Aksazolidretsept bilan

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 200 mg linezolid yordamchi moddadar: glyukoza monogidrati; natriy tsitrati; limon kislotasi; natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

linezolid

Preparatning savdo nomi:

Aksazolid

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vositalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma2 mg/ml

tiniq, rangsizdan och jigarrang rangligacha bo‘lgan suyuqlik.

antibakterial sintetik vositalar.

J01XX08.

(S)-linezolid biologik faol va organizmda faol bo‘lmagan hosilalarining hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Linezolidning suvdagi eruvchanligi taxminan 3 mg/ml ni tashkil qiladi va 3-9 diapazonda rN ga bog‘liq. Qon plazmasidagi linezolidning maksimal (Smax)  va minimal (Cmin) kontsentratsiyasi (o‘rtacha qiymati va [standart og‘ish]) preparat vena ichiga sutkada ikki marta 600 mg dozada yuborilganidan keyin muvofiq 15,1 (2,5) ml/l va 3,68 (2,68) mg/l ni tashkil qiladi. Organizmda taqsimlanishi. Sog‘lom ko‘ngillilarda muvozanat holatida taqsimlanish hajmi o‘rtacha 40-50 litrni tashkil qiladi, bu organizmdagi suvning umumiy miqdoriga to‘g‘ri keladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxminan 31% va preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Ko‘ngillilardagi preparatni kursli ravishda qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda linezolidning kontsentratsiyasi cheklangan miqdordagi shaxslarda organizmning turli suyuqliklarida aniqlangan. Linezolidning so‘lak va terdagi kontsentratsiyasini qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga nisbati muvofiq 1,2:1 va 0,55:1 ni tashkil qilgan. Bronxoalveolyar lavaj suyuqligidagi va o‘pkaning alveolyar xujayralaridagi kontsentratsiyasining qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga nisbati muvozanat holatida muvofiq 4,5:1 va 0,15:1 ni tashkil qilgan. Ventrikuloperitoneal shuntlari bo‘lgan bolalarda olingan farmakokinetik ma’lumotlar, preparat bir marta va ko‘p marta yuborilganidan keyin orqa miya suyuqligidagi linezolidning kontsentratsiyasini o‘zgaruvchanligidan dalolat beradi; orqa miya suyuqligidagi preparatning barqaror terapevtik kontsentratsiyasiga erishilmagan va tutib turilmagan. Shuning uchun markaziy nerv tizimining infektsiyalari bo‘lgan bolalarda linezolidni emperik mikroblarga qarshi davolash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi. Metabolizmi. Linezolid asosan morfolin xalqasini oksidlanishi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi va ochilgan xalqali karboksil kislotasining ikki faol bo‘lmagan hosilalarini hosil qiladi: aminoetoksisirka kislotasi (PNU-142300) metaboliti va gidroksietil glitsin (PNU-142586) metaboliti. Gidroksietil glitsin (PNU-142586) metaboliti odamda predominant hisoblanadi, u ehtimol, nofermentativ jarayoni orqali hosil bo‘ladi. Aminoetilsirka kislotasi (PNU-142300) metaboliti kamroq miqdorda aniqlanadi. Shuningdek boshqa “kichik” faol bo‘lmagan metabolitlari identifikatsiya qilingan. Chiqarilishi. Buyrak funktsiya normal bo‘lgan yoki ahamiyatsiz yoki o‘rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda linezolid muvozanat holatida asosan siydik bilan PNU-142586 metaboliti (40%), o‘zgarmagan holda (30%) va PNU-142300 metaboliti ko‘rinishida (10%) chiqariladi. O‘zgarmagan holda axlatda preparat deyarli aniqlanmaydi, har bir asosiy metabolitlaridan, PNU-142586 va PNU-142300 bir qismi muvofiq  6% va 3% ni tashkil qiladi. Linezolidning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 5-7 soatni tashkil qiladi. Buyrakdan tashqari klirensi linezolidning umumiy klirensini taxminan 65% ni tashkil qiladi. Linezolidning dozasi oshirilganida klirensining notekisligini ahamiyatsiz darajasi kuzatiladi. Ochig‘i, bu linezolidning yuqori kontsentratsiyalaridagi buyrak va buyrakdan tashqari kuchliroq  klirensining oqibatidir. Lekin klirensidagi farq ahamiyatsiz va yarim chiqarilish davrida bevosita aks etmaydi.

Anaerob yoki aerob grammusbat mikroorganizmlarning sezgir shtammlari chaqirgan infektsiyalarni, shu jumladan bakteriyemiya bilan birga kechuvchi quyidagi infektsiyalarni davolashda qo‘llanadi: nozokomikal (gospital) pnevmoniya;kasalxonadan tashqari pnevmoniya;teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari;enterokokklar, shu jumladan vankomitsinga chidamli Enterocjccus faecium va faecalis shtammlari chaqirgan infektsiyalarida qo‘llanadi. Agar infektsiyaning qo‘zg‘atuvchilari grammanfiy mikroorganizmlarni o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, klinik majmuaviy davolashni buyurish ko‘rsatilgan.

Preparatni qo‘llashdan oldin linezolidga sezuvchanlikni aniqlash uchun teri sinamasini o‘tkazish kerak. Aksazolid vena ichiga sutkada 2 marta buyuriladi. Infuziya uchun eritmani 30-120 minut davomida yuborish kerak. Aksazolidni vena ichiga infuziya ko‘rinishida buyurish bilan davolashni boshlagan patsiyentlar, linezolidni og‘iz orqali qo‘llanadigan shakli bilan davolashga o‘tkazilishi mumkin. Bunday hollarda dozani tanlash talab qilinmaydi, chunki ichga qabul qilinganida linezolidning biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil qiladi. Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalar uchun tavsiya etilgan dozalar Ko‘rsatmalarDoza va qo‘llash usuliTavsiya etilgan davolash davomiyligi (ketma-ket sutkalar soni)Nozokomial pnevmoniya (shu jumladan bakteriyemiya bilan kechuvchi shakllari)    600 mg har 12 soatda    10-14Kasalxonadan tashqari pnevmoniya (shu jumladan bakteriyemiya bilan kechuvchi shakllari)Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (shu jumladan bakteriyemiya bilan kechuvchi shakllari)Enterokokkli infektsiyalar (shu jumladan vankomitsinga chidamli shtammlari va bakteriyemiya bilan kechuvchi shakllari) 600 mg vena ichigahar 12 soatda 14-28 Blolalar uchun (tug‘ilgandan* 11 yoshgacha) tavsiya etilgan dozalar Ko‘rsatmalarDoza va qo‘llash usuliTavsiya etilgan davolash davomiyligi (ketma-ket sutkalar soni)Nozokomial pnevmoniya (shu jumladan bakteriyemiya bilan kechuvchi shakllari)   10 mg/kg vena ichiga har 8 soatda    10-14Kasalxonadan tashqari pnevmoniya (shu jumladan bakteriyemiya bilan kechuvchi shakllari)Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (shu jumladan bakteriyemiya bilan kechuvchi shakllari)Enterokokkli infektsiyalar (shu jumladan vankomitsinga chidamli shtammlari va bakteriyemiya bilan kechuvchi shakllari) 10 mg/kg vena ichigahar 12 soatda 14-28 * 7 kunlikkacha bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda (gestatsion yosh – 34 haftadan kamroq) muddatida tug‘ilgan chaqaloqlar va katta bolalardagiga qaraganda linezolidning tizimli klirensi pastroq va AUC qiymatining ko‘rsatkichlari esa kattaroq. Hayotining 7-nchi kunidan boshlab linezolidning klirensini qiymati va AUC  ko‘rsatkichlari chala tug‘ilgan chaqaloqlarda muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda va katta bolalardagi qiymatlarga o‘xshashdir. Davolash davomiyligi qo‘zg‘atuvchi, infektsiyani joylashishi va og‘irligi, shuningdek klinik samaraga bog‘liq.

Infektsiyalar va invaziyalar: tez-tez – kandidoz (xususan oral va vaginal kandidoz) yoki zamburug‘li infektsiyalar; tez-tez emas – vaginit. Qon va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez emas (klinik xabarlarga muvofiq tez-tezligi) – eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya. Ruxiy buzilishlar: tez-tez emas – uyqusizlik. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, ta’mni o‘zgarishlari (metall ta’mi); tez-tez emas – bosh aylanishi, giposteziya, paresteziya. Ko‘rish a’zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘rishni yomonlashishi. Eshitish a’zolari tomonidan: tez-tez emas – quloqlarda jaranglash. Yurak-tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – arterial gipertenziya, flebit/tromboflebit. Ovqat xazm qilish yo‘llari tomonidan: tez-tez – diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas – qorinda lokal yoki umumiy og‘riq, qabziyat, og‘izni qurishi, dispepsiya, gastrit, glossit, ichni suyuq kelishi, pankreatit, stomatit, tilning normal holatini buzilishi yoki rangini o‘zgarishi. Gepatobiliar tizimi tomonidan: tez-tez – anomal funktsional jigar sinamalari. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: tez-tez emas – dermatit, ko‘p terlash, qichishish, toshma, eshakemi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas – poliuriya. Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: tez-tez emas – vulvovaginal buzilishlar. Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez emas – qizish, toliqish, isitma, inyektsiya joyida og‘riq, chanqoqni kuchayishi, lokal og‘riq. Laboratoriya ko‘rsatkichlari. Bioximiya: tez-tez – AST, ALT, LDG, ishqoriy fosfataza, qondagi mochevina azoti, kreatininkinaza, lipaza, amilaza yoki glyukozani ochlikdan tashqari oshishi; umumiy oqsil, albumin, natriy va kaltsiy miqdorini pasayishi; kaliy yoki bikarbonatni oshishi yoki pasayishi; tez-tez emas – umumiy bilirubin, kreatinin, natriy yoki kaltsiyni oshishi; ochlikdan tashqari glyukozani pasayishi; xloridlarni oshishi yoki pasayishi. Gematologiya: tez-tez – neytrofillar va eozinofillar sonini oshishi; gemoglobin, gematokrit yoki eritrotsitlar sonini kamayishi; trombotsitlar yoki leykotsitlar sonini oshishi yoki kamayishi; tez-tez emas – retikulotsitlar sonini oshishi; neytrofillar sonini pasayishi. Alohida hollarda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar og‘ir sifatida baholangan: qorinda og‘riq,  tranzitor ishemik xurujlar, arterial gipertenziya, pankreatit va buyrak yetishmovchiligi. Klinik tadqiqotlar davomida aritmiyaning (taxikardiya) bir xoli haqida xabar berilgan, u preparatni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan. 28 kun muddat davomida linezolid buyurilgan nazoratli klinik tadqiqotlarda, 0,1% dan kamroq patsiyentlarda anemiya aniqlangan. Hayotga xavf soluvchi infektsiyalari va yondosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash dasturida, linezolid ≤28 kun davomida qabul qilinganida anemiya rivojlangan bemorlar foizi, davolash ≥28 kun davom etgandagi 12,3% bilan solishtirilganda 2,5% ni tashkil qilgan.

Linezolid yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga ma’lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlik. Linezolid monoaminooksidaza A va V (masalan: fenelzin, izokarboksazid, selegilin, moklobemid) ni bostiruvchi har qanday tibbiy preparatlarni qabul qilyotgan yoki bunday preparatlarni qabul qilgandan keyin ikki hafta davomida qabul qilinmasligi kerak. Arterial bosimni sinchiklab kuzatish va monitoring qilish imkoniyati bo‘lgan hollardan tashqari, Aksazolid quyidagi yondosh klinik holatlar yoki quyidagi preparatlarni yondosh qabul qilishda buyurilmasligi kerak: nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya, feoxromatsitoma, kartsinoid, tireotoksikoz, bipolyar depressiya, shizoeffektiv buzilishlar, bosh aylanishining o‘tkir epizodlari;serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, serotoninning 5-NT1 retseptorlarini antagonistlari (triptanlar), bevosita va bilvosita simpatomimetiklar (shu jumladan adrenergik bronxodilatatorlar, psevdoefedrin, fenilpropranolamin), vazopressorlar (epinefrin, norepinefrin), dopaminergik birikmalar (dopamin, dobutamin), petidin yoki buspiron.

Linezolid monoaminooksidazaning (MAO) kuchsiz, qaytuvchan, noselektiv ingibitori xisoblanadi. MAO ni susayishini chaqirishi mumkin bo‘lgan yondosh preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda bir vaqtda qo‘llanganida, linezolidni preparatlar orasidagi o‘zaro ta’siri va xavfsizligini tadqiqotlarning ma’lumotlari cheklangan. Shuning uchun, ushbu vaziyatlarda, patsiyentni sinchiklab kuzatish va monitoringini imkoniyati bo‘lgan hollardan tashqari hollarda, Aksazolid preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Linezolid qabul qilgan normotenziv sog‘lom ko‘ngillilarda, ba’zida soxtaefedrin gidroxloridi yoki fenilpropanolamin gidroxloridining pressor samarasini ahamiyatsiz va o‘tkinchi kuchayishi kuzatilgan. Linezolid va soxtaefedrinni yoki fenilpropanolaminni yondosh qo‘llash, o‘rtacha sistolik arterial bosimni faqat linezolid qo‘llanganidagi 11-15 mm sim. ust.ga oshishi bilan solishtirilganda, 30-40 mm sim. ust., faqat soxtaefedrin yoki fenilpropanolamin qo‘llanganida 14-18 mm sim. ust., platsebo qo‘llanganida 8-11 mm sim. ust. olib keladi. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan subyektlarda bunday tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Dopamin yoki dopaminning agonistlari kabi adrenergik vositalarning boshlang‘ich dozasini pasaytirish va dozani istalgan  klinik javobga erishilgunicha asta-sekin titrlash tavsiya etiladi. Linezolid va serotoninergik vositalar bir vaqtda qo‘llanganida juda kam serotoninli sindrom hollari xaqida spontan xabarlar tushgan Antibiotiklar: aztreonam yoki gentamitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida linezolidning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Linezolid va dekstrometorfan orasidagi potentsial o‘zaro ta’sir sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rganilgan. Ularga dekstrometorfan (20 mg dan ikki doza aloxida 4 soat o‘tgach buyurilgan) linezolid bilan yoki usiz buyurilgan. Normal shaxslarda linezolid va dekstrametorfan bir vaqtda qabul qilinganida serotonin sindromining samaralari (ongni susayishi, deliriy, ta’sirchanlik, tremor, yuzni qizarishi, kuchli terlash, giperpireksiya) kuzatilmagan. Postmarketing  tajriba: linezolid va dekstrometorfan qabul qilgan patsiyentda bir holatda serotonin sindromini rivojlangani xaqida xabar berilgan. Sindrom ikkala preparat bekor qilinganidan keyin yo‘qolgan. Linezolid serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari bilan klinik qo‘llanganida, serotonin sindromini rivojlanish hollari xaqida juda kam xabar berilgan. Linezolid va 100 mg dan kamroq tiramin qabul qilgan shaxslarda ahamiyatli pressor samaralar kuzatilmagan. Shuning uchun tiraminni yuqori miqdorda saqlovchi ovqat va ichimliklarni (qattiq pishloq, achitqilarning ekstrakti, distillanmagan alkogolli ichimliklar, soya sousi kabi fermentlangan soya dukkaklarini saqlovchi maxsulotlarni) xaddan ziyod miqdorda iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Linezolid tsitoxrom R450 (CYP) tizimi tomonidan metabolizmga uchramaydi va odamning klinik muxim CYP izoformalaridan (1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1, 3A4) birontasini xam bostirmaydi. Xuddi shunday linezolid xayvonlarda R450 izofermentlarini induktsiya qilmaydi. Shuning uchun linezolid qo‘llanganida CYP450-induktsiya qiluvchi o‘zaro ta’sir kutilmaydi. Linezolid bilan davolashga varfarin qo‘shilganida, muvozanat holatida o‘rtacha maksimal xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) 10% ga pasayishi, “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydonini (AUC) 5% ga pasayishi kuzatilgan. Bu kuzatishlarning klinik ahamiyatini baxolash uchun, varfarin va linezolidni bir vaqtda qo‘llashni alohida hollari bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas.

Linezolid monoaminooksidazanig (MAO) qaytuvchan, noselektiv ingibitoridir; lekin antibakterial davolash uchun qo‘llanadigan dozalarda, preparat antidepressiv samara namoyon qilmaydi. Yondosh kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga yoki MAO ni susayishini chaqirishi mumkin bo‘lgan yondosh preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga buyurilgan sharoitda, Aksazolid preparatining o‘zaro ta’siri va xavfsizligi xaqida ma’lumotlar cheklangan. Shuning uchun ko‘rsatilgan vaziyatlarda, patsiyentni sinchiklab kuzatish va monitoringini imkoniyati bo‘lmagan hollardan, tashqari hollarda Aksazolidni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Patsiyentlar katta miqdorda tiramin saqlovchi ovqat qabul qilishdan saqlanishlari kerakligi xaqida ogoxlantirilgan bo‘lishlari kerak. Har bir millilitr eritma 45,7 mg (13,7 g/300 ml) glyukoza saqlaydi. Buni qandli diabeti yoki glyukozaga tolerantlik buzilishi bilan xarakterlanuvchi boshqa holatlari bo‘lgan patsiyentlarni davolashda e’tibor berish kerak. Har bir millilitr eritma shuningdek 0,38 mg (0,114 g/300 ml) natriy saqlaydi. Linezolid qabul qilgan ayrim patsiyentlarda qaytuvchan miyelosupressiya (anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya va pantsitopeniya) xaqida xabar berilgan, uning yaqqolligi preparatning dozasi va davolash davomiyligiga bog‘liq. Ma’lum bo‘lgan asoratlari xolatida, linezolid bekor qilinganidan keyin buzilgan gematologik ko‘rsatkichlar, davolash boshlanganigacha bo‘lgan dastlabki darajaga qaytgan. Bu samaralarni rivojlanishi xavfi davolash davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Trombotsitopeniya ko‘proq og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, patsiyentni dializda bo‘lish, bo‘lmasligidan  qatiy nazar yuz berishi mumkin. Shuning uchun mavjud anemiyasi, granulotsitopeniyasi, trombotsitopeniyasi bo‘lgan, periferik qonda gemoglobin darajasini yoki trombotsitlar sonini pasaytirish yoki ularning faoliyatini bostirish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, og‘ir buyrak yetishmovchiligi; qon ketishini yuz berishining yuqori xavfi, ilgari aniqlangan miyelosupressiyasi  bo‘lgan patsiyentlarda yoki linezolidni 2 haftadan ko‘proq qabul qilayotgan patsiyentlarda, qonning kengaytirilgan klinik taxlilini o‘tkazish kerak. Linezolid bunday patsiyentlarga faqat gemoglobinning darajasini, qonning kengaytirilgan ko‘rsatkichlari taxlilini va trombotsitlarni sinchikov monitoringini o‘tkazish imkoniyati bo‘lgan hollarda buyurilishi mumkin. Linezolid bilan davolash davomida ahamiyatli darajadagi miyelosupressiya rivorjlanganida, davolashni davom ettirish zarur bo‘lgan hollardan tashqari hollarda, davolashni to‘xtatish kerak. Bunday hollarda qonning kengaytirilgan taxlili ko‘rsatkichlarini jadal monitoringini amalga oshirish va patsiyentni olib borishni muvofiq strategiyasini qo‘llash kerak. Linezolidni haftada 1 marta qabul qilayotgan patsiyentlarda, qonning kengaytirilgan tahlilining dastlabki ko‘rsatkichlaridan qatiy nazar, qonning kengaytirilgan taxlili ko‘rsatkichlarini (shu jumladan gemoglobin darajasi, trombotsitlar sonini, leykotsitlarning umumiy va differentsial sonini) qo‘shimcha monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi. Tadqiqotlarda linezolidni, u 28 kunni tashkil qiluvchi maksimal tavsiya etilgan muddatidan, ortiq qabul qilgan patsiyentlarda jiddiy anemiya rivojlanishining yuqoriroq darajasi xaqida xabar berilgan. Bu patsiyentlar ko‘proq gemotransfuziyaga muxtoj bo‘lganlar. Gemotransfuziyani talab qiluvchi anemiya hollari xaqida, postmarketing kuzatuv davomida xam xabar berilgan. Asosan bunday holatlar, linezolidni 28 kunni tashkil qiluvchi maksimal tavsiya etilgan muddatidan, ortiq qabul qilgan patsiyentlarda aniqlangan. Linezolid qo‘llanganida laktatli atsidoz rivojlanishi xaqida xabar berilgan. Linezolid qabul qilayotgan, ularda ko‘ngil aynishi yoki qusish, aniqlanmagan sabablar bo‘yicha atsidoz yoki qonda bikarbonatlarning darajasini pasayishi takroran kuzatilgan patsiyentlar, shoshilinch tibbiy tekshirishga muxtoj bo‘ladilar. Ochiq, randomizatsiya qilgan klinik tadqiqotlar doirasida, linezolid qabul qilgan va, grammusbat qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kateterli septik infektsiyalari bo‘lgan og‘ir xastalangan patsiyentlarda, vankomitsin/dikloksatsillin/oksatsillin majmuasini kabul qilgan patsiyentlarga nisbatan, yuqori o‘lim darajasi kuzatilgan. Linezolid (600 mg xar 12 soatda vena ichiga/peroral) va vankomitsin (1 g vena ichiga xar 12 soatda) yoki oksatsillin (2 g vena ichiga xar 6 soatda)/dikloksatsillin (500 mg peroral xar 5 soatda) qo‘llash bilan o‘tkazilgan davolash solishtirilgan, davolash davomiyligi 7 sutkadan 28 sutkagacha bo‘lgan. Bu tadqiqotda o‘lim hollarining tez-tezligi linezolid va qiyosiy preparatlar qo‘llanganida muvofiq 78/363 (21,5% va 58/363 (16%) ni tashkil qilgan. Logistik regressiya natijalari asosida, kutiladigan nisbiy xavf 1,426 [95% ishonch intervali 0,970, 2,098] ni tashkil qiladi. Sabab aloqasi aniqlanmaganligiga qaramasdan, kuzatilgan disbalans ko‘proq davolash boshlangunicha grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar, yoki aralash grammanfiy va grammusbat infektsiya identifikatsiya qilingan, yoki qo‘zg‘atuvchi identifikatsiya qilingan linezolid qabul qilgan patsiyentlarda paydo bo‘lgan. Nazoratli klinik tadqiqotlar oyoq panjasini diabetik shikastlanishi, yotoq yaralar, ishemik shikastlanishlar, og‘ir kuyishlar yoki gangrenasi bo‘lgan patsiyentlarni o‘z ichiga olmagan. Shuning uchun bunday holatlarni davolash uchun linezolidni qo‘llash tajribasi cheklangan. Linezolid bilan davolash uchun randomizatsiya qilib, tanlab olingan, patsiyentlarda va davolash boshlangunicha faqat infektsiyaning grammusbat qo‘zg‘atuvchilari identifikatsiya qilingan patsiyentlarda, shu jumladan grammusbat bakteriyemiyasi patsiyentlar kichik guruxidagi patsiyentlarda, qiyosiy preparat guruhi patsiyentlaridagi kabi tirik qolish tez-tezligi kuzatilgan. Linezolid grammanfiy qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan klinik faollik namoyon qilmaydi, shuning uchun bu mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarda uni qo‘llash ko‘rsatilmagan. Agar yo‘ldosh grammmanfiy infektsiya aniqlangan yoki unga gumon qilingan bo‘lsa, grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan spetsifik mikroblarga qarshi davolashni o‘tkazish ko‘rsatilgan. Xayot uchun xavf tug‘diruvchi, xususan o‘rnatilgan markaziy venoz kateter oqibatidan tizimli infektsiyalarning yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda, jadal davolash bo‘limlarining patsiyentlarida Linezolidni aloxida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. O‘rnatilgan venoz kateterlar oqibatidagi septik infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun linezolidni qo‘llash ma’qullanmagan. Linezolidni og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan va faqat preparatdan kutilayotgan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak. Jigar faoliyatining og‘ir shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarda, faqat preparatdan kutilayotgan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda linezolidni qo‘llash tavsiya etiladi. Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan linezolidni, qo‘llanganida ham soxtamembranoz kolit hollari xaqida xabar berilgan; uning og‘irlik darajasi ahamiyatsizdan to xayot uchun xavfligacha bo‘lishi mumkin. Clostridium difficile bilan bog‘liq bo‘lgan diareya xaqida deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan linezolid, qo‘llanganida xabar berilgan; uning og‘irlik darajasi ahamiyatsiz diareyadan to o‘limga olib keluvchi kolitgacha bo‘lishi mumkin. Antibakterial vositalar bilan davolash yo‘g‘on ichak mikroflorasining normal tarkibini izdan chiqaradi, bu C. difficile ni xaddan ziyod o‘sishiga olib keladi. C. difficile diareyani rivojlanishini chaqiruvchi A va V toksinlarni ishlab chiqaradi. C. difficile shtammlari ishlab chiqaradigan gipertoksin  kasallanish va o‘limni oshishiga olib keladi, chunki bu infektsiyalar mikroblarga qarshi davolashga refrakter bo‘lishlari mumkin va kolektomiya o‘tkazilishini talab qilishi mumkin. C. difficile bilan bog‘liq bo‘lgan diareya, antibiotiklarni qo‘llashdan keyin paydo bo‘lgan diareya kuzatilgan barcha patsiyentlarda gumon qilinishi kerak. Anamnezni diqqat bilan yig‘ish kerak, chunki C. difficile bilan assotsiatsiyalangan diareya hollari, antibakterial vositalarni qabul qilgandan keyin 2 oydan ko‘proq vaqt o‘tgach ham rivojlanishi mumkin. Linezolidni qabul qilgan patsiyentlarda periferik va optik neyropatiya hollari xaqida xabar berilgan. Xammadan ko‘proq bunday hollar preparat maksimal tavsiya etilgan muddatda -28 kundan ortiq qo‘llanganida aniqlangan. Ko‘rishni yo‘qolishigacha rivojlanib borgan optik neyropatiyada, patsiyentlar preparatni maksimal tavsiya etilgan davolash muddatidan ortiq qabul qilganlar. Ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ranglarni ajratishni o‘zgarishi, ko‘rishni noaniqligi yoki ko‘rish maydonini nuqsonlari kabi simptomlar paydo bo‘lgan hollarda, shoshilinch oftalmologik tekshirish tavsiya etiladi. Linezolidni uzoq vaqt davomida (3 oy yoki ko‘proq) qabul qilayotgan barcha patsiyentlarda, linezolid bilan davolash davomiyligidan qat’iy nazar, ko‘rish a’zosi tomonidan yangi simptomlar paydo bo‘lganiga  shikoyat qilgan barcha patsiyentlarda, ko‘rish faoliyatini nazorat qilish kerak. Periferik neyropatiya yoki ko‘ruv nervining neyropatiyasi rivojlangan hollarda linezolidni keyinchalik qo‘llashning maqsadga muvofiqligini va bu bilan bog‘liq bo‘lgan potentsial xavfni baxolash kerak. Linezolid qabul qilgan patsiyentlarda kam hollarda tirishishlar paydo bo‘lish hollari xaqida xabar berilgan. Ko‘pchilik hollarda – anamnezda tirishish xurujlari yoki tirishishlar paydo bo‘lishining xavf omillari bo‘lgan. Linezolid va serotoninergik vositalar, shu jumladan antidepressantlarni, xususan seratoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlarini (SSRIs), bir vaqtda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan serotoninli sindrom hollari xaqida spontan xabarlar tushgan. Linezolid va serotoninergik vositalarini bir vaqtda qo‘llash klinik zarur bo‘lgan hollarda, kognitiv disfunktsiya, giperpireksiya, giperrefleksiya va koordinatsiyani buzilishi kabi serotoninli sindromining ko‘rsatilgan belgilari va simptomlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun patsiyent sinchikov tibbiy nazorat ostida bo‘lishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar va simptomlar paydo bo‘lgan hollarda,  shifokor ikkisidan birini yoki bu ikkala preparatni qo‘llashni to‘xtatish zarurati masalasini ko‘rib chiqishi kerak. Seratoninergik preparat bekor qilinganidak keyin, ko‘rsatilgan simptomatika yo‘qolib ketishi mumkin. Aksazolid fertillikni qaytuvchan pasaytiradi va odamdagiga taxminan teng ekspozitsiya darajalarida katta erkak kalamushlarda spermasni normal bo‘lmagan morfologiyasini belgilaydi. Preparatni odamning reproduktiv tizimiga mumkin bo‘lgan samaralari noma’lum. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homilador ayollarda linezolidni qo‘llanishi yuzasidan adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun homiladorlik davrida preparatni faqat ona uchun davolashdan kutiladigan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan xoldagina buyurish mumkin. Linezolidni ko‘krak sutiga chiqarilishi noma’lum, shuning uchun emizikli ayollarga lizenolidni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bolalar. Xayotining birinchi kunidan boshlab qo‘llanadi. Bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha bo‘lgan): o‘smirlarda (12 dan 17 yoshgacha) preparat 600 mg dozada qo‘llanganida linezolidning farmakokinetikasi kattalarnikiga o‘xshash. Shunday qilib, xar 12 soatda 600 mg dozada xar kuni preparat qabul qilayotgan o‘smirlarda, preparatni shu dozada qabul qilgan kattalardagi kabi, xuddi shunday ekspozitsiyasi kuzatilishi mumkin. 1 haftalikdan 12 yoshgacha: preparatni 10 mg/kg dozada xar 8 soatda xar kuni buyurish, preparat kattalarga 600 mg dozada sutkada 2 marta buyurilganida erishiladigan ekspozitsiyaga yaqinlashgan ekspozitsiyani ta’minlaydi. 1 haftalikkacha bo‘lgan yangi tug‘ilganlarda linezolidning tizimli klirensi (1 kg tana vazniga xisoblaganda) xayotining birinchi haftasi davomida tez o‘sadi. Shunday qilib, preparatni 10 mg/kg dozada xar 8 soatda xar kuni qabul qilayotgan yangi tug‘ilganlarda, tug‘ilganidan keyingi birinchi kuni preparatning yuqoriroq ekspozitsiyasi kuzatiladi. Lekin shunday dozalashda chaqaloq xayotining birinchi haftasi davomida organizmda preparatning xaddan ziyod to‘planishi kutilmaydi (xayotining birinchi 7 kuni davomida preparatning klirensini tez o‘sishi oqibatida). Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati. Linezolidning avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobilyatiga ta’siri tizimli baxolanmagan.

Quruq va qorong‘u joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Doza oshirib yuborilgan hollarda kalavalar filtratsiyasi darajasini tutib turish bo‘yicha choralarni o‘tkazish bilan simptomatik davolash ko‘rsatilgan. Gemodializ o‘tkazilganida organizmdan qabul qilingan preparatning dozasini taxminan 30% chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

100 ml yoki 300 ml dan preparat polipropilen konteynerda. 1 polipropilen konteyner karton qutiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramlangan.

2 yil.