Preparat qabul qilinganida allergik reaktsiyalar (eshakemi, qichishish, eozinofiliya, zardob kasalligi, bronxospazm, ko‘pshaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaktsiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok), stomatit, glossit, me’da-ichak tizimi tomonidan esa ko‘ngil aynishi, qusish, ta’mni yo‘qolishi, qorinda og‘riq, disbakterioz, superinfektsiya, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin.
Periferik qon ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi: neytropeniya, limfopeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, kam- gemolitik anemiya; alohida hollarda qon zardobining plazma omillarini (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda kreatininning darajasi oshadi, tsilindrlar paydo bo‘ladi, oliguriya, anuriya, biokimyoviy o‘zgarishlar (qon plazmasida jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborilgan joyda og‘riq yoki infiltrat, alohida hollarda – v/i yuborilganida flebit yoki tromboflebit bo‘lishi mumkin.