Glimepiridni bevosita ovqatlanishdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
Ovqat qabul qilish nomuntazam vaqt oralig‘ida bo‘lsa yoki ovqat qabul qilish umuman o‘tkazib yuborilsa, glimepirid qabul qiluvchi patsiyentda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.
Gipoglikemiyaning kuzatilishi mumkin bo‘lgan belgilari: bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, toliqish hissi, uyquchanlik, uyquni buzilishi, bezovtalik, tajovuzkorlik, diqqat va reaktsiyani buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutq va ko‘rishni buzilishi, afaziya, tremor, parez, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, yordamga muhtojlik hissi, o‘zini nazorat qilish hissini yo‘qolishi, deliriy, tserebral tirishish, ongni chalkashishi va yo‘qolishi, komatoz holat, yuza nafas olish, bradikardiya.
Bundan tashqari, orqaga yo‘nalgan bog‘liklik turidagi adrenergik mexanizm natijasida muzdek, yopishqoq ter ajralishi, bezovtalik, taxikardiya, arterial gipertenziya, yurak urishini tezlashishi, stenokardiya va yurak ritmini buzilishi kabi simptomlar yuz berishi mumkin.
Kuchli gipoglikemiyaning klinik manzarasi insultning klinik manzarasini eslatishi mumkin.
Deyarli barcha holatlarda simptomlar uglevodlar (qand) ni darhol qabul qilish bilan tezkor nazorat qilinishi mumkin.
Sun’iy qand o‘rnini bosuvchi vositalar bunday holatda samarasizdir.
Sulfonilmochevinaning boshqa hosilalari qo‘llash tajribasidan ma’lumki, davolash boshida qarshi choralarni muvaffaqiyatli qo‘llanishiga qaramay, keyinchalik gipoglikemiya takroran namoyon bo‘lishi mumkin.
Qandning odatdagi miqdorini qabul qilish bilan vaqtincha nazorat qilinadigan kuchli yoki uzoq davom etuvchi gipoglikemiya darhol tibbiy yordam yoki gospitalizatsiyani talab etadi.
Gipoglikemiyaning rivojlanishga yordam beruvchi omillarga quyidagilar kiradi: patsiyentlarning shifokor bilan hamkorlik qilishga hoxishini yo‘qligi (ayniqsa keksa yoshda) yoki yetarli emasligi, to‘liq bo‘lmagan, nomuntazam ovqatlanish, ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish, ochlik;odatdagi parhezni o‘zgarishi,jismoniy yuklama va uglevodlar iste’mol qilish orasidagi disbalans,alkogolni, ayniqsa ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborilganda iste’mol qilish,buyrak faoliyatini buzilishi, jigar faoliyatini og‘ir buzilishi,glimepiridning dozasini oshirib yuborilishi,endokrin tizimining uglevod almashinuviga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki qarshi turdagi bog‘lanish gipoglikemiyasi (masalan, qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi, gipofizar yetishmovchiligi yoki buyrak usti po‘stlog‘i bezlarining yetishmovchiligi) ba’zi kompensatsiyalanmagan kasalliklarida boshqa dori vositalarini qabul qilish (Dorilarning o‘zaro ta’siri bo‘limiga qarang).
Glimepirid bilan davolash glyukozaning qon va siydikdagi kontsentratsiyasi muntazam monitoringini talab etadi.
Shuningdek, glikozillangan gemoglobin miqdorini aniqlash tavsiya etiladi.
Shuningdek glimepirid bilan davolashda jigar faoliyatini muntazam tekshirish va qon elementlari (asosan leykotsitlar va trombotsitlar) sonini hisoblash zarur.
Stress vaziyatlarda (masalan, baxtsiz xodisalar, jarrohlik operatsiyalari, isitma bilan birga keluvchi infektsion kasalliklar va b.) vaqtincha insulinga o‘tish buyurilishi mumkin.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki gemodializ o‘tkaziladigan patsiyentlarda glimepiridni qo‘llash tajribasi mavjud emas.
Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga insulinga o‘tish buyurilgan.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda sulfonilmochevina hosilalarini qo‘llash gemolitik anemiyaga olib kelishi mumkin.
Glimepirid sulfonilmochevina hosilalari sinfiga kirishi sababli glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
Bundan tashqari, sulfonilmochevina hosilari saqlamagan muqobil dori vositalari bilan davolash variantini ko‘rib chiqish kerak.
Amaril laktoza monogidrati saqlaydi, shuning uchun laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-laktoza so‘rilishi buzilgan patsiyentlarda uni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Glimepiridni homilador ayollarda qo‘lash mumkin emas.
Homiladorlik rejalashtirilayogan bo‘lsa yoki homiladorlik boshlanganida ayollarni insulin bilan davolashga o‘tkazish zarur.
Glimepiridni insonlarda ko‘krak suti bilan ajralib chiqarilishi noma’lum.
Kalamushlarda glimepirid ko‘krak suti bilan ajralib chiqariladi.
Sulfonilmochevining boshqa hosilalari insonda ko‘krak suti bilan chiqarilganligi tufayli va emizikli go‘daklarda gipoglikemiya rivojlanish xavfi mavjudligi sababli, glimepiridni emizikli davrdagi ayollarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Bolalar va o‘smirlar 8 yoshdan kichik patsiyentlarda glimepiridni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.
8 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda glimepiridni monoterapiyada qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma’lumotlar mavjud.
(5.1.
va 5.2.
bo‘limlarga qarang).
Mavjud bo‘lgan ma’lumotlar glimepiridning samaradorligi va bezararligi bo‘yicha yetarli emasligi sababli, pediatriyada bunday qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport va mexanizmlar boshqarishga ta’siri Glimepiridni avtotransport va mexanizmlar boshqarishga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Patsiyentning diqqatni jamlash reaktsiyasi gipoglikemiya yoki giperglikemiya rivojlanishi yoki masalan, ko‘rish qobiliyatini buzilishi natijasida kamayishi mumkin.
Ushbu ta’sirlar bunday ko‘rinishlar asosan zarur bo‘lganda (masalan, avtomobil boshqarish yoki texnika) holatlarda xavf tug‘dirishi mumkin.
Patsiyentlarni avtomobil xaydash vaqtida gipoglikemiya yuzaga kelishini oldini oluvchi choralar zarurati to‘g‘risida xabardor qilish lozim.
Asosan, gipoglikemiya epizodlari ko‘p takrorlanuvchi patsiyentlar, shuningdek gipoglikemiyaning boshlang‘ich belgilari to‘g‘risida mutqalo ma’lumotga ega bo‘lmagan yoki kam ma’lumotga ega bo‘lgan patsiyentlar uchun o‘ta zarurdir.
Bunday hollarda avtotransport xaydash yoki texnika boshqarish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish zarur.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.