Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: alfa-tokoferol atsetati – 0,4 g; yordamchi moddalar: kungabokar moyi (rafinatlangan, tozalangan).
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
alfa-tokoferol atsetati
Preparatning savdo nomi:
Alfarol
Farmakalogik guruhi:
Vitamin.
Dori shakli:
yumshoq kapsulalar
sharsimon va oval shakllioch-sariq rangdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan yumshoq jelatinlangan kapsulalar.
Kapsula tarkibi – och-sariqdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan moysimon suyuqlik.
Taxir hid kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vitamin.
A11NA03
Ichga qabul qilinganda 20% – 40% so‘riladi (me’da osti bezining normal faoliyati va o‘t-safroning ishtiroki zarur).
Dozasi oshirilganida so‘rilish darajasi pasayadi.
Qondagi optimal kontsentratsiyasi 10-15 mg/l.
Chiqarilishi asosan axlat bilan, 1% dan kamrog‘i siydik bilan glyukuronidlar va boshqa metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Gipovitaminoz va organizmda vitamin Ye ga yuqori ehtiyoj bo‘lganida (shu jumladan kichik yoshdagi bolalarda ovqat bilan vitamin Ye ni yetarli tushmasligi), mushak distrofiyasida, amiotrofik yon sklerozida, miasteniyalar, miopatiyalar, abetalipoproteinemiyalarda, astenik va nevrostenik sindromda, teri kasalliklarida (dermatozda, psoriazda, dermatomikozda), gastroektomiyalarda, surunkali xolestaz, jigar tsirrozida, o‘t yo‘llaring atreziyasi, obstruktiv sariqlik, kuchli charchoqda, parezda, erkaklar va ayollarda jinsiy bezlarning faoliyatini buzilishida, xayz ko‘rish tsiklining buzilishida, homiladorlikni to‘xtab qolish xavfida, klimaksda, laktatsiya davridagi kamqonliklarda (kolestiramin, kolestipol, mineral yog‘lar va temir tutuvchi to‘yinmagan yog‘ kislotalari qabul qilishda) qo‘llanadi.
Ichga, kapsulani chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan yutiladi.
– profilaktika maqsadida 0,2 g (1 kapsula) dan sutkada 1-2 marta yeki 0,4 g (1 kapsula) dan kunora.
– nerv-mushak tizimi kasalliklarida (miodistrofiya, amiotrofik yon skleroz, miasteniya, miopatiya) sutkada 0,2 g dan (1 kapsula) yeki 0,4 g (1 kapsula) dan kunora 1-2 oy davomida.
Takroriy kurslar 2-3 oydan keyin.
– xayz ko‘rish tsiklini buzilishlarida (gormonal davolash bilan birgalikda) 0,3-0,4 g dan kunora, 17-tsikldan boshlab 5 tsikl davomida, klimakterik vegetativ buzilishlarida 0,2 g dan (1 kapsula) sutkada 2 marta yeki 0,4 g (1 kapsula) dan sutkada bir marta.
o‘smirlar yoshidagi xayz ko‘rish tsiklini buzilishlarida gormonal davolashni boshlashdan oldin 0,2 g dan (1 kapsula) sutkada 1-2 marta yeki 0,4 g (1 kapsula) dan kunora birinchi 2-3 oy davomida.nevrasteniya, kuchli charchoqda 0,2 g dan (1 kapsula) xar kuni yeki 0,4 g dan (1 kapsula) kunora 30-60 davomida.xuruj davri bilan kechuvchi jigar kasalliklarida sutkada 0,3 g dan bir necha oy davomida.teri kasalliklarida (dermatoz, psoriaz, dermatomikoz) sutkada 0,2 g dan (1 kapsula) yeki 0,4 g (1 kapsula) 20-40 kun davomida.
Preparatni tavsiya etilgan dozada qo‘llanganida nohush ta’sirlari odatda kuzatilmaydi.
Moyilligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qabul qilinganida allergik reaktsiyalar, noaniq ko‘rish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, odatdagi bo‘lmagan charchoq, diareya, gastralgiya, asteniya, kreatinuriya, kreatinkinazaning faolligini oshishi, qon zardobida xolesterin miqdorini oshishi, tromboflebitlar, o‘pka tromboemboliyasi, tromboz paydo bo‘lishi mumkin.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘tkir miokard infarkti, bolalik yoshi.
Extiyotkorlik bilan – og‘ir kardiosklerozi bo‘lgan, miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda, tromboemboliyalar rivojlanishini yuqori xavfida; Ye vitamini 400 MЕ dan yuqori dozada qo‘llanganida K vitamini yetishmovchiligi chaqirgan gipoprotrombinemiya og‘irlashishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishiga qarshi preparatlar, yurak glikozidlarining samarasini kuchaytiradi.
Tutqanog‘i bor bemorlarda tutqanoqqa qarshi vositalarning samaradorligini oshiradi (ularning qonda lipidlarning perekisli oksidlanishi maxsulotlarining miqdori oshgan bo‘ladi).
Temir Ye vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyojni oshiradi.
Agarda dozasi sutkada 400 XB dan oshiq bo‘lsa, Ye vitamini antikoagulyantlar ta’sirini kuchaytiradi.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun, Ye vitaminini saqlovchi boshqa vitamin komplekslarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Ye vitaminini yuqori dozalarda qo‘llash, organizmda A vitaminini tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin.
Ye vitaminini sutkada 400 XB dan yuqori dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandion unumlari) bilan bir vaqtda qo‘llash, gipotrombinemiya va qon ketishini rivojlanish xavfini oshiradi.
Kalestiramin, kolestinol, mineral moylar preparatni so‘rilishini kamaytiradi.
Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida preparatni ko‘rsatmalar asosida, shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga Ye vitaminini har doimgidek buyurilganida, nekrotik enterokolitni rivojlanishini potentsial xavfi bilan foydani taqqoslash kerak.
Preparat transport vositalari va mashina qurilmalarini boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ye vitaminining yuqori dozalari (uzoq vaqt davomida sutkada 400-800 mg dan) ko‘rishning buzilishi, diareya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kuchli charchoqlik, xushdan ketish, pufakchali epidermolizda alopetsiya soxalarida oq sochlarni o‘sib chiqishini keltirib chiqarishi mumkin.
Juda yuqori dozalar (uzoq vaqt davomida 800 mg dan ortiq) K vitamini yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon ketishini chaqirishi mumkin; ular qalqonsimon bezi gormonlarining metabolizmini buzishi va sezuvchan bemorlarda tromboflebit va tromboemboliyalar xavfini oshirishi mumkin.
Davolash: simptomatik, preparatni bekor qilish.
Retseptsiz
Yumshoq kapsulalar №10, №20, №30, №40, №50 (kontur uyali o‘ramlarda), №30 (shisha yoki polimer flakonlarda).