Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Preparatning savdo nomi:
Almagel
Farmakalogik guruhi:
Me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antatsid).
Dori shakli:
Ichga qabul qilish uchun suspenziya.
Me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antatsid).
Me’da shirasining oshgan yoki me’yoriy kislotaligi va ichakda ko‘p gaz hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi ovqat-hazm qilish yo‘llarining kasalliklari.
Preparatni quyidagilarda mustaqil yoki majmuada qo‘llash mumkin: gastrit va duodenit;me’da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalari;me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasi;medikamentoz gastrit va duodenit;gastroezofageal reflyuks;duodenogastral reflyuks;yarali bo‘lmagan dispepsiya va meteorizm;ko‘p gaz hosil bo‘lishi natijasidagi diskomfortda qo‘llash mumkin.
Dori vositasi ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga: Reflyuks-ezofagit bo‘lganida – 2-4 o‘lchov qoshiqdan sutkada 4 marta, ovqat qabul qilgandan 1 soat keyin va kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi.
Kutilgan samaraga erishilganidan keyin 2 choy qoshiqdan sutkada 4 marta qabul qilishga o‘tiladi.
Gastrit va duodenitni, me’da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalarini, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini, medikamentoz gastritni va gastroezofageal va duodenogastral reflyuksni, yarali bo‘lmagan dispepsiya va gazli diskomfortni davolash uchun – 2 o‘lchov qoshiqdan sutkada 4 marta, ovqat qabul qilinganidan 1 soatdan keyin va kechqurun uyqu oldidan buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza 12 o‘lchov qoshiqdan oshmasligi kerak.
Maksimal sutkalik dozani 4 haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida qabul qilish kerak.
Almagelni suyultirilmagan ko‘rinishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
U qabul qilinganidan keyin yarim soat davomida suyuqliklarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llashdan oldin suspenziyani yaxshilab chayqatish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda alyuminiy va/yoki magniy intoksikatsiyasi rivojlanishi mumkin.
Kam hollarda diareya bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalarning ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.
Magniy va alyuminiyga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (buyraklardan chiqarilishini kamayishi oqibatidagi qon zardobida magniy va alyuminiyning kontsentratsiyasini oshish xavfi).
Almagelni qo‘llashni boshlashdan oldin xavfli jarayonni bo‘lishini istisno qilish lozim.
Preparatni buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Altsgeymer kasalligida preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki alyuminiyni miya to‘qimasining nerv tolalarida to‘planishi va asoratlarga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida fikrlar mavjud.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash vaqtida klinik belgilarini yaraning o‘lchamlarini, diareyani paydo bo‘lishini, alyuminiy va magniyning zardobdagi darajasini dinamikada nazorat qilish kerak.
Preparatni uzoq muddat qabul qilishda organizmga fosforni yetarli miqdorda tushishni ta’minlash kerak, chunki alyuminiy gidrooksidi fosfatlar bilan bog‘lanadi va ularning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradi.
Bundan tashqari, kaltsiyning siydik bilan chiqarilishi oshadi, bu kaltsiy-fosfat muvozanatini buzilishi va osteomalyatsiya rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi mumkin (belgilari – holsizlik va suyaklardagi og‘riqlarga shikoyatlar).
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanilishi: Almagel homilador ayollarga preparatda etil spirti saqlanishi (bir dozada 0,113 g) tufayli, zarar keltirishi mumkin.
Almagelni homilador va emizikli ayollarda nazoratli klinik tekshirishlarini yo‘qligi tufayli, faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak.
Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga ta’siri: Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga salbiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Almagelning qisman so‘rilishga qaramay, yuqori dozalarini davomli qo‘llash gipermagnemiyaning rivojlanishga olib kelishi mumkin (magniyning qondagi darajasini oshishi), bu tez toliqish, yuzni qizarishi, ozib ketish, mushakni zaifligi va hulqni noadekvatligi bilan xarakterlanadi.
Shuningdek metabolik alkalozning belgilari: kayfiyatni yoki aqliy faollikni o‘zgarishi, mushaklarning uvishishi yoki og‘riq, asabiylik va tez toliqish, nafasni sekinlashishi, noxush ta’mni his qilish kuzatilishi mumkin.
Dorini tez chiqarish bo‘yicha choralarni darhol ko‘rish kerak – me’dani yuvish, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak.
Retseptsiz
Ichga qabul qilish uchun suspenziya 50 ml, 100 ml, 170 ml, 200 ml dan flakonlarda.