Aktivit Vitamin + Celen.

Tarkibi:

faol moddalar: 30% li moyli suspenziya ko‘rinishidagi beta-karotin – 6 mg, alfa-tokoferilatsetat – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, selen (0,1% li achitqi selen ko‘rinishida – 30 mg yoki 0,2% li achitqi selen – 15 mg) – 0,03 mg. yordamchi moddalar: rafinatlangan kungaboqar moyi, asalari mumi, letsitin. kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, glitserin, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv, titan dioksidi; bo‘yovchi: yorqin qizil Ye-129.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

beta-karotin, alfa-tokoferilatsetat, askorbin kislotasi, selen.

Preparatning savdo nomi:

Aktivit Vitamin + Celen.

Farmakalogik guruhi:

Vitamin (Polivitaminlar mikroelementlar bilan majmuada).

Dori shakli:

kapsulalar.

uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli, yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula tarkibi – qizil rangli, yoqimli hidli, moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlarga ajralish mumkin.

Vitamin (Polivitaminlar mikroelementlar bilan majmuada).

A11AA04

“Aktivit Vitamin + Celen” preparati polivitamin antioksidant sifatida quyidagilarni davolashda ko‘rsatilgan: vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini va selen yetishmovchiligini oldini olish va davolash;organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shu jumladan infektsion kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda qo‘llanadi.

«Aktivit Vitamin + Celen» ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilinadi. Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga sutkada 1 kapsuladan 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi. Preparat dozasini shifokor patologiyani xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga bo‘lgan talabini hisobga olib belgilaydi.

Diareya, teri rangini o‘zgarishi – sarg‘ish tusli rangni paydo bo‘lishi, kam hollarda: bosh aylanishi, bo‘g‘imlarda og‘riq. Dori vositasini yuqori dozalarda qabul qilish qorinda og‘riq paydo bo‘lishiga, K vitaminining tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda qon oquvchanligini paydo bo‘lishiga, estrogenlarni qabul qilgan patsiyentlarda tromboz xavfini oshishiga, giperoksaluriyaga va buyraklarda toshlar – oksalatlar hosil bo‘lishi xavfini oshishiga, G6FD tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda gemolizni rivojlanish xavfini kuchayishiga, shuningdek ko‘rishni xiralashishi, bosh aylanishi, kuchli toliqish va holsizlikni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Preparatning alohida komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi. Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi. Noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

A va Ye gipervitaminozi;homiladorlik va laktatsiya davri;14 yoshgacha bo‘lgan bolalar;yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Kortikosteroid preparatlari, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga qo‘llanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi. Tokoferol qonida lipidlarni perekisli oksidlanishi mahsulotlari, shuningdek A va D vitaminlari miqdori oshgan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin. Oral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini so‘rilishi kamayadi. S vitamini temirni so‘rilishini oshiradi, salitsilatlar va qisqa ta’sir etuvchi sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya paydo bo‘lishi xavfini oshiradi. Xolestiramin, orlistat A va Ye vitaminlarining so‘rilishini kamaytiradi.

Giperoksaluriyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi “Aktivit Vitamin + Selen”ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilganida nafas bilan chiqarilayotgan havoda sarimsoqpiyoz hidini paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holda preparatni bekor qilish kerak.

Retseptsiz

10 yoki 15 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

2 yil.