Aminazinretsept bilan

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: xlorpromazin gidroxloridi 100% moddaga qayta hisoblanganda – 25 mg, 50 mg yoki 100 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 20,65 mg, 41,30 mg yoki 82,60 mg, mikrokristall tsellyuloza – 35,00 mg, 70,00 mg yoki 140,00 mg, laktoza monogidrati – 15,00 mg, 30,00 mg yoki 60,00 mg, kopovidon – 0,35 mg, 0,70 mg yoki 1,40 mg, natriy kroskarmelloza – 3,00 mg, 6,00 mg yoki 12,00 mg, magniy stearati – 1,00 mg, 2,00 mg yoki 4,00 mg. Qobig‘i: 25 mg doza uchun – Opadray II 85F38209 – 4,00 mg: qisman gidrolizga uchragan polivinil spirti – 40,00%, makrogol-3350 – 20,20%, talk – 14,80%, titan dioksidi Ye171 – 24,89%, temir (II) oksidi bo‘yovchisi Ye172 – 0,11%; 50 mg doza uchun – Opadray II 85F240048 – 8,00 mg: qisman gidrolizga uchragan polivinil spirti – 40,00%, makrogol-3350 – 20,20%, talk – 14,80%, titan dioksidi Ye171 – 22,70%, temir (III) oksidi bo‘yovchisi Ye172 – 0,30%, temir (II) oksidi bo‘yovchisi Ye172 – 0,80%, temir (II,III) oksidi bo‘yovchisi Ye172 – 0,20%; 100 mg doza uchun – Opadray II 85F25509 – 16,00 mg: qisman gidrolizga uchragan polivinil spirti – 40,00%, makrogol-3350 – 20,20%, talk – 14,80%, titan dioksidi Ye171 – 22,70%, temir (III) oksidi bo‘yovchisi Ye172 – 20,20%, temir (II,III) oksidi bo‘yovchisi Ye172 – 4,00%, temir (II) oksidi bo‘yovchisi Ye172 – 0,80%.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xlorpromazin

Preparatning savdo nomi:

Aminazin

Farmakalogik guruhi:

antipsixotik vositalar (neyroleptik).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, sarg‘ish tusli oq rangli (25 mg doza uchun), jigarrang-pushti rangli (50 mg doza uchun), qizg‘ish-jigarrangdan to jigarranggacha (100 mg doza uchun) rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadrosi ko‘rinadi.

antipsixotik vositalar (neyroleptik).

N05AA01.

Xlorpromazin ichga qabul qilinganda yaxshi va tez so‘riladi. Ichga qabul qilingandan keyin biokiraolishligi – 50%. Qon plazmasidagi oqsillar bilan 90% dan yuqoriroq bog‘lanadi, shuning uchun gemodializga deyarli uchramaydi. Qon aylanish tizimidan tez chiqariladi va turli a’zolarda notekis to‘planadi. Gematoentsefalik to‘siq orqali yengil kiradi, bunda uning bosh miyadagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasidan yuqori bo‘ladi. Xlorpromazinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi va uning metabolitlari va terapevtik samarasi orasida bevosita korrelyatsiya mavjud emas. Jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasiga ega, u yerda preparat oksidlanish (30%), gidroksilizatsiya (30%) va dezametilizatsiya (20%) natijadasida jadal metabolizmga uchraydi. Oksidlangan gidroksilizatsiyaga uchragan metabolitlari farmakologik faollikka ega, ular glyukuron kislotasi bilan bog‘lanishi oqibatida yoki faol bo‘lmagan sulfoksidlarni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi keyinchalik oksidlanish orqali faolsizlanadi. Buyraklar va safro orqali chiqariladi. Dozaning 1-6% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi. Xlorpromazinning yarim chiqarilish davri (T1/2) o‘rtacha 30 soatni tashkil qiladi. Sutka davomida qabul qilingan dozaning taxminan 20% chiqariladi. Davolash to‘xtatilgandan 12 oy va undan keyinroq siydikda xlorpromazin metabolitlarining izlarini aniqlash mumkin.

O‘tkir va surunkali psixotik buzilishlar, ayniqsa paranoidal, shizofreniyadagi, maniakal buzilishlar, organik psixozlar va boshqalar. Xavotirli buzilishlarda psixomotor qo‘zg‘alish (ajitatsiya). Tajavuzkorlik bilan kechuvchi va patsiyent va atrofdagilar uchun potentsial xavfli bo‘lgan hulq-atvorni buzilishlari. Bolalarda shizofreniya, autizm. Gipotermiyani induktsiya qilish. Turg‘un hiqichoq. Og‘ir kasalliklarning terminal bosqichidagi turg‘un ko‘ngil aynishi va qusishda qo‘llanadi.

Aminazin® tabletkalarini chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan ichga (ovqatdan keyin) buyuriladi. Optimal dozani shaxsiy ravishda tanlash maqsadga muvofiq. Agar patsiyentning klinik holati imkon bersa, davolashni minimal dozadan boshlash va uni asta-sekin oshirish kerak.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: ekstrapiramid buzilishlar (distonik reaktsiyalar, akinetorigid ko‘rinishlar, akatiziya, giperkinezalar, tremor, vegetativ buzilishlar, dori vositalari induktsiya qilgan parkinsonizm simptomlari (gipokineziya, mushak rigidligi, postural beqarorlik), erta diskineziya (bo‘yin, til, og‘iz bo‘shlig‘i tubi mushaklarida paroksizmal paydo bo‘luvchi tirishishlar), uzoq vaqt davolaganda – kechki diskineziya (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi kechki diskineziyani oldini olish taktikasiga qarang)), xavfli neyroleptik sindrom (mushak rigidligi, gipertermiya, vegetativ nerv tizimi disfunktsiyasi bilan bog‘liq somatik buzilishlar, ruhiy buzilishlar), uyquchanlik, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, ruhiy indifferentlik ko‘rinishlari, tashqi ta’sirlovchilarga reaktsiyani kechikishi, patsiyentning kayfiyatini o‘zgarishlari, ajitatsiya, uyqusizlik, neyroleptik depressiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya, taxikardiya, yurak ritmini o‘zgarishi (qorinchalar aritmiyasi, shu jumladan “piruet” tipdagi; dastlab bradikardiya, gipokaliyemiya, QT intervalini uzayishi, anamnezida yurak kasalliklari, tritsiklik antidepressantlarni bir vaqtda qabul qilish fonida, keksalarda qorinchalar ritmining buzilishlari rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi), QT intervalini uzayishi, T va U tishlarini o‘zgarishi, venoz tromboemboliya (shu jumladan o‘pka tromboemboliyasi va chuqur venalar trombozi). Nafas tizimi tomonidan: nafasni susayishi, burun bitishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘izni qurishi, anoreksiya, qabziyat yoki ichak tutilishi. Gepatobiliar tizim tomonidan: xolestatik sariqlik va jigarni shikastlanishi (asosan xolestatik, gepatotsellyulyar yoki aralash); sariqlik paydo bo‘lganda xlorpromazinni bekor qilish kerak. Siydik-tanosil tizim tomonidan: siyishni qiyinlashishi, amenoreya, oligomenoreya, impotentsiya, frigidlik, oliguriya, priapizm. Endokrin tizimi tomonidan: giperprolaktinemiya, galaktoreya, ginekomastiya. Qon yaratish a’zolari tomonidan: qon ivishini oshishi, limfo- va leykopeniya, anemiya, agranulotsitoz (qon manzarasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar”) bo‘limiga qarang). Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘z gavhari va shox pardani xiralashishi, akkomodatsiyani buzilishlari. Teri qoplamalari tomonidan: teri fotosensibilizatsiyasi, teri pigmentatsiyasi, melanoz. Immun tizimi tomonidan: teri va shilliq qavatlar tomonidan allergik reaktsiyalar, angionevrotik shish, yuzni shishi, bronxospazm, eshakemi, anafilaktik reaktsiyalar, tizimli qizil yugurik. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa samaralar: fenotiazin hosilalarini qo‘llash glyukozani o‘zlashtiraolmaslik, giperglikemiya, giperxolesterinemiya, fekal tiqilish, og‘ir darajadagi ichak tutilishi, megakolonga olib kelishi mumkin.

preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik;laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya;markaziy nerv tizimi (MNT) faoliyatini susaytiruvchi moddalar bilan zaharlanish;har qanday etiologiyali komatoz holatlar;suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi;homiladorlik, emixish davri;12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (ushbu dori shakli uchun).

Aminazin® preparatini MNT ga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa preparatlar (umumiy anesteziya uchun vositalar, narkotik analgetiklar, etanol (alkogol) va uni saqlovchi preparatlar, barbituratlar, trankvilizatorlar va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda MNT depressiyani kuchayishi, shuningdek nafas susayishi mumkin. Barbituratlar qon zardobida xlorpromazinning kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin. Analgetiklar va antipiretiklar bilan uzoq vaqt birga qo‘llash maqsadga muvofiq emas – gipertermiya rivojlanishi mumkin. Xlorpromazinni tritsiklik antidepressantlar, maprotilin yoki monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari bilan birga buyurish xavfli neyroleptik sindrom rivojlanishi xavfini oshiradi; Fenitiazin hosilalari epinefrin va boshqa simpatomimetiklar va tirishishga qarshi preparatlar ta’sirining antagonisti hisoblanadi (tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasayishi). Xlorpromazin gipertireozni davolash uchun preparatlar bilan birga qo‘llanganida agranulotsitozni rivojlanish xavfi oshadi. Xlorpromazin ekstrapiramid reaktsiyalar chaqiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llanganida ekstrapiramid buzilishlar tez-tezligi va og‘irlik darajasi oshishi mumkin. Fenotiazin hosilalari anesteziya uchun vositalar, “sekin” kaltsiy kanallari blokatorlari va boshqa gipotenziv vositalar va trazodonning gipotenziv ta’sirini oshiradi. Xlorpromazin guanedin, amfetamin samaralari, klonidinin kabi neyron adrenoblokatorlarlarning gipotenziv ta’sirini kamaytiradi. Xlorpromazin va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llaganda og‘ir ortostatik gipotenziya paydo bo‘ladi. Beta-adrenoblokatorlar va xlorpromazinni bir vaqtda qo‘llash, xlorpromazinning qon tomirlarni kengaytiruvchi samarasi va beta-blokator chaqirgan yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini kamayishini qo‘shilishi oqibatida arterial gipotenziya, shu ortostatik arterial gipotenziya xavfi oshadi. Beta-adrenoblokatorlar va xlorpromazinni bir vaqtda qo‘llash qaytmas retinopatiya, kechki diskineziya rivojlanishi xavfini oshiradi. Xlorpromazinni Ia va III sinf antiaritmik dori vositalari, beta-blokatorlar, ayrim kaltsiy kanallari blokatorlari, digitalis dori vositalari, pilokarpin, antixolinesteraz dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash bradikardiya va qorinchalar aritmiyalari, shu jumladan “piruet” tipdagi aritmiyalarni rivojlanish xavfini oshishi bilan kechishi mumkin. Ko‘rsatilgan dori vositalari bilan birga qo‘llanilganda EKG-monitoring tavsiya etiladi. Xlorpromazinni nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda vazodilatator samara kuchayishi oqibatida ortostatik gipotenziya rivojlanishi xavfi oshadi. Xlorpromazinni tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash giponatriyemiya kuchayishiga olib keladi. Xlorpromazinni bromokriptin bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida prolaktin kontsentratsiyasini oshiradi va bromokriptinning ta’siriga to‘sqinlik qiladi. Antimuskarin dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash antixolinergik nojo‘ya samaralarni (siydikni tutilishi, glaukomaning o‘tkir xurujini qo‘zg‘atish, og‘izni qurishi, qabziyatlar va boshqalar) rivojlanishini chuqurlashtirishi mumkin. Atropinning turli dori vositalari, tritsiklik antidepressantlar, N1-gistaminoblokatorlar, antimuskarin, parkinsonga qarshi antixolinergik spazmolitiklar, dizopiramid, fenotiazin neyroleptiklar va klozapin antixolinergik xususiyatlarga ega. Xlorpromazinni efedrin bilan birga qo‘llanilganda efedrinning qon tomirlarni toraytiruvchi samarasi kuchsizlanishi mumkin. Aminazin® preparati bilan davolaganda epinefrinni yuborishdan saqlanish kerak, chunki epinefrinning samarasi kuchayishi mumkin, bu AB ni pasayishiga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborilganda epinefrinni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Xlorpromazin levodopaning parkinsonga qarshi ta’sirini kamaytiradi (dofamin retseptorlarining blokadasini chaqirishi tufayli). Xlorpromazin o‘rtacha antixolinergik faollikka ega, u boshqa antixolinergik preparatlar tomonidan oshirilishi mumkin. Aminazin® shuningdek boshqa dori vositalarining antixolinergik samaralarini kuchaytiradi, bunda o‘zining antipsixotik ta’siri kamayishi mumkin. Xlorpromazin kimyoviy tuzilishi bo‘yicha yaqin bo‘lgan proxlorperazin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda uzoq vaqt xushdan ketish yuzaga kelishi mumkin. Antatsidlar, parkinsonga qarshi preparatlar va litiy tuzlari xlorpromazinning so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Antatsidlar Aminazin® preparatini qo‘llashdan ikki soat oldin va keyin qo‘llanmasligi kerak. Xlorpromazin litiyning buyrak orqali chiqarilishini oshishini chaqiradi, bundan tashqari litiy preparatlari bilan birga qo‘llash ekstrapiramid asoratlar xavfini oshiradi. Xlorpromazin ototoksik ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositasilarining (masalan, ototoksik ta’sirga ega antibiotiklar) ototoksikligining ayrim ko‘rinishlarini (quloqlarda shovqin, bosh aylanishi) niqoblashi mumkin. Boshqa gepatotoksik preparatlar gepatotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradi. Suyak ko‘migida qon yaratilishini susaytiruvchi vositalar miyelosupressiya xavfini oshiradi. Xlorpromazinni bezgakka qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda toksik ta’sir rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi qon plazmasida xlorpromazinning kontsentratsiyasini oshiradi. Xlorpromazin tsimetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida xlorpromazinning kontsentratsiyasi o‘zgarishi (oshishi yoki kamayishi) mumkin. Gipoglikemik preparatlari yuqori dozalarda (sutkada 100 mg) xlorpromazin bilan bir vaqtda qo‘llanganida insulin sekretsiyasini kamayishi va qonda glyukoza darajasini oshishi hisobiga gipoglikemik samarasi susayadi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Davolash vaqtida AB, puls, jigar va buyrak faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. Shuningdek qon manzarasini nazorat qilish kerak (davolashni boshida har haftada, keyinchalik esa har 3-4 oyda); agar davolash vaqtida leykotsitlar soni 3,0-3,5x109/l gacha kamaysa, neytrofillar soni esa 1,5-2,0x109/l gacha kamaysa, bu ko‘rsatkichlar nazoratini hafta 2 marta o‘tkazish kerak; leykotsitoz va granulotsitopeniya paydo bo‘lgan hollarda davolashni to‘xtatish kerak. Tana harorati oshganda, tomoqda og‘riq yoki infektsion kasalliklarning boshqa ko‘rinishlarida darhol davolovchi shifokorga xabar berish kerakligi haqida har bir patsiyent ogohlantirilishi kerak. Xavfli neyroleptik sindromning (oqarish, gipertermiya, vegetativ disfunktsiya, ongni o‘zgarishi, mushaklar rigidligi) simptomlaridan biri bo‘lgan gipertermiya paydo bo‘lgan hollarda Aminazin® preparatini darhol bekor qilish kerak. Gipertermiyadan oldin kuzatiladigan erta belgilariga ko‘p terlash va arterial bosimning (AB) beqarorligi kabi nojo‘ya ta’sirlar kirishi mumkin. Garchi bunday nojo‘ya samaralarning neyroleptiklarga bog‘liqligi etiologiyasi noma’lum bo‘lsada, bir qator xavf omillari mavjud: shaxsiy moyillik, suvsizlanish, bosh miyaning organik shikastlanishlari. Xavfli neyroleptik sindrom neyroleptiklar bilan davolashni har qanday vaqtida paydo bo‘lishi va o‘limga olib kelishi mumkin. Kechki diskineziya belgilari va simptomlari paydo bo‘lgan hollarda dozani kamaytirish yoki barcha antipsixotik dori vositalarni bekor qilishni masalasini ko‘rib chiqish kerak. Kechki diskineziya ba’zida neyroleptik bekor qilingandan keyin paydo bo‘lishi mumkin va takroran qabul qilinganda yoki doza oshirilganda yo‘q bo‘ladi. Kechki diskineziya rivojlanganda parkinsonga qarshi va antixolinergik dori vositalarini buyurish mumkin emas (holat yomonlashishi mumkin). Aminazin® preparatini qo‘llaganda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekstrapiramid buzilishlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar sifatida – parkinsonga qarshi vositalar – trigeksifenidil va boshqalar qo‘llanadi. Aminazin® dozaga qarab QT intervalini uzayishini chaqirishi mumkin, bu qorinchalar aritmiyalari, shu jumladan “piruet” tipdagi aritmiyalar xavfini oshiradi. Shuningdek bradikardiya, gipokaliyemiya, tug‘ma yoki orttirilgan QT davrini uzayishi kuchayadi. Shuning uchun davolashni boshlashdan oldin quyidagilar yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak: minutiga 55 zarbadan kamroq bradikardiya;gipokaliyemiya;QT intervalini tug‘ma uzayishi. Juda zarur holatlardan tashqari, neyroleptiklar bilan davolashga muhtoj bemorlarni dastlabki tekshiruv vaqtida EKG bajarish tavsiya etiladi. Randomizatsiyalangan klinik tadqiqotlar jarayonida dementsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda platseboga nisbatan atipik antipsixotik dori vositalarini (DV) qo‘llaganda platseboga nisbatan insultni paydo bo‘lishi xavfini oshishi aniqlangan. Bunday xavfni oshishi mexanizmi noma’lum. Boshqa neyroleptiklarni qabul qilganda yoki boshqa yoshdagi guruhlarda yuqori xavfni inkor etib bo‘lmaydi. Insult rivojlanishi xavf omillari, aqli zaif bo‘lgan keksa patsiyentlarda Aminazin® ni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki dementsiya bilan bog‘liq psixozi bo‘lgan va antipsixotik dori vositalarini qabul qilgan keksa yoshdagi patsiyentlarda o‘lim xavfi oshadi. Asosan atipik antipsixotik dori vositalarini qabul qiluvchi patsiyentlar ishtirokida o‘tkazilgan platsebo-nazoratlangan tadqiqotlar platseboga nisbatan o‘lim xavfini 1,6-1,7 marta oshishini ko‘rsatdi. O‘rtacha 10 hafta davomiylikdagi davolashni oxirida o‘lim xavfi platsebo guruhidagi 2,6% ga nisbatan xlorpromazin qabul qilgan guruhda 4,5% bo‘lgan. Atipik antipsixotik dori vositalari bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda o‘lim sabablari turlicha bo‘lishiga qaramay, bu o‘limlarning ko‘pchiligi qon-tomir muammolari (masalan, yurak yetishmovchiligi, to‘satdan o‘lim) yoki infektsiyalar (masalan, pnevmoniya) oqibatida bo‘lgan. Neyroleptiklar bilan davolaganda venoz tromboemboliya (VTE) paydo bo‘lishi xavfi mavjud. Antipsixotik dori vositalari qabul qilgan patsiyentlarda, ayniqsa VTE orttirilgan xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda profilaktika choralari ko‘rilishi kerak va Aminazin® preparati bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida VTE ning har qanday potentsial xavf omili baholanishi kerak. Ayrim hollardan tashqari Aminazin® ni Parkinson kasalligida qo‘llash mumkin emas. Qorinni dam bo‘lishi va og‘riq bo‘yicha aniqlanishi mumkin bo‘lgan ichak tutilishini paydo bo‘lishi shoshilinch yordamni talab etadi. Aminazin® preparatini qabul qilganda aritmiya rivojlanishiga moyil omillarga quyidagilar kiradi: gipokaliyemiya (shu jumladan gipokaliyemiya chaqiruvchi diuretiklarni qo‘llaganda), bradikardiya (shu jumladan dori vositalari chaqirgan), QT intervalini davomiyligi mavjud (tug‘ma yoki orttirilgan) uzayishi. Dofamin agonistlari va neyroleptiklarning o‘zaro antagonizmi tufayli, xlorpromazinni dofaminergik parkinsonizmga qarshi bo‘lmagan dori vositalari (kabergolin, kvinagolid) bilan bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi. “piruet” tipdagi aritmiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa neyroleptiklar (amisulprid, tsiamemazin, droperidol, flufenazin, properitsiazin, galoperidol, levomepromazin, pimozid, pipamperon, pipotiazin, sertindol, sulpirid, sultoprid, tiaprid) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Parazitlarga qarshi vositalar (galofantrin, lyumefantrin, pentamidin) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Shuningdek azol guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (aritmiyalar rivojlanish xavfini oshishi). Agar yuqoridagi majmualarni birga qo‘llashdan saqlanish imkoni bo‘lmasa, QT intervali davomiyligini monitoringi bilan EKG-nazoratni vaqti-vaqti bilan o‘tkazish tavsiya etiladi. Xlorpromazin bilan davolashni boshlashdan oldin kaliy tejamaydigan diuretiklarni qo‘llaganda gipokaliyemiyani muvofiqlashtirish va EKG nazorat o‘tkazish kerak. Aminazin® preparati bilan davolaganda quyidagi holatlarda monitoringni kuchaytirish kerak: tirishish bo‘sag‘asini pasayishi mumkinligi tufayli, anamnezida tutqanoq va tirishishlari bo‘lgan patsiyentlarda. Tirishishlarni paydo bo‘lishi davolashni to‘xtatishni talab etadi.keksa yoshdagi patsiyentlarda quyidagi holatlarda: a) ortostatik gipotenziyaga yuqori moyillik va samarada (haddan tashqari sedativ va gipotenziv ta’sir xavfini oshishi), b) surunkali qabziyatda (paralitik ichak tutilishi paydo bo‘lishi xavfi), v) bo‘lishi mumkin bo‘lgan prostata bezi gipertrofiyasi; gipotenziv ta’sirni kuchayishi mumkinligi tufayli, xinidin qabul qiluvchi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda;to‘planish xavfi tufayli, jigar yetishmovchiligi va/yoki og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda. Uzoq vaqt davolaganda vaqti-vaqti bilan oftalmologik nazorat o‘tkazish kerak. Fenotiazin hosilalari qo‘llash giperglikemiyaga olib kelishi yoki glyukozaga tolerantlikni buzilishiga, qandli diabetni rivojlanishi yoki zo‘rayishiga, giperxolesterinemiyaga, fekal tiqilishga, og‘ir ichak tutilishiga va megakolonga olib kelishi mumkinligini e’tiborga olish kerak. Xlorpromazin yuqori dozalarda (sutkada 100 mg) qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulin sekretsiyasini kamayishi hisobiga qonda glyukoza darajasini oshishini chaqirishi mumkinligi tufayli davolash kursidan oldin va tugagandan keyin insulinning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Zarurati bo‘lganida shuningdek sulfonilmochevina hosilalarini qabul qiluvchi patsiyentlarda neyroleptiklarning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Depressiya ustunligida xlorpromazin monoterapiya sifatida qo‘llanmasligi kerak. Fenotiazin qatorining boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanlikda, og‘ir respirator kasalliklarda Aminazin® ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Fotosensibilizatsiya xavfi tufayli ultrabinafsha nurlanishdan saqlanish kerak. Aminazin® miastaniya gravis ni kechishini yomonlashtirishi yoki latent shaklini namoyon bo‘lishiga olib kelishi, shuningdek miastenik sindrom chaqirishi mumkin. “Bekor” qilish sindromini rivojlanishini oldini olish uchun Aminazin® preparati bilan davolashni asta-sekin to‘xtatish kerak. Levodopa va neyroleptiklarning o‘zaro antagonizmini yodda tutish kerak. Parkinsonizm bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun ikkala dori vositalarining minimal samarali dozalarini qo‘llash kerak. Dopamin qabul qilgan parkinsonizmi bo‘lgan patsiyentlarni neyroleptiklar bilan davolash zarurati bo‘lganida, dopaminning dozasini minimumgacha asta-sekin kamaytirish kerak (dopaminni to‘satdan bekor qilish “xavfli neyroleptik sindrom” rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin). Aminazin® qabul qiluvchi feoxromatsetomasi bo‘lgan patsiyentlarda qonda katexolaminlar darajasining soxta musbat natijalari kuzatilishi mumkin. Davolash vaqtida alkogolni iste’mol qilishdan voz kechish kerak, chunki xlorpromazin alkogolni markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi.

Homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Xlorpromazin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi, tug‘ruq vaqtini uzaytiradi. Xlorpromazin hayvonlarda embriofetal buzilishlarni chaqirishi namoyish etilgan. Homiladorlikning uchinchi uch oyligida onalari dori vositasini qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ekstrapiramid buzilishlar va/yoki bekor qilish sindromi rivojlanishining potentsial xavfi haqida ma’lumot mavjud. Homiladorlikda xlorpromazinni yuqori dozalarda qo‘llanilganda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ayrim hollarda dori vositasining (DV) atropinsimon ta’siri bilan bog‘liq ovqat hazm qilishni buzilishlari aniqlangan. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: arefleksiya yoki giperrefleksiya, ko‘rishni noaniqligi, kardio-toksik ta’sir (aritmiya, yurak yetishmovchiligi, arterial bosimni (AB) pasayishi, shok, taxikardiya, QRS tishchasini o‘zgarishi, qorinchalar fibrillyatsiyasi, yurakni to‘xtashi), neyrotoksik ta’sir, shu jumladan ajitatsiya, ongni chalkashishi, tirishishlar, dezoriyentatsiya, uyquchanlik, stupor yoki koma; midriaz, og‘izni qurishi, giperpireksiya yoki gipotermiya, mushaklar rigidligi, qusish, o‘pka shishi yoki nafasni susayishi. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish (qusishni induktsiya qilishdan saqlanish kerak, chunki dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq ongni buzilishi va bo‘yin va bosh mushaklari tomonidan distonik reaktsiyalar qusiq massalarini aspiratsiyasiga olib kelishi mumkin). Simptomatik davolash: kollaptoid holatlarda kordiamin, kofein, mezaton yuborish tavsiya etiladi; nafas markazi faoliyatini buzilishisiz kechuvchi markaziy nerv tizimini susayishida – fenamin, pervitin, natriy kofein-benzoatining o‘rtacha dozasini yuborish (markaziy nafas tizimi susayishida analeptiklarni yuborish mumkin emas); xlorpromazinning dozasi kamaytirilganda nevrologik asoratlar odatda kamayadi, ularni shuningdek trigeksifenidilni buyurish bilan kamaytirish mumkin, neyroleptik depressiyani kamaytirish uchun antidepressantlar va psixostimulyatorlar qo‘llanadi; aritmiyalarda – uzoq ta’sir etuvchi dori preparatlarini yuborish, yurak yetishmovchiligida – yurak glikozidlari, AB ni yaqqol pasayishida – suyuqlikni yoki norepinefrin, fenilefrin kabi vazopressor vositalarni vena ichiga yuborish (epinefrin kabi alfa- va beta-adrenomimetiklarni buyurishdan saqlanish kerak, chunki xlorpromazin tomonidan alfa-adrenoretseptorlarni blokadasi hisobiga AB paradoksal pasayishi mumkin), tirishishlarda – diazepam (MNT keyinchalik susayishi va nafasni susayishi mumkinligi oqibatida barbituratlarni buyurishdan saqlanish kerak); xavfli neyroleptik sindromning simptomlaridan biri bo‘lgan gipertermiya holatlarida – dantrolenni yuborish. Kamida 5 sutka davomida yurak-qon tomir tizimi faoliyati, MNT faoliyati, nafasni nazorat qilish, tana haroratini o‘lchash, psixiatr maslahati. Dializ kam samarali.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 25 mg, 50 mg va 100 mg. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.