Allapininretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: allapinin – 25 mg. yordamchi moddalar: qand, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

allapinin

Preparatning savdo nomi:

Allapinin

Farmakalogik guruhi:

Aritmiyaga qarshi vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli tabletkalar.

Aritmiyaga qarshi vositalar.

S01VG

Qorinchalar ustki va qorinchalar ekstrasistoliyasi, bo‘lmachalarning, lipillashi va titrashi, paroksizmlari, paroksizmal qorinchalar usti (shu jumladan Volf-Parkinson-Uayt (WPW) sindromida) va qorinchalar taxikardiyasi (yurakning organik shikastlanishlar bo‘lmaganida), shuningdek miokard infarkti fonidagi aritmiyalarda qo‘llaniladi.

Tabletkalar ichga, ovqatdan 30 minut oldin iliq suv bilan birga qabul qilinadi. Boshlang‘ich doza 0,025 g (1 tabletka) har 8 soatda. Samara bo‘lmaganida qabullar soni sutkada 4 martagacha (har 6 soatda qabul qilinadi) oshiriladi. Dozani qabulga 0,05 g gacha (2 tabletka har 6-8 soatda) oshirish mumkin. Davolashning davomiyligi bemorning holatiga va ritmni buzilish xarakteriga bog‘liq va u bir necha oygacha cho‘zilishi mumkin. Yuqori dozalari: bir martalik – 0,15 g, sutkalik – 0,3 g.

ΙΙ va yuqoriroq darajadagi atrioventrikulyar blokada, og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi, homilladorlik va laktatsiya davri, bolalik yoshi. Ehtiyotkarlik bilan: I darajali atrioventrikulyar blokadani qorinchalar ichki o‘tkazilishni buzilishlari, sinus tugunini zaifligi sindromi, hamda qon aylanishini og‘ir yetishmovchiligida.

Beta-blokatorlar bilan majmuasi preparatni aritmiyaga qarshi ta’sirini kuchayshiga olib keladi va ular chaqirgan sinusli taxikardiyani bartaraf qiladi. Allapinin digoksinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini o‘zgartirmaydi, ammo digoksin allapininning kontsentratsiyasini oshiradi, bu bunday majmuada uning dozalarini to‘g‘irlashni talab qiladi. Preparatni qabul qilish fonida o‘tkazilayotgan geksenal narkozi (elektroimpulsli davolash), o‘zgarishlarsiz o‘tadi. Allapininni amiodaron, kamroq xinidin bilan qorinchalarni taxikardiyasi va lipillovchi aritmiyaning rezistent shakllarini davolashda majmuasida ishlatish mumkin. Preparatning boshka turli guruh dori preparatlari bilan majmuada qo‘llashdan bo‘lgan nojuya reaktsiyalari to‘g‘risida xabarlar yo‘q.

Preparat bilan davolashni sinchkov shifokor nazorati ostida yaxshisi statsionar sharoitida, muntazam EKG-nazoratini amalga oshirib, boshlash maqqulroq. Preparatni homilador ayollarga buyurishni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha o‘tkazish lozim. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ma’lumotlar yo‘q. Nojo‘ya ta’sirlarining kuchayishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

25 mg dan tabletkalar, 10 donadan kontur-uyasiz o‘ramda va kontur-uyali o‘ramda, 30 tabletkadan bankalarda.

3 yil.