Albelink 400retsept bilan

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: albendazol – 400 mg, yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, kaltsiy fosfati digidrooksidi, jelatin, natriy metilparaben, natriy propilparaben, talk, magniya stearati, kolloid kremniy dioksidi, natriy kraxmalglikolyati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

albendazol

Preparatning savdo nomi:

Albelink 400

Farmakalogik guruhi:

antigelmint vosita

Dori shakli:

chaynaladigan tabletkalar

deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomoni qavariq, bir tomonida riskali va boshqa tomoni silliq tabletkalar.

antigelmint vosita

R02SA03

Albendazol suvda kam erishi tufayli me’da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi. Albendazolning qon plazmasida kontsentratsiyalari past yoki u plazmada aniqlanmaydi, chunki u tizimli qon tomir xavzasiga tushgunigacha metabolitiga (sulfoksid) tez aylanadi. Albendazol sulfoksidi 70% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi va butun organizm bo‘ylab keng tarqaladi. U siydik, safro, jigar, kista devorida, kista suyuqligida, orqa miya suyuqligida (likvor) aniqlanadi. Albendazol jigarda birinchi metaboliti – albendazol sulfoksidiga tez aylanadi, u keyinchalik sulfon metabolitlari va odam siydigida aniqlangan boshqa birlamchi oksidlanish metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi. Peroral qabul qilingandan keyin albendazol odam siydigida aniqlanmaydi. Albendazol sulfoksidini siydik bilan chiqarilishi yordamchi chiqarilish yo‘li hisoblanadi: dozaning 1% kamrog‘ini tashkil qiladi. Safro bilan chiqarilishi, chiqarilishning bir qismini tashkil qiladi, buni sulfoksid albendazolni safrodagi kontsentratsiyasini qon plazmasidagi qiymati erishilishini ko‘rsatadi.

Albelink 400 yakka yoki aralash ichak parazitlarini davolash uchun ko‘llanadi. Klinik tekshiruvlar Ascaris lumbricoides (dumaloq chuvalchang), Trichuris trichiura (qilboshlik), Enterobius vermicularis (ostritsalar), Ancylostoma duodenale va Necator americanus (nematodalar), Taenia spp.(soliter) va Strongyloides stercoralis ga qarshi samaradorligini ko‘rsatdi. Albelink 400, ko‘rsatilganidek, bolalarda lyamblioz infektsiyani (duodenal yoki intestinal yoki lyambliy) davolash uchun samaralidir.

Qo‘llash usuli: peroral buyuriladi. Odatdagi doza 1-2 yosh bolalarda bir martalik doza 200 mg tashkil qiladi. Og‘ir hollarda Strongyloides yoki Taeniasis ishtirokidagi aralash invaziyalarda bir martalik sutkalik doza yetarli bo‘lmasligi mumkin va doza ketma ket uch kun buyurilishi mumkin.

Exinokokkozda va neyrotsistitserkozda albendazolning nojo‘ya samarasi profili farqlanadi. Jigar funktsiyasining laborator ko‘rsatkichlari; abdominal og‘riqlar; ko‘ngil aynishi/qusish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, vertigo; bosh miya ichki bosimini oshishi, meningeal belgilar, qaytuvchan allopetsiya, isitmalash kuzatilishi mumkin. Bu simptomlar odatda sust ifodalangan va davolashsiz o‘tib ketadi. Nojo‘ya samaralar asosan leykopeniya (0,7%) yoki buyrak buzilishlari bilan (3,8% exinokokkozda) bog‘liq. Quyidagi nojo‘ya samaralar <1% tez-tezlikda bilan kuzatiladi; Qon va limfatik tizimi tomonidan: leykopeniya, granulotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya xolatlari xaqida kam ma’lumotlar mavjud. Jigar kasalliklari, shu jumladan jigar exinokokkozi bo‘lgan patsiyentlar suyak ko‘migi funktsiyasini susayishi xavfiga ko‘proq  moyil. Immun tizimni buzilishlari: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan toshma va eshakemi kuzatilishi mumkin.

Albendazolga yoki preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Neyrotsistitserkozi bo‘lgan 8 nafar bemorda albendazolning har bir dozasi (kuniga 15 mg/kg) 8 mg deksametazon bilan birga buyurilganida albendazol sulfoksidning kontsentratsiyasi taxminan 56% yuqori bo‘lgan.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, kuruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya reaktsiyalarni kuchayishi. Davolash: simptomtik davolash, me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir.

Retsept bo‘yicha

1 tabletka blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Guruhlashgan o‘rami: 10 karton qutida.

3 yil