Alledroks

Tarkibi:

Har 10 ml gel quyidagidalarni saqlaydi: faol moddalar: alyuminiy gidroksidining quritilgan geli 830,0 mg, magniy gidroksidi 180,0 mg, faollashtirilgan dimetikon 50,0 mg yordamchi moddalar: metilparaben natriy, propilparaben natriy, natriy benzoati, aerosil, natriy saxarini, sorbitol 70%, mentol, ksantan gam, eritrozin bo‘yovchisi, qalampir yalpiz ta’m qo‘shimchasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

alyuminiy gidroksidining quritilgan geli+magniy gidroksidi+faollashtirilgan dimetikon

Preparatning savdo nomi:

Alledroks

Farmakalogik guruhi:

me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi vosita (antatsid).

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun meva ta’miga ega gel

pushti rangli gel

me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi vosita (antatsid).

A02AX.

Alyuminiy gidroksidi Ichga qabul qilingandan keyin alyuminiyning faqat oz miqdori so‘riladi. Alyuminiy so‘rilgandan keyin suyaklar, o‘pkalar va nerv tizimi to‘qimalarida to‘planadi. Magniy gidroksidi Me’da shirasi ta’siri ostida magniy xloridiga aylanadi, shu ko‘rinishda so‘riladi. Magniy gidroksidining biokiraolishligi 10% dan ko‘proqni tashkil qiladi. Chiqarilishning asosiy yo‘li buyraklar orqalidir. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganda magniy organizmda to‘planishi mumkin. Dimetikon Minimal darajada so‘riladi, preparat me’da-ichak yo‘llari bo‘shlig‘ida ta’sir ko‘rsatadi. Dimetikon peroral yuborilgandan keyin me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi. Kimyoviy jihatdan inertligi tufayli me’da-ichak yo‘llaridagi mikroorganizmlar va fermentlarga ta’sir qilmaydi. Ovqatni so‘rilishini kamaytirmaydi, me’da shirasining reaktsiyasi va xajmini o‘zgartirmaydi. O‘zgarmagan ko‘rinishda to‘g‘ri ichak orqali chiqariladi.

– gastrit va me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligidagi og‘riq; – refleyuks-ezofagit; – diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi; – ayrim dori vositalarini (glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) qo‘llash oqibatida yuzaga keluvchi dispeptik ko‘rinishlar (va ularni oldini olish); – parhezdagi yo‘l qo‘yilgan hatoliklar, kofe, nikotin, alkogolni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish oqibatida yuzaga keluvchi epigastriydagi diskomfort va og‘riq, jig‘ildon qaynashi, kislotali kekirish; – meteorizmda qo‘llaniladi.

Alledroksni ovqatdan 1-1,5 soatdan keyin yoki og‘riqlar paydo bo‘lganda qabul qilish kerak. Kattalarga 2 choy qoshiq (10 ml) dan kun davomida 3 marta va kechqurun buyuriladi. 4 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ choy qoshiqdan sutkada 3 marta, 1 yoshdan oshgan bolalarga 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta buyuriladi. Qo‘llashdan oldin flakonni chayqatish kerak. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar uchun tavsiya etilgan dozaning yarmini tashkil etuvchi dozada buyurish tavsiya etiladi.

– ko‘ngil aynishi, me’dada spazmlar, ta’m bilishni o‘zgarishi; – me’da-ichakdan o‘tkir qon ketishi, ichak perforatsiyasi; – gipermagniyemiya, gipofosfatemiya, gipokaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, osteomalyatsiya, osteoporoz, giperalyuminiyemiya; – allergik reaktsiyalar; – nefrokaltsinoz, buyrak faoliyatini buzilishi. Yondosh buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda – chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, giporefleksiya.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi, natriyni ichte’mol qilinishi nazorat qilish kerak bo‘lgan, masalan dimlangan yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, jigar tsirrozi bo‘lgan patsiyentlarda gipofosfatemiyada qo‘llash mumkin emas. Metabolik yoki respirator alkaloz, gipokaltsiyemiya yoki gipoxloremiyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Altsgeymer kasalligi. Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri kuzatilishi mumkinligi tufayli Alledroksni indometatsin, salitsilatlar, gistamin N2-retseptorlari blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, aminazin, diflunizal, izoniazid, fenitoin, tetratsiklin qatori antibiotiklari, fosfat saqlovchi preparatlarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Alledroksni homiladorlikda ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparatni ko‘krak suti bilan ajralishi haqidagi ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Simptomlari: nerv-mushak blokadasini avj olishi va chuqur pay reflkslarini yo‘qolishi bilan kechuvchi gipermagniyemiya rivojlanishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik va tutib turuvchi davolash ko‘rsatilgan.

Retseptsiz

200 ml dan gel flakonlarda.

3 yil.