Aminoplazmal Geparetsept bilan

Preparatning savdo nomi:

Aminoplazmal Gepa

Farmakalogik guruhi:

parenteral oziqlantirish uchun vosita – aminokislotalar

Dori shakli:

infuziya uchun eritma Tarkibi: 1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Ta’sir etuvchi moddalar: Izoleytsin                                                    8,800 g Leytsin                                                          13,600 g Lizin monoatsetati                                     10,600 g (lizinga muvofiq keladi)                         7,510 g Metionin                                                     1,200 g Fenilalanin                                               1,600 g Treonin                                                        4,600 g Triptofan                                                    1,500 g Valin                                                                        10,600 g Arginin                                                       8,800 g Gistidin                                                       4,700 g Alanin                                                          8,300 g Glitsin                                                         6,300 g Asparagin monogidrati                             0,550 g (asparaginga muvofiq keladi)                  0,480 g Asparagin kislotasi                                  2,500 g Glutamin kislotasi                                    5,700 g Ornitin gidroxloridi                              1,660 g (ornitinga muvofiq keladi)                     1,300 g Prolin                                                          7,100 g Serin                                                                        3,700 g Atsetiltirozin                                            0,860 g (tirozinga muvofiq keladi)                      0,700 g Atsetiltsistein                                            0,800 g (tsisteinga muvofiq keladi)                      0,590 g Yordamchi moddalar: Natriy gidroksidi                                                0 dan 2,0 mmol gacha

parenteral oziqlantirish uchun vosita – aminokislotalar

Tashqaridan tushgan oqsillardan hosil bo‘luvchi aminokislotalar va parenteral yuborilgan eritmalarning tarkibidagi aminokislotalar, organizmda bir xil biokimyoviy jarayonlarga uchraydi. Vena ichiga yuboriladigan aminokislotalar endogen erkin aminokislotalarning tomir ichidagi va xujayra ichidagi depolariga kiradi. Tarmoqlangan aminokislotalarni amin guruhini yo‘qotishi natijasida hosil bo‘luvchi aminoguruhlar glutamat bilan bog‘lanib, glutaminni hosil qiladi, u keyinchalik utilizatsiya uchun qon oqimi bilan ichak va mushaklarga o‘tkaziladi. Vena ichiga yuborilgan aminokislotalarning biokiraolishligi – 100% ni tashkil qiladi.

O‘tkir va surunkali jigar kasalliklarida yuz beruvchi aminokislotalar muvozanatini buzilishda parenteral oziqlantirish uchun, shuningdek jigar entsefalopatiyasini oldini olish uchun qo‘llaniladi.

Aminoplazmal Gepa markaziy vena kateteri orqali vena ichiga yuboriladi. Preparatni qo‘llash usuli: Preparat bir marta qo‘llash uchun ishlatishga mo‘ljallangan butilkalarda keltiriladi. Preparatning har qanday ishlatilmay qolgan hajmini saqlab bo‘lmaydi va tashlab yuborilishi lozim. Agar eritma tiniq bo‘lmasa yoki butilkada yaqqol shikastlanish belgilari bo‘lsa yoki germetikligi buzilgan bo‘lsa, preparatni ishlatish mumkin emas. Tavsiya etilgan dozalar Agar shifokor tomonidan o‘zgacha tayinlanmagan bo‘lsa, unda patsiyentning shaxsiy ehtiyojlarini hisoga olib, quyidagi dozalar tavsiya qilinadi: Kattalarga: Standart doza: Sutkada tana vazniga 7-10 ml/kg, bu sutkada 1 kg tana vazniga 0,7-1 g aminokislota to‘g‘ri keladi. Maksimal doza: Sutkada tana vazniga 15 ml/kg, bu sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g aminokislota to‘g‘ri keladi. Bolalarga 2 yoshdan boshlab: Standart doza: Sutkada tana vazniga 7-10 ml/kg, bu sutkada 1 kg tana vazniga 0,7-1 g aminokislota to‘g‘ri keladi. Aminoplazmal Gepa preparatini bolalarda qo‘llanganda patsiyentning yoshi, nutritsion holati va patsiyentning asosiy kasalligini ayniqsa sinchkov hisobga olish lozim. To‘liq parenteral oziqlantirish o‘tkazilayotgan hollarda shuningdek uglevodlar, almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari, vitaminlar va mikroelementlarni yuborish lozim. Infuziyaning tezligi: Jigar komasini davolash Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlar uchun davolashni boshida Aminoplazmal Gepani, samaraga erishilmaguncha yuqori tezlikda yuborish tavsiya qilinadi. Masalan, 70 kg tana vazniga ega patsiyent uchun: infuziyaning birinchi ikki soati davomida: minutiga 50 tomchi, bu taxminan soatiga 150 ml (soatiga tana vazniga 2 ml/kg) ga to‘g‘ri keladi. infuziyaning 3- chi soatidan 4-chi soatigacha: minutiga 25 tomchi, bu taxminan soatiga 75 ml (soatiga tana vazniga 1 ml/kg) ga to‘g‘ri keladi. infuziyaning 5-chi soatidan boshlab: minutiga 15 tomchi, bu taxminan soatiga 45 ml (soatiga tana vazniga 0,6 ml/kg) ga to‘g‘ri keladi. Erishilgan samarani ushlab turuvchi terapiya/parenteral oziqlantirish: minutiga 15-25 tomchi, bu taxminan soatiga 45-75 ml (soatiga tana vazniga 0,6-1 ml/kg) ga to‘g‘ri keladi. Qo‘llash davomiyligi: Aminoplazmal Gepa preparatini jigar entsefalopatiyasini rivojlanish xavfi yo‘qolmaguniga qadar qo‘llash kerak.

Ko‘rsatilgan ehtiyotkorlik choralariga, yuborish tezligi va dozasi yuzasidan tavsiyalarga rioya qilinganda nojo‘ya ta’sirlari kuzatilmaydi, ammo allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

Jigarga bog‘liq bo‘lmagan etiologiyali aminokislotalar almashinuvini buzilishi;Qon aylanishining og‘ir buzilishlari (shok);O‘pka shishi;Yaqqol atsidoz;Gipergidratatsiya;Yaqqol gipokaliyemiya;Yaqqol giponatriyemiya;2 yoshgacha bo‘lgan bolalar;Homiladorlik;Laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Aminokislotalar tarkibining o‘ziga xosligi tufayli, Aminoplazmal Gepa preparatini faqat yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llash lozim. Aminoplazmal Gepa preparatini boshqa hollarda qo‘llanganda aminokislotalar almashinuvini buzilishi yuz berishi mumkin. Ehtiyotkorlik bilan Plazmaning yuqori osmolyarligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri noma’lum. Bakterial kontaminatsiya va fizik-kimyoviy nomutanosiblik xavfi tufayli, biron-bir boshqa preparatlarni Aminoplazmal Gepaga yuborish tavsiya qilinmaydi, ularni uglevodlar yoki elektrolitlarning standart eritmalariga qo‘shgan afzal. Biroq, Aminoplazmal Gepa preparatini parenteral oziqlantirish uchun yuboriladigan boshqa eritmalar bilan, ularning mutanosibligi tekshirilgandan keyin aralashtirish mumkin.

Periferik venalarga yuborilmasin. Patsiyentda bir vaqtning o‘zida buyrak yetishmovchiligi xam bo‘lsa, aminokislotalarning dozasini zardobdagi mochevina va kreatinin darajasiga qarab muvofiqlashtirish kerak. Aminokislotalarning eritmalari bilan davolash jigar entsefalopatiyasini davolash uchun belgilangan boshqa terapevtik choralarning o‘rnini qoplamaydi. Aminokislotali tarkibni yuborish bilan bir vaqtda boshqa nutriyentlarni xam yuborish kerak. Aminoplazmal Gepa preparati yuborilganda yondosh ravishda uglevodlarning adekvat miqdori yuborilishi kerak. Elektrolitlar ehtiyojga muvofiq ishlatilishi lozim. Davolash davrida suv-elektrolit muvozanatini, plazmaning osmolyarligini, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini va jigar faoliyatini nazorat qilish lozim. Nazorat qilish soni va usuli kasallikni kechishini o‘tkirligi va patsiyentning holatini og‘irlik darajasiga bog‘liq. Bir butilkadagi vositani yuborish davomiyligi 24 soatdan oshmasligi kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi yoki preparatning infuziyasini tavsiya etilgan tezligini oshirilishi et uvishishi, ko‘ngil aynishi, qusish va aminokislotalarni buyrak tomonidan chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborish to‘xtatilishi va keyinroq infuziyani pastroq tezlikda qaytadan boshlash lozim.

Statsionarlarda ishlatish uchun

10% li infuziya uchun eritma. 500 ml dan. Yevropa Farmakopeyasining infuzion eritmalar, qizil-g‘isht rangli qopqoqlar va kulrang plastmass tiqinlarga bo‘lgan talablariga muvofiq g‘isht rangidagi rezina tiqin bilan berkitilgan 2 sinf gidrolitik shisha butilkalarda. 10 butilkadan muvofiq miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutida (statsionarlar uchun).

3 yil.