Amikatsin ukolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: amikatsin sulfati (amikatsinga qayta hisoblanganda) – 500 mg. Ta’rifi: oq yoki deyarli oq rangli kukun, gigroskopik.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amikatsin

Preparatning savdo nomi:

Amikatsin

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (aminoglikozidlar guruxi)

Dori shakli:

vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun

oq yoki deyarli oq rangli kukun, gigroskopik

antibiotik (aminoglikozidlar guruxi). 3-avlod

J01GB06

Keng ta’sir doirasiga ega yarimsintetik antibiotik, bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Ribosomalarning 30S subbirliklari bilan bog‘lanib, transport va matritsali RNK kompleksini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, oqsil sintezini bloklaydi, shuningdek bakteriyalarning titoplazmatik membranalarini buzadi. Aerob grammanfiy mikroorganizmlar – Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella spp., Serratia spp., Providencia spp., Enterobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp.; ba’zi grammusbat mikroorganizmlarga – Staphylococcus spp. (shu jumladan penitsillinga, ba’zi tefalosporinlarga chidamli) nisbatan yuqori faol; Streptococcus spp. ga nisbatan o‘rtacha faol. Benzilpenitsillin bilan bir vaqtda buyurilganida Enterococcus faecalis ning shtammlariga nisbatan sinergik ta’sir ko‘rsatadi. Anaerob mikroorganizmlarga ta’sir qilmaydi. Amikatsin boshqa aminoglikozidlarni faolsizlantiradigan fermentlarning ta’siri ostida faolligini yo‘qotmaydi va tobramitsin, gentamitsin va netilmitsinga chidamli Pseudomonas aeruginosa ning shtammlariga nisbatan faolligi saqlanib qolishi mumkin.

Mushak ichiga (m/i) yuborilganidan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi. 7,5 mg/ml dozada mushak ichiga yuborilganida maksimal kontentratsiyasi (Cmax) – 21 mkg/ml, 7,5 mg/ml dozada vena ichiga infuziya qilingandan 30 minutdan keyin – 38 mkg/ml. Maksimal kontentratsiyaga erishish vaqti (Tcmax) – m/i yuborilganidan so‘ng taxminan 1,5 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 4-11%. Hujayradan tashqari suyuqliklarda (abstesslarning ichidagisi, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik, astit, perikardial, sinovial, limfatik va peritoneal suyuqlik) yaxshi taqsimlanadi. Yuqori kontentratsiyalarda siydikda aniqlanadi; past kontentratsiyalarda – safro, ko‘krak suti, ko‘z suyuqligi, bronxial sekreti, balg‘am va orqa miya suyuqligida (OMS) da aniqlanadi. Organizmning barcha to‘qimalariga yaxshi o‘tadi, u yerda hujayra ichida to‘planadi; qon bilan yaxshi ta’minlangan a’zolarda: o‘pkalar, jigar, miokard, taloq va ayniqsa buyraklarda yuqori kontentratsiyalarda aniqlanadi, u yerda po‘stloq moddasida to‘planadi, kamroq kontentratsiyalarda – mushaklar, yog‘ to‘qimasi va suyaklarda aniqlanadi. Kattalarga o‘rtacha terapevtik dozalarda (normada) buyurilganida amikatsin gematoentefalik to‘siq (GET) orqali o‘tmaydi, bosh miya pardalari yallig‘langanida o‘tkazuvchanligi biroz oshadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning OMS dagi kontentratsiyasi kattalarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi – homilaning qonida va amniotik suyuqlikda aniqlanadi. Kattalarda taqsimlanish hajmi – 0,26 l/kg, bolalarda – 0,2-0,4 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan kam bo‘lganda – 0,68 l/kg gacha, 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan ortiq bo‘lganda – 0,58 l/kg gacha, mukovistidozi bo‘lgan bemorlarda – 0,3-0,39 l/kg. V/i yoki m/i yuborilganida o‘rtacha terapevtik kontentratsiyasi 10-12 soat davomida saqlanadi. Metabolizmga uchramaydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) kattalarda – 2-4 soat, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 5-8 soat, kattaroq yoshli bolalarda – 2,5-4 soat. T1/2 ni yakuniy kattaligi – 100 soatdan ortiq (hujayra ichidagi zahiralardan ajralib chiqishi). Buyraklar orqali kalava filtratsiyasi yo‘li bilan (65-94%) asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak klirensi – 79-100 ml/min. Kattalarda buyraklar faoliyati buzilganida T1/2 buzilish darajasiga qarab – 100 soatgacha, mukovistidozi bo‘lgan bemorlarda – 1-2 soatgacha tebranadi, kuygan va gipertermiyasi bo‘lgan bemorlarda T1/2 klirensi yuqoriligi tufayli, o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda qisqaroq bo‘lishi mumkin. Gemodializda (4-6 soat davomida 50%) chiqariladi, peritoneal dializning samarasi kamroq (48-72 soat davomida 25%).

Grammanfiy mikroorganizmlar (gentamitsin, sizomitsin va kanamitsinga chidamli) yoki grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarni assotsiatsiyasi chiqargan infektion-yallig‘lanish kasalliklari: nafas yo‘llarining infektiyalari (bronxit, pnevmoniya, plevra empiyemasi, o‘pka abstessi), sepsis, septik endokardit, markaziy nerv tizimining (MNT) infektiyalari (shu jumladan meningit), qorin bo‘shlig‘ining infektiyalari (shu jumladan, peritonit), siydik jinsiy yo‘llarining infektiyalari (piyelonefrit, tistit, uretrit), teri va yumshoq to‘qimalarning yiringli infektiyalari (shu jumladan, infektiyalangan kuyishlar, infektiyalangan yaralar va turli genezli yotoq yaralar), o‘t-safro yo‘llari, suyaklar va bo‘g‘imlarning infektiyalari (shu jumladan osteomiyelit), jarohat infektiyalari, operatsiyadan keyingi infektiyalarda qo‘llanadi.

M/i, v/i (oqim bilan, 2 minut davomida yoki tomchilab), kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga – 5 mg/kg dan har 8 soatda yoki 7,5 mg/kg dan har 12 soatda; siydik yo‘llarining (asoratlanmagan) bakterial infektiyalarida – 250 mg dan har 12 soatda; gemodializ seansini o‘tkazgandan so‘ng qo‘shimcha doza – 3-5 mg/kg buyurilishi mumkin. Kattalar uchun maksimal doza – sutkada 15 mg/kg, ammo sutkada 1,5 g dan ko‘p emas 10 kun davomida yuboriladi. Davolash davomiyligi v/i yuborilganida – 3-7 kun, m/i yuborilganida – 7-10 kun. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga boshlang‘ich doza – 10 mg/kg, so‘ngra 7,5 mg/kg dan har 18-24 soatda; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga boshlang‘ich doza – 10 mg/kg, so‘ngra 7,5 mg/kg dan har 12 soatda 7-10 kun davomida yuboriladi. Kuygan bemorlarda T1/2 qisqaroq (1-1,5 soat) bo‘lganligi sababli, bu bemorlarga har 4-6 soatda 5-7,5 mg/kg doza talab qilinishi mumkin. M/i yuborish uchun 250 mg yoki 500 mg flakonning ichidagisiga 2-3 ml inyektiya uchun suv qo‘shib tayyorlangan eritma ishlatiladi. Amikatsin vena ichiga 30-60 minut davomida tomchilab, zarurati bo‘lganida – oqim bilan yuboriladi. V/i (oqim bilan) yuborish uchun 250 mg yoki 500 mg flakonning ichidagisiga 2-3 ml inyektiya uchun suv yoki 0,9% natriy xloridining eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasi qo‘shib tayyorlangan eritma ishlatiladi. V/i (tomchilab) yuborish uchun flakonning ichidagisi 200 ml 5% dekstroza eritmasi yoki 0,9% natriy xloridi eritmasida eritiladi. V/i yuborish uchun eritmadagi amikatsinning kontentratsiyasi 5 mg/ml dan oshmasligi kerak. Buyraklarning ajratib chiqarish faoliyatini buzilishi bo‘lganida dozasini kamaytirish yoki yuborishlar oralig‘ini uzaytirish lozim. Yuborishlar oralig‘i uzaytirilgan holda (agar kreatinin klirensining darajasi noma’lum, patsiyentning holati turg‘un bo‘lsa) preparatni qabul qilishlar orasidagi interval quyidagicha aniqlanadi: Interval (soatlar) = qon zardobidagi kreatininni kontentratsiyasi × 9. Agar zardobdagi kreatininning kontentratsiyasi 2 mg/100 ml bo‘lsa, u holda tavsiya qilingan bir martalik dozani (7,5 mg/kg) har 18 soatda yuborish kerak. Interval uzaytirilganida bir martalik doza o‘zgarmaydi. Dozalash tartibi o‘zgarmaganda bir martalik doza kamaygan holda Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun birinchi doza 7,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Navbatdagi dozalarni hisoblash uchun bemorlarning kreatinin klirensini (ml/min) normadagi kreatinin klirensga bo‘linadi, so‘ngra chiqqan raqam birinchi dozaning kattaligiga (mg) ko‘paytiriladi, ya’ni: Har 12 soatda bemorda aniqlangan kreatinin yuboriladigan = __klirensi (ml/min)___________ × birinchi doza (mg) navbatdagi doza (mg) normadagi kreatinin klirensi (ml/min)

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, jigar faoliyatini buzilishi (“jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya); Qon yaratish a’zolari tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya; Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, neyrotoksik ta’siri (mushaklarni tortilishi, uvishish hissi, sanchilish, tutqanoq hurujlari), nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishi (nafasni to‘xtashi); Sezgi a’zolari tomonidan: ototoksiklik (eshitishni pasayishi, vestibulyar va labirint buzilishlar, qaytmas karlik), vestibulyar apparatga toksik ta’siri (harakatlar diskoordinatsiyasi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish); Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik – buyrak faoliyatini buzilishi (oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya); Allergik reaktiyalar: teri toshmasi, qichishish, terini qizarishi, isitma, Kvinke shishi; Mahalliy: inyektiya qilingan joyda og‘riq, dermatit, flebit va periflebit (vena ichiga yuborilganida).

O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, anamnezdagi boshqa aminoglikozidlarga), eshitish nervining nevriti, azotemiyali va uremiyali og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan – miasteniya, parkinsonizm, botulizm (aminoglikozidlar nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishini chaqirishi mumkin, bu skelet mushaklarini yanada kuchsizlanishiga olib keladi), degidratatsiya, buyrak yetishmovchiligi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri, chala tug‘ilgan chaqaloqlar, keksalik yoshi, laktatsiya davri.

Penitsillinlar, geparin, tefalosporinlar, kapreomitsin, amfoteritsin V, gidroxlortiazid, eritromitsin, nitrofurantoin, V guruhi vitaminlari va S vitamini, kaliy xlorid bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib. Karbenitsilin, benzilpenitsillin, tefalosporinlar bilan o‘zaro ta’sirlashganida sinergizm namoyon qiladi (og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda beta-laktam antibiotiklar bilan birga qo‘llanganida aminoglikozidlarning samaradorligi pasayishi mumkin). Nalidiks kislotasi, polimiksin V, tisplatin va vankomitsin oto- va nefrotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradilar. Diuretiklar (ayniqsa, furosemid), tefalosporinlar, penitsillinlar, sulfanilamidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar nefronlarning naychalarida faol sekretsiya uchun raqobatlashib, aminoglikozidlarning eliminatsiyasini bloklaydilar, qon zardobida ularning kontentratsiyalarini oshirib, nefro- va neyrotoksiklikni kuchaytiradilar. Kuraresimon preparatlarning miorelaksatsiyalovchi ta’sirini kuchaytiradi. Metoksifluran, parenteral yuborish uchun polimiksinlar, kapreomitsin va nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi boshqa dori vositalar (galogenlangan karbonvodorodlar ingalyatsion anesteziyada qo‘o‘lash uchun preparatlar sifatida, opioid analgetiklar), titrat konservantli qonning katta miqdorini vena ichiga quyish nafasni to‘xtab qolish xavfini oshiradilar. Indometatsinni parenteral yuborish aminoglikozidlarning toksik ta’sirini rivojlanishi xavfini oshiradi (yarim chiqarilish davrini oshishi va klirensini pasayishi). Antimiastenik dori vositalarning samarasini pasaytiradi.

Qo‘llashdan oldin 30 mkg amikatsin saqlovchi disklar yordamida ajratib olingan qo‘zg‘atuvchilarning sezuvchanligi aniqlanadi. Mikroorganizmlar o‘smagan maydonning diametri 17 mm va undan ortiq bo‘lganida mikroorganizm sezuvchan, 15 mm dan 16 mm gacha – o‘rtacha sezuvchan, 14 mm dan kam – chidamli hisoblanadi. Plazmada amikatsinning kontentratsiyasi 25 mkg/ml dan oshmasligi kerak (15-25 mkg/ml kontentratsiya terapevtik hisoblanadi). Davolash davrida haftada kamida 1 marta buyraklar faoliyati, eshitish nervi va vestibulyar apparatni nazorat qilish kerak. Nefrotoksiklikni rivojlanish ehtimoli buyraklar faoliyati buzilgan, shuningdek katta dozalarda yoki uzoq vaqt davomida buyurilganida yuqoriroq bo‘ladi (bemorlarning bu toifasida buyraklar faoliyatini har kuni nazorat qilish talab qilinishi mumkin). Audiometrik sinamalar qoniqarsiz bo‘lganida preparatning dozasi pasaytiriladi yoki davolash to‘xtatiladi. Siydik chiqarish yo‘llarining infektion-yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga katta miqdorda suyuqlik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Klinik dinamika ijobiy bo‘lmaganida chidamli mikroorganizmlarni rivojlanishi mumkinligini yodda tutish kerak. Bunday hollarda davolashni bekor qilish va tegishli davolashni boshlash kerak. Hayotiy ko‘rsatmalarga qarab preparatni emizikli ayollarda qo‘llash mumkin (aminoglikozidlar katta bo‘lmagan miqdorlarda ko‘krak sutiga o‘tadilar, biroq ular me’da-ichak yo‘llaridan sekin so‘riladilar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar qayd etilmagan). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Simptomlari: toksik reaktiyalar (eshitishni yo‘qolishi, ataksiya, bosh aylanishi, siyishni buzilishi, chanqoqlik, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi yoki bitib qolishi hissi, nafasni buzilishi). Davolash: nerv-mushak o‘tkazuvchanligini blokadasi va uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun – gemodializ yoki peritoneal dializ; antixolinesteraz vositalar, kaltiy (Sa2+) tuzlari, o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiyasi, boshqa simptomatik va tutib turuvchi davolash.

Retsept bo‘yicha

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg. 500 mg amikatsin 10 ml sig‘imli flakonlarda. 50 flakon 5 dona rus va o‘zbek (davlat) tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga statsionarlarga yetkazib berish uchun karton qutiga joylangan.

2 yil.