Aktivit Vitamin + Rux

Tarkibi:

faol moddalar: 30% li moyli suspenziya ko‘rinishida beta-karotin – 6 mg, alfa-tokoferilatsetat – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, rux oksidi ko‘rinishida rux – 8 mg. yordamchi moddalar: rafinatlangan kungaboqar moyi, asalari mumi, letsitin. kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, titan dioksidi; bo‘yovchi: yorqin qizil Ye-129.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

beta-karotin, alfa-tokoferilatsetat, askorbin kislotasi, rux oksidi.

Preparatning savdo nomi:

Aktivit Vitamin + Rux

Farmakalogik guruhi:

Vitamin (Polivitaminlar mikroelementlar bilan majmuada).

Dori shakli:

kapsulalar

uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula tarkibi – qizil rangli, yoqimsiz hidli, moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlarga ajralish mumkin.

Vitamin (Polivitaminlar mikroelementlar bilan majmuada).

A11AA04

“Aktivit Vitamin + Rux” preparati polivitamin antioksidant sifatida quyidagilarni davolashda ko‘rsatilgan: vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini va rux ionlarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shu jumladan infektsion, kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;turli etiologiyali astenik holatlarda;alkogolli abstinent sindromini va nikotinga qaramlikni kompleks davolashda;muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda qo‘llanadi.

“Aktivit Vitamin + Rux”ovqatdan keyin, suv bilan birga qabul qilinadi. Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga 1 kapsuladan sutkada 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi. Oldini olish uchun, kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi. Davolash maqsadida “Aktivit Vitamin + Rux”ning dozasini shifokor patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasini, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga va ruxga bo‘lgan talabini hisobga olib belgilaydi.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi. Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaktsiyalar, mis tanqisligi, anemiya rivojlanishi mumkin.

14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Kortikosteroid preparatlari, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi. Tokoferol tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalar samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarning perekisli oksidlanishi mahsulotlarining miqdorini oshishi aniqlangan. Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

Sutli mahsulotlarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak, chunki bunda ruxning ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘rilishi tormozlanadi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish ko‘rinishlari kuzatilmaydi. Sutkalik norma oshirilganida “Aktivit Vitamin + Rux” qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

Retseptsiz

10 yoki 15 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramlarga joylangan.

2 yil.