Aksel Klobetazol

Tarkibi:

Har bir 1 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol modda: klobetazol propionati – 0,5 mg; yordamchi moddalar: xlorkrezol, suyuq parafin, kremofor A6, kremofor A25, suvsiz natriy digidrofosfati, tozalangan suv, tsetostearil spirti, propilenglikol va natriy gidroksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klobetazol propinati

Preparatning savdo nomi:

Aksel Klobetazol

Farmakalogik guruhi:

glyukokortikosteroidlar

Dori shakli:

krem

oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan suvda eruvchan krem.

glyukokortikosteroidlar

D07AD01

Ma’lumotlar yo‘q.

Psoriaz (tarqalgan blyashkali shaklidan tashqari), surunkali ekzema, yassi temiratki, diskoid qizil yugurik, boshqa steroidlarning ta’siriga berilmaydigan teri kasalliklarida qo‘llanadi.

Sirtga qo‘llanadi. Krem va surtma terining shikastlangan sohalariga sutkada 1-2 marta yaxshilanish kuzatilgunicha yupqa qavat qilib qo‘yiladi. Preparatni qo‘llashni davom ettirish zarurati baholanmasdan, preparat bilan davolashni 4 haftadan ortiq o‘tkazish mumkin emas. Teri kasalliklari zo‘rayganida preparat bilan qisqa takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin. Agar glyukokortikoidlar bilan davolashni davom ettirish zarur bo‘lsa, faolligi kamroq preparatlarni ishlatish kerak. Ayrim rezistent holatlarda, ayniqsa giperkeratozda Aksel Klobetazolning kremi va surtmasining yallig‘lanishga qarshi samarasini shikastlangan sohaga tunga PE yordamida okklyuzion bog‘lov qo‘yish orqali kuchaytirish mumkin. Shundan so‘ng erishilgan davolash samarasini preparatni okklyuzion bog‘lovsiz qo‘llash bilan tutib turish mumkin.

Uzoq muddat qo‘llanganida – yuzda va tananing boshqa sohalarida atrofik o‘zgarishlar (so‘gal, terini yupqalashishi, qon-tomirlarni kengayishi), terining himoya faoliyatini susayishi, kam hollarda – psoriazning pustulyoz shakli rivojlanishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik; pushti va o‘smirlik husnbuzari; perioral dermatit, terini virusli (oddiy gerpes), zamburug‘li (kandidoz), bakterial (impetigo) infektsiyalari; perianal va genital qichishish; 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar dermatozi (shu jumladan, bichilishda dermatitlar va kuzatiladigan toshma) da qo‘llash mumkin emas.

Ko‘rsatilmagan.

2-4 hafta davomida yaxshilanish kuzatilmaganida tashxisni to‘g‘ri qo‘yilganiga shubha tug‘ilishi kerak. Zo‘rayishlar kuzatilganida qisqa muddatli takroriy davolash kurslarini o‘tkazish kerak. Psoriaz bilan xastalangan patsiyentlarda terining himoya faoliyati susayishi mumkin, pustulyoz psoriaz namoyon bo‘lishi, tolerantlik, qaytalanishlar rivojlanishi mumkin. Bolalarda, ayniqsa ko‘krak yoshidagi bolalarda preparatni davomli va uzluksiz qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki buyrak usti bezlari po‘stloq qavatining faoliyati susayishi mumkin. Ko‘krak yoshidagi bolalardagi tagliklar okklyuzion bog‘lov sifatida ta’sir qilishi va kortikosteroidlarni so‘rilishini oshirishi mumkin. Preparat yuzga 5 kun davomida va okklyuzion bog‘lovsiz qo‘llanadi. Teriga yangi bog‘lov qo‘yishdan oldin terini tozalash kerak, chunki germetik (okklyuzion) bog‘lovlar oqibatida hosil bo‘ladigan iliqlik va namlik bakterial infektsiyani rivojlanishiga olib keladi. Bakterial infektsiyani qo‘shilishi preparatni qo‘llashni to‘xtatishni va antibakterial davolashni buyurishni talab etadi. Preparatni ko‘zlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak (glaukoma rivojlanishi mumkin). Preparatning katta miqdorlarini uzoq muddat (yoki katta sohalarga) qo‘llash tizimli so‘rilishiga (giperkortitsizmga) olib kelishi mumkin. Homiladorlik va emizish davri Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Giperkortitsizm belgilari namoyon bo‘ladi (preparat bekor qilish talab etiladi).

Retseptsiz

15 grammdan tyubikda, bir tyubik qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

4 yil.