Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, ich ketishi, meteorizm, qorinda og‘riq, ta’mni o‘zgarishi, qusish, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (sariqlik, giperbilirubinemiya, aminotransferazalar va ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi, gepatit, gepatotsellyulyar nekroz), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanadigan holatlar.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kam hollarda – tirishishlar.
Qon yaratish tizimi a’zolari tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmalari, kam hollarda – ko‘p shaklli ekssudativ eritema (jumladan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar (jumladan, angionevrotik shish, yuz shishi, eshakemi, terini qichishishi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: Q-T intervalini uzayishi, yurak qorinchalari xilpillashi/lipillashi.
Boshqalar: kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishi, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.