Aloe ekstrakt jidkiyretsept bilan

Preparatning savdo nomi:

Aloe ekstrakt jidkiy

Farmakalogik guruhi:

biogen stimulyator.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

och-sariqdan jigarrang-sariq rangli, kuchsiz meva hidli, rN 4,8-6,8 bo‘lgan suyuqlik.

biogen stimulyator.

A16AX10

Ma’lumotlar yo‘q.

Ayollar jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari, yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, shuningdek qator ko‘z kasalliklarini kompleks davolashda qo‘llanadi.

Cho‘kma mavjud bo‘lganida ampulani ochishdan oldin bir xil suyuqlik hosil bo‘lguncha silkitish kerak! Suyuq aloe ekstrakti kattalarga har kuni 1 ml dan teri ostiga yuboriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 ml ni tashkil qiladi. Davolash kursi – 30-50 inyektsiya. Inyektsiyalar og‘riqli bo‘lganida dastlab 0,5 ml 2% prokain eritmasi yuboriladi. Takroriy davolash kurslarini 2-3 oylik tanaffusdan keyin amalga oshiriladi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, gipertenziya, gipertermiya, diareya, inyektsiya joyida og‘riq. Aloeni uzoq muddat qo‘llashda organizmda kaliyning miqdori oshishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; og‘ir darajali yurak-qon tomir kasalliklari, gipertenziya, me’da-ichak yo‘llarining o‘tkir kasalliklari, jigar faoliyatini buzilishi, diffuz glomerulonefrit, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Aloe va tiazid diuretiklar, halqali diuretiklar, qizilmiya preparatlari, kortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llaganda kaliy tanqisligi rivojlanishi xavfi ortadi. Aloe surgi vositalari, shuningdek qon yaratilishini rag‘batlantiruvchi preparatlarning ta’sirini potentsiyalaydi.

Eritmada quyqa mavjud bo‘lishi mumkin, u saqlanganda cho‘kmaga tushishi mumkin. Ampula silkitilganida cho‘kma bir tekis quyqaga aylanadi.

Qorong‘i joyda saqlansin.

Ma’lumotlar yo‘q.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Inyektsiya uchun suyuqlik 1 ml dan ampulalarda; karton o‘ramda 10 ampuladan. 1 ml eritma neytral shisha ampulalarda. 10 ampuladan karton o‘ramda. Har bir qutida ampula skarifikatori va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi mavjud.

3 yil.