Alltrombosepinretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: alltrombosepin – 100 mg; yordamchi moddalar: aerosil – 15 mg; kraxmal – 33,5 mg; kaltsiy stearati – 1,5 mg.

Preparatning savdo nomi:

Alltrombosepin

Farmakalogik guruhi:

Antiagregant vosita.

Dori shakli:

kapsula

kulrang-sarig‘dan och sariq ranggacha bo‘lgan kukun bilan to‘ldirilgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli va ta’mli №2 o‘lchamli, to‘q sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Antiagregant vosita.

V01AX.

surunkali koronar yetishmovchiligini davolash;tromboz va emboliyalarni, shu jumladan miokard infarktini va bosh miyani insultini oldini olish;trombotsitlar agregatsiyasi yuqori xavfi bo‘lgan kasalliklarni oldini olish;nostabil zo‘ruquvchi stenokardiya, miokard infarkti, yurak va qon tomirlar operatsiyadan keyingi davrda antikoagulyantlar (geparin) bilan qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llaniladi.

Alltrombosepin  kattalarga – 100 mg dan sutkada 1 marta ovqat qabul qilgandan so‘ng buyuriladi, ichga suv bilan qabul qilinadi.

o‘tkir qon ketishi (peptik yara va b.);preparatga, preparatning koponentlariga yuqori sezuvchanlik;gemofiliyada qo‘llash mumkin emas .

Agar Alltrombosepinni bir vaqtda boshqa antiagregantlar, trombolitiklar yoki antikoagulyantlar hamda trombotsitopeniyani rivojlanishi mumkin bo‘lgan vositalar bilan bir vaqtda qo‘llansa, qon ketishning rivojlanishini xavfi oshadi.

Alltrombosepinni jarohatlar, operativ aralashuvlar va patologik holatlar tufayli qon ketishni paydo bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Quruq, salqin, quyosh nurlaridan himoyalangan joyda 25ºS dan past haroratda saqlansin.

100 mg li kapsulalar blister o‘ramida 30 donadan chiqariladi. Blisterlar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.

3 yil.