Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: tsetirizin digidroxloridi – 10,0 mg; yordamchi moddalar: laktoza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, aerosil, talk.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
tsetirizin digidroxloridi
Preparatning savdo nomi:
Alergid
Farmakalogik guruhi:
antiallergik vosita.
Dori shakli:
tabletkalar
dumaloq shaklli, oq rangli, ikki tomoni qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
antiallergik vosita.
R06AE07
Ichga qabul qilinganidan keyin preparat ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi.
Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 1 soat oralig‘ida erishiladi.
Preparatning 93% qon plazmasi oqsillari bilan mustahkam bog‘lanadi.
Organizmning to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi, ko‘krak sutiga o‘tadi, lekin gematoentselik to‘siq orqali o‘tmaydi.
Preparatning ahamiyatsiz miqdori jigarda metabolizmga uchraydi, asosiy qismi o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri (T1/2) kattalarda 7-10 soatni, keksalarda esa 12 soatni tashkil qiladi.
Buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda T1/2 19 soatdan 21 soatgacha uzayishi mumkin.
Ichga, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ovqatdan so‘ng 10 mg dozada bir qabulda buyuriladi (kechqurun, uyqudan oldin avzalroq).
Kattalar uchun tavsiya qilinadigan sutkalik maksimal doza, ikki qabulda (eratalab va kechqurun) 20 mg.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar preparatning yarim dozasini qabul qilishlari kerak.
Buyraklarning faoliyati me’yorda bo‘lgan keksa bemorlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Preparatni shifokor tavsiyasisiz 7 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Preparat odatda juda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Uyquchanlik, juda kam hollarda og‘iz, burun, xalqum shilliq qavatining qurishi, yo‘tal, tomoqda og‘riq, dispeptik ko‘rinishlar: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning dam bo‘lish hissi, qabziyat yoki diareya, ishtahaning kuchayishi, charchoqlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, dezoriyentatsiya, diplopiya, asabiylik, bosh og‘rig‘i, terlash, siydikni tutilishi.
Juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: teri toshmalari, angionevrotik Kvinke shishi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, og‘ir nefropatiya, homiladorlik, emizish davri, preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Alkogol yoki markaziy nerv tizimining depressantlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning susaytiruvchi ta’siri sezilarli kuchayadi.
Davolanish vaqtida yuqori diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab qiladigan ishlarni (shu jumladan transport vositalarini haydash) bajarish, spirtli va sedativ (tinchlantiruvchi) vositalarni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroklilik muddati utgach ishlatmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: og‘iz qurishi, uyquchanlik, tormozlanish, holsizlik, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, siyishni qiyinlashishi , qabziyat, xavotirlik, ta’sirchanlik.
Davolash: simptomatik.
Maxsus antidoti yo‘q.
Me’dani yuvish.
Gemodializ samarali emas.