Amiksin

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tiloron – 60,0 mg yoki 125,0 mg; yordamchi moddalar: yadrosi: kartoshka kraxmali – 25,500 mg yoki 46,000 mg, mikrokristall tsellyuloza – 60,000 mg yoki 120,000 mg, povidon (povidon K30) – 1,500 mg yoki 3,000 mg, kaltsiy stearati – 1,500 mg yoki 3,000 mg, krosskarmelloz (kroskarmelloza natriy) – 1,500 mg yoki 3,000 mg; qobig‘i: gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza) – 3,4050 mg yoki 6,8100 mg, titan dioksidi – 1,7815 mg yoki 3,5630 mg, makrogol (polietilenglikol-4000) – 0,4565 mg yoki 0,9130 mg, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,0570 mg yoki 0,1104 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (Ye 104) – 0,1235 mg yoki 0,2470 mg, shafaq sariq bo‘yovchisi (Ye 110) – 0,1765 mg yoki 0,3530 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tiloron

Preparatning savdo nomi:

Amiksin

Farmakalogik guruhi:

viruslarga qarshi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

to‘q-sariq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganida to‘q-sariq rangli, biroz to‘q-sariq va oq rangli dog‘lari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

viruslarga qarshi vosita.

J05AX

Ichga qabul qilinganidan keyin me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Biokiraolishligi – 60% ni tashkil qiladi. Preparatning taxminan 80% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat deyarli o‘zgarmagan holda ichak orqali (70%) va buyrak orqali (9%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 48 soatni tashkil qiladi. Preparat biotransformatsiyaga uchramaydi va organizmda to‘planmaydi.

7 yoshdan oshgan bolalarda: gripp va O‘RVI ni davolash uchun qo‘llanadi. Kattalarda (18 yoshdan kattalar): gripp va O‘RVI ni davolash va oldini olish;A, V va S virusli gepatitlarni davolash;gerpetik va tsitomegalovirusli infektsiyalarni davolash;infektsion-allergik va virusli entsefalomiyelitlarni (tarqalgan skleroz, leykoentsefalit, uveoentsefalit va boshqalar) majmuaviy davolash tarkibida;urogenital va respirator xlamidiozni majmuaviy davolash tarkibida;o‘pka tuberkulezini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Amikcin ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. 7 yoshdan oshgan bolalar uchun: Grippning asoratlanmagan shakllari va boshqa O‘RVI – 60 mg dan kuniga 1 marta davolash boshlanganidan keyingi 1-nchi, 2-nchi va 4-nchi kunlari buyuriladi. Kurs dozasi – 180 mg (3 tabletka) ni tashkil qiladi. Gripp va O‘RVI ning boshqa asoratlari paydo bo‘lganida – davolash boshlanganidan keyingi 1-nchi, 2-nchi, 4-nchi va 6-nchi kunlari 60 mg dan buyuriladi. Kurslik doza – 240 mg (4 tabletka) ni tashkil qiladi. Kattalar uchun (18 yoshdan katta): Gripp va boshqa O‘RVI ni davolash uchun – sutkada 125 mg dan davolashning birinchi           2 kuni, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kursga – 750 mg (6 tabletka) ni tashkil qiladi. Gripp va boshqa O‘RVI ni oldini olish uchun – 6 hafta davomida haftada 1 marta 125 mg dan buyuriladi. Kursga – 750 mg (6 tabletka) ni tashkil qiladi. Gerpetik, tsitomegalovirusli infektsiyani davolash uchun – birinchi ikki sutka 125 mg dan, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kurslik doza – 1,25-2,5 g (10-20 tabletka) ni tashkil qiladi. Virusli A gepatitni nospetsifik oldini olish uchun –6 hafta davomida haftada 1 marta 125 mg dan buyuriladi. Virusli A gepatitini davolash uchun – birinchi sutkalarda 125 mg dan 2 marta, so‘ngra     48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kursga – 1,25 mg (10 tabletka) ni tashkil qiladi. O‘tkir V gepatitini davolash uchun – birinchi ikki kunlari 125 mg dan, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg, davolash kursiga – 2 g (16 tabletka) buyuriladi. V gepatitini davomli kechishida – 125 mg dan sutkada 2 marta birinchi kuni, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Davolash kursiga 2,5 g (20 tabletka). Surunkali V gepatitida – davolashning boshlang‘ich fazasi (2,5 g – 20 tabletka) – birinchi ikki kun 125 mg dan kuniga 2 marta, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg. Davom etish fazasi (1,25 g – 10 tabletkadan 2,5 g – 20 tabletkagacha) – haftada 125 mg dan buyuriladi. Amiksin® ning kurslik dozasi 3,75 g dan 5 g gacha, davolash davomiyligi, jarayonning faollik darajasini aks ettiruvchi biokimyoviy, immunologik va morfologik tekshirishlarning natijalariga qarab, 3,5-6 oyni tashkil qiladi. O‘tkir S gepatitida – sutkada 125 mg dan davolashning birinchi 2 kunlari, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Davolash kursiga – 2,5 g (20 tabletka). Surunkali S gepatitida –  davolashning boshlang‘ich fazasi (2,5 g – 20 tabletka) – birinchi ikki kun 125 mg dan kuniga 2 marta, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg . Davom etish fazasi (2,5 g – 20 tabletka) – haftada 125 mg dan buyuriladi. Amiksin® ning kurslik dozasi 5 g, davolash davomiyligi, jarayonning faollik darajasini aks ettiruvchi biokimyoviy, immunologik va morfologik tekshirishlarning natijalariga qarab – 6 oyni tashkil qiladi. Neyrovirusli infektsiyalarni majmuaviy davolashda – sutkada 125-250 mg dan davolashning birinchi ikki kunlari, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Doza shaxsiy belgilanadi, davolash kursi 3-4 haftani tashkil qiladi. Urogenital va respirator xlamidiozda – birinchi ikki sutka 125 mg dan, so‘ngra 48 soat  o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kursli doza – 1,25 g (10 tabletka) ni tashkil qiladi. O‘pka tuberkulezini majmuaviy davolashda – davolashning birinchi ikki sutkasida 250 mg dan, keyinchalik 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kurslik doza – 2,5 g (20 tabletka) ni tashkil qiladi.

Allergik reaktsiyalar, dispepsik ko‘rinishlar, qisqa muddatli etni uvishishi kuzatilishi mumkin.

Preparatga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davri. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Antibiotiklar va virusli va bakterial kasalliklarni davolashning an’anaviy dori vositalari bilan mutanosib. Amiksin®ni antibiotiklar va virusli va bakterial kasalliklarni davolashning an’anaviy dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlikda preparatni qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurat bo‘lganda emizishni to‘xtatish kerak. Transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat  transport vositalarni va yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.

Preparatning dozasini oshirib yuborilash xollari noma’lum.

Retseptsiz – qobiq bilan qoplangan tabletkalar 125 mg

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 60 mg, 125 mg. 6 yoki 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda; 10 tabletkadan polimer bankada. 1 kontur uyali o‘ramlar yoki 1 polimer banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.