Albendazolretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: albendazol – 200,0 mg yoki 400,0 mg; yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolyat, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, mikrokristallik tsellyuloza, saxarin, aspartam, povidon, suvsiz limon kislotasi, sariq sanset (Supra), aerosil, apelsinli aromatizator, vanilli  aromatizator, tozalangan talk, magniy stearat.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

albendazol

Preparatning savdo nomi:

Albendazol

Farmakalogik guruhi:

Gelmintlarga qarshi vosita.

Dori shakli:

tabletka

Dozasi 200 mg. To‘q sariq rangli, ikki tomoni silliq dumaloq tabletkalar. Dozasi 400 mg. Cho‘zinchoq, to‘q sariq rangli, bir tomoni sinish chiziqchali va ikkinchi tomoni silliq kapsula ko‘rinishidagi tabletkalar.

Gelmintlarga qarshi vosita.

P02CA03

Albendazol  quyidagi holatlarda buyuriladi: – neyrotsistitserkoz; – qorin, jigar, o‘pka exinokokkozi; – tsistli exinakokkoz holatida operatsiya qilinishiga moneliklar bo‘lganda; – tsistli exinakokkoz holatida tsistlar miqdorini kamaytirish uchun jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lganida; – araxnoidal, me’da ichidagi, ratsemoz tsistlar; – askaridoz; – trixonelez; – enterobioz; – ankilostomidoz; – opistorxoz; – lyamblioz; – mikrosporidoz; – toksokaroz; – gnatostomoz; – trixinoz; – kapillyaroz; – aralash gelmintozlar holatida buyuriladi..

Ichga, ovqatdan keyin. Tabletkalar suv bilan ichiladi. Dozasi patologiyaga qarab belgilanadi. Albendazol qabul qilingandan so‘ng surgi vositasi kerak bo‘lmaydi.

Albendazol qabul qilinganda quyidagi noxush  samaralar kuzatilishi mumkin: – leykopeniya; – pantsitopeniya; – bosh og‘rig‘i; – trombotsitopeniya; – agranulotsitoz; – dispepsiya; – jigar transaminazalari faolligini oshishi; – qorin og‘rig‘i; – bosh aylanishi; – meningial simptomatika; – terini qichishishi; – gipertermiya; – eshakem; – alopetsiya (qaytuvchan); – gipertenziya; – buyrak funktsiyasi buzilishi.

Albendazol quyidagi hollarda buyurilmaydi: – 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi gelmintozlar; – albendazolga o‘ta sezuvchanlik; – homiladorlik; – laktatsiya davri. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi: – tsistitserkoz fonidagi ko‘z to‘r pardasi patologiyalarida; – jigar tsirrozida; – ko‘mikda qon yaratilish susaygan holatda. Homiladorlik: homilador, homilador deb gumon qilingan ayollarga Albendazolni buyurish mutlaq mumkin emas.

Prazikvantel, deksametazon, tsimetidin albendazolning qondagi kontsentratsiyasini oshiradi.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi nojo‘ya ta’sirlar kuchayishi bilan ifodalanadi.

Retsept bo‘yicha

1 tabletkadan  kontur uyali o‘ramda. Kontur uyali o‘ramlar  1 (1×1), 2 (2x1), 5(5x1) yoki 10 (10x1) dan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton pachkaga joylanadi.

3 yil.