, aralash bezlarning oraliq xujayralarida, tuxumdonlarda, jigarda, bosh miyada, taloqda, me’da osti bezida, o‘pkada, buyrakda, ichak devorida, yurakda, mushakda, qalqonsimon bezda to‘planadi.
Yo‘ldosh orqali o‘tadi.
Chiqarilishi: Aminokislotalarning ortiqcha miqdori o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi.
O‘zgarmagan askorbat va metabolitlari siydik, axlat, ter, ko‘krak suti bilan chiqariladi.
Gemodializda chiqariladi.