ALBUMIN BIOFARMAretsept bilan

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: odam qon plazmasinig albumin fraktsiyasi – 100 mg; yordamchi moddalar: natriy kaprilati – 3 mg, inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

albumin (albumin)

Preparatning savdo nomi:

ALBUMIN-BIOFARMA

Farmakalogik guruhi:

plazma o‘rnini bosuvchilar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma 10%.

sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan tiniq yopishqoq suyuqlik, yashilsimon tusga yo‘l qo‘yiladi.

plazma o‘rnini bosuvchilar.

V05A A01

Preparatni travmatik va operatsion shoklarda, degidratatsiyasi va qonning kontsentratsiyalanishi bilan birga kechuvchi kuyishlarda, turli kelib chiqishga ega bo‘lgan gipoproteinemiya va gipoalbuminemiyada (nefrotik sindrom, jigar tsirrozi, davomli septik va yiringli jarayonlar va boshqalar) buyuriladi. Albumin eritmasi, shuningdek me’da-ichak yo‘llarining kasalliklarida (yara kasalligi, o‘smalar, me’da-ichak anastomozining o‘tkazuvchanligini kamayishi), o‘tkir pankreatitda, ekstrakorporal qon aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarda qo‘llanadi.

Preparat vena ichiga tomchilab yuboriladi, shok holatlarida esa arterial bosimni tez oshirish maqsadida – 250 ml dan 500 ml gacha hajmlarda oqim bilan yuboriladi.

Ba’zida haroratni qisqa muddatli oshishi, kamdan-kam hollarda – belda og‘riqlar, eshakemi kuzatiladi. Allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarga qandaydir gumon bo‘lsa preparatni darhol yuborishni to‘xtatish kerak. Shok rivojlangan holda standart shokka qarshi davolash o‘tkazilishi lozim.

Trombozlar, arterial gipertoniya, ichki qon ketishlar, qonning oqsil preparatlariga yuqori sezuvchanlik. Agar gipervolemiya va uning oqibatlari yoki gemodilyutsiya alohida xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lsa preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, vena varikoz kengayishi, o‘pka shishi, gemorragik diatez, og‘ir darajali anemiya, buyrak yoki postrenal yetishmovchiligi ushbu hollarda misol bo‘lishi mumkin.

Albumin AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi oshadi.

Albumin preparati faqat statsionar sharoitlarda aseptik qoidalariga rioya qilib qo‘llanadi. Preparatni yuborish uchun alohida tomchilagich qo‘llash zarur. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin preparatni ishlatish mumkin emas. Ahamiyatlari qon yo‘qotishlarida albuminni qon quyish bilan birga qo‘llash mumkin. Degidratatsiyada preparatni faqat regidratatsiyadan keyin (peroral va parenteral yo‘li bilan) qo‘llash mumkin. Preparatni dozasi har bir patsiyentga alohida belgilanadi. U klinik manzarasiga, qo‘llanilishiga va bemorning yoshiga bog‘liq. Preparat yuborilganda o‘pka shishini oldini olish uchun gemodinamik ko‘rsatkichlarini, nafas olish tizimi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim.

Homiladorlikda albuminni faqat o‘ta zarur hollarda qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan  haroratda.

O‘rganilmagan.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun 10% li eritma. 10 ml, 20 ml dan preparat flakonlarda. 1 yoki 5 flakondan karton qutida. 10 ml, 20 ml, 50 ml, 100 ml, 200 ml va 400 ml dan butilkalarda. 1 butilkadan karton qutida.

3 yil.