Alflutopretsept bilan

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 0,1 ml biofaol kontsentrat, yordamchi moddalar: fenol (maks 0,005 g), inyektsiya uchun suv (1 ml gacha).

Preparatning savdo nomi:

Alflutop

Farmakalogik guruhi:

to‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

rangsiz yoki biroz jigarrangroq-sariq rangli, yoki biroz sarg‘ish rangli, tiniq suyuqlik.

to‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.

M09AX.

Alflutop kattalarda turli joylashgan birlamchi va ikkilamchi osteoartrozda (koksartrozda, gonartrozda, mayda bo‘g‘imlarning artrozida), osteoxondrozda va spondilezda qo‘llanadi.

Poliosteoartrozda va osteoxondrozda preparat mushak ichiga chuqur qilib kuniga 1 ml dan yuboriladi. Davolash kursi 20 inyektsiyani tashkil qiladi (kuniga 1 inyektsiyadan 20 kun davomida). Asosan yirik bo‘g‘imlarning shikastlanishida preparat bo‘g‘im ichiga 1-2 ml dan har bir bo‘g‘imga 3-4 kun oraliq bilan yuboriladi. Hammasi bo‘lib kurs uchun har bir bo‘g‘imga 5-6 inyektsiya. Bo‘g‘im ichiga va mushak ichiga yuborish usullarini birga qo‘llash mumkin. Davolash kursini 6 oy o‘tgach shifokorning maslahatidan keyin takrorlash maqsadga muvofiqdir.

Kam hollarda qichishuvchi dermatit, terini qizarishi va preparat yuborilgan joyda achishish hissi, qisqa muddatli mialgiyalar kuzatilishi mumkin. Alohida hollarda bo‘g‘im ichki inyektsiyalarida o‘tkinchi og‘riq sindromini kuchayishi mumkin. Juda kam hollarda anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davri. Bolalar.

Hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.

Dengiz mahsulotlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollarida (dengiz balig‘i) allergik reaktsiyalarni rivojlanish xavfi oshadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S haroratda.

Doza oshirib yuborilganida moyil patsiyentlarda allergik reaktsiyalar (ba’zida og‘ir) rivojlanishi mumkin.

Inyektsiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan oq sindirish halqali to‘q shisha 1 ml li ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Inyektsiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan oq sindirish halqali to‘q shisha 2 ml li ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.