Akriderm GЕNTA

Tarkibi:

100 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 100% moddaga qayta hisoblanganda betametazon dipropionati – 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalent, gentamitsinga qayta hisoblanganda gentamitsin sulfati – 0,1 g; yordamchi moddalar: 0,2 g metilparagidroksibenzoat, 21,7 g propilenglikol, 20 g suyuq parafin, 1,3 g makrogol tsetostearati, 5,7 g tsetostearil spirti [60% li tsetil spirti, 40% li stearil spirti], 0,1 g natriy gidrofosfati, 0,9 g kaliy digidrofosfati, tozalangan suv 100 g gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

betametazon+gentamitsin

Preparatning savdo nomi:

Akriderm GЕNTA

Farmakalogik guruhi:

mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid + antibiotik-aminoglikozid

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun krem

oq yoki deyarli oq rangli krem.

mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid + antibiotik-aminoglikozid

D07CC01

Preparat terapevtik dozalarda sirtga qo‘llanganida ta’sir qiluvchi moddalarni teri orqali so‘rilishi juda ham oz. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash betametazon va gentamitsinni so‘rilishini kuchaytiradi, bu tizimli nojo‘ya ta’sirlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Dermatitlar (oddiy va allergik), ayniqsa ikkilamchi infektsiyalangan, ekzema (atopik, bolalar, tangasimon), atopik dermatit (diffuz neyrodermit), oddiy surunkali temiratki (cheklangan neyrodermit), quyosh nuri oqibatidagi dermatit, eksfoliativ dermatit, bichilishlar, psoriaz, qichima.

Sirtga. Krem terining shikastlangan sohasiga va atrof to‘qimalariga yupqa qavat qilib, sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) qo‘yilib, aylanma harakatlar bilan biroz ishqalanadi, yengil holatlarda bir marta qo‘llash mumkin. Davolash davomiyligi davolashning samaradorligi va o‘zlashtiraolinishiga bog‘liq va odatda ko‘pi bilan 2-4 haftani tashkil qiladi. Agar yaqin vaqt davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni aniqlash yoki dozalash sxemasini o‘zgartirish lozim.

Qichishish, achishish, ta’sirlanish, terini quruqligi, follikulit, gipertrixoz, steroidli xusnbuzarlar, gipopigmentatsiya. Okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganida terining matseratsiyasi, infektsiyalanishi, terining atrofiyasi, striyalar, terlash. Uzoq muddat qo‘llanganida yoki terining katta yuzasiga qo‘yilganida – tizimli nojo‘ya samaralari: tana vaznini oshishi, osteoporoz, arterial bosimni oishish, shishlar, me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini yaralanishi, infektsiyaning yashirin o‘choqlarini zo‘rayishi, giperglikemiya, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, dismenoreya rivojlanishi mumkin. Bolalarda – gipofiz-gipotalamus-buyrak usti bezlari tizimini susayishi, Itsenko-Kushin sindromi, o‘sishni sekinlashishi, tana vaznini qo‘shilishida kechikish, bosh miya ichki bosimini oshishi (betametazon) kuzatilishi mumkin. Terini o‘tkinchi ta’sirlanishi: qichishish, eritematoz toshmalar (gentamitsin) bo‘lishi mumkin.

Betametazonga, gentamitsinga yoki preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Teri tuberkulyozi, vaktsinatsiya, terining virusli infektsiyalari, perioral dermatit, rozatsea. Sifilisni teri ko‘rinishlari, vaktsinadan keyingi teri reaktsiyalari, bolalar (2 yoshgacha).

Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Yuz terisiga va boshning sochli qismiga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Kremni ko‘zga va periorbital sohaga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chidamli bakterial flora paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish va tegishli davolashni buyurish kerak. Preparat butunligi buzilgan terining katta yuzalariga qo‘llanganida gentamitsinni so‘rilishiga potentsial imkoniyat mavjud bo‘ladi, va muvofiq ravishda ototoksiklik simptomlarini rivojlanish mumkin. Tananing ayrim sohalari (chov burmalari, qo‘ltiq va perianal soha) striyalarni paydo bo‘lishiga yuqori darajada duchor bo‘ladilar. Shuning uchun preparatni tananing bu sohalarida qo‘llash davomiyligi cheklangan bo‘lishi kerak. Bolalarda tana vazniga nisbatan, teri qoplamalarining maydoni kattalarnikiga qaraganda ko‘proqligi, shuningdek epidermis yetarli darajada rivojlanmaganligi tufayli, preparat sirtga qo‘llanganida ta’sir qiluvchi moddalarning proportsional katta miqdori so‘rilishi mumkin, demak, tizimli nojo‘ya ta’sirlarini rivojlanishini yuqori xavfi bor. Preparat bolalarda maksimal qisqa muddatda va barcha ehtiyotkorlik choralariga rioya qilingan holda qo‘llanadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan; homiladorlik davrida bu guruh dori preparatlarini buyurish faqat agar, ona uchun potentsial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holda oqlangan. Homiladorlik vaqtida bu guruh preparatlarni katta dozalarda yoki uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas. Preparatni ko‘krak sutiga kirishi aniqlanmagan, shuning uchun emizishdan voz kechish lozim. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

15 dan 250S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari: Mahalliy GKS yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganda buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini susayishi va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Itsengo-Kushing sindromi bo‘lishi mumkin. Bir vaqtda gentamitsinning dozasi oshirib yuborilganida har qanday simptomlarni paydo bo‘lishi kutilmaydi. Gentamitsin bilan yuqori dozalarda uzoq muddatli davolash, sezgir bo‘lmagan florani o‘sishiga olib kelishi mumkin. Davolash: simptomatik. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchidir. Zarurati bo‘lganida elektrolit muvozanatini to‘g‘rilash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun krem 0,05%+0,1%. 15 g yoki 30 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.