Aktivit Vitamin +

Tarkibi:

faol moddalar: 30% li moyli suspenziya ko‘rinishidagi beta-karotin – 6 mg, alfa-tokoferilatsetat – 15 mg, askorbin kislotasi – 75 mg. yordamchi moddalar: rafinatlangan kungaboqar moyi, asalari mumi, letsitin. kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, titan dioksidi; bo‘yovchi: yorqin qizil Ye-129.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

beta-karotin, alfa-tokoferilatsetat, askorbin kislotasi.

Preparatning savdo nomi:

Aktivit Vitamin +

Farmakalogik guruhi:

Vitamin (Polivitaminlar).

Dori shakli:

kapsulalar

uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula tarkibi – qizil rangli, yoqimsiz hidli, moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlarga ajralish mumkin.

Vitamin (Polivitaminlar).

A11V

“Aktivit Vitamin +” preparati polivitamin antioksidant sifatida quyidagilarni davolashda ko‘rsatilgan: vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;davomli va/yoki og‘ir kechuvchi kasalliklar, shu jumladan infektsion kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;muvozanatlanmagan ovqatlanishda qo‘llanadi.

“Aktivit Vitamin +” ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilinadi. Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga 1 kapsuladan sutkada 1 marta 2-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi. Oldini olish uchun, kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi. Davolash maqsadida “Aktivit Vitamin +”ning dozasini shifokor patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga bo‘lgan talabini hisobga olib belgilaydi.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi. Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Kortikosteroid preparatlari, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi bilan preparatlar birga qo‘llanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi. Tokoferol tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarni perekisli oksidlanishi mahsulotlarining miqdorini oshishi aniqlangan. Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

Preparatni qo‘llash davrida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish ko‘rinishlari kuzatilmaydi. Sutkalik norma oshirilganida “Aktivit Vitamin +” qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

Retseptsiz

10 yoki 15 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yuriqnomasi bilan birga karton o‘ramlarga joylangan.

2 yil.