Aminalon.retsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gamma-amino moy kislota – 250 mg; yordamchi moddalar: qand upasi, povidon, magniya stearati, opadray II (shu jumladan polivinil spirti, talk, makrogol 3350 (polietilenglikol), letsitin (soya yog‘idan olingan), titan dioksid Ye 171), shakar, non tayyorlashda ishlatiladigan bug‘doy uni, magniya karbonat asosi, titan dioksidi Ye 171, asalari mumi, neftdan olinadigan qattiq parafin, rafinatlangan kungaboqar moyi.

Preparatning savdo nomi:

Aminalon.

Farmakalogik guruhi:

psixostimulyator va nootrop vositalar.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg

oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomoni qavariq qobiq bilan qoplangan tabletkalar

psixostimulyator va nootrop vositalar.

N03AG03.

bosh miyada qon aylanishini buzilishini o‘tkazgandan keyingi holat va bosh miya jarohatlari;psixoorganik sindrom;aterosklerotik, gipertonik va alkogolli entsefalopatiya;bolalar tserebral falaji va bolalarda tug‘ruq jarohatlari oqibatlarini majmuaviy davolash tarkibida;bolalarni aqliy rivojlanishdan orqada qolishi;kinetozlar (dengiz va havo kasalligi) da qo‘llanadi.

Ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi. Kattalarga va 7 yoshdan oshgan bolalarga ichga 0,5-1,25 g dan kuniga 3 marta buyuriladi. Sutkalik doza – 1,5-3 g. 6 yoshdagi bolalarga – sutkada 2,0-3,0 g (8-12 tabletka) dan 3 marta qabul qilinadi. Davolash kursi kamida 2-3 hafta (optimal 2-4 oy) ni tashkil etadi. Zarur bo‘lgan hollarda davolash kursi yilda 1-2 marta takrorlanadi. Kinetozlarni davolashda safardan oldin kattalarga 0,5 g (2 tabletka) dan, bolalarga 0,25 g (1 tabletka) dan kuniga 3 marta 3-4 sutka davomida qabul qilinadi.

ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik ko‘rinishlar;tana haroratini oshishi, qizib ketish hissi;uyqusizlik;arterial bosimni labilligi.

aminalonga yuqori sezuvchanlik;6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Benzodiazepin hosilalari, tutqanoqqa qarshi, sedativ-gipnotik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida MNTning faoliyatiga susaytiruvchi ta’siri kuchayishi mumkin. Gepotenziv preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning samarasini kuchaytiradi. Vinpotsetin, nimodipin, nitsergolin bilan birga qo‘llanganda keksa yoshdagi patsiyentlarda gipotoniya fonida bosh miyada gipoperfuziya rivojlanish sababli gipotoniya rivojlanishi va bosh miyada qon aylanishini buzilishi yomonlashishi mumkin.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari Arterial bosim labilligi bo‘lgan patsiyenlarni aminalon bilan davolanishning birinchi kunlarida arterial bosim ahamiyatli darajada tebranish mumkinligini sababli alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik va laktatsiya davrida aminalonni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Preparatni avtotransportni yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlari Aminalonni qo‘llash vaqtida avtotransportni yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Aminalonning toksikligi past. Intoksikatsiya simptomlari bir vaqtning o‘zida aminalonning haddan tashqari yuqori dozalari (10-20 g dan ko‘p) qo‘llagandagina rivojlanadi va quyidagi simptomlar: qo‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riq, tana haroratini oshishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik va bradikardiya bilan xarakterlanadi. Davolash. Spetsifik antidoti yo‘q. Yordam choralari preparatni bekor qilish, me’dani faollashtirilgan ko‘mir bilan yuvish, o‘rab oluvchi vositalar (diosmektit, kraxmal shilimshig‘i) buyurish, kuzatilgan buzilishlarni bartaraf qilishga qaratilgan tutib turuvchi va simptomatik davolashni o‘z ichiga oladi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 5 yoki 10 kontur uyali o‘ram ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.