Aknel Gel

Tarkibi:

1 gel quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Ocimum tenuiflorum ekstrakti       8,0%, Azadirachta indica ekstrakti           2,0%, Rubia cordifolia ekstrakti               4,0%, Centella asiatica ekstrakti               4,0%, Aloe barbadensis ekstrakti             8,0%; yordamchi moddalar: 17,0%poloksamer NF (Lutrol F127), 10,0% glitserin IP, 0,05% bronopol IH, 0,1% EDTA dinatriyli tuzi IP, 0,05% shaftoli aromatizatori SG11127C IH.

Preparatning savdo nomi:

Aknel Gel

Farmakalogik guruhi:

.

Dori shakli:

gel

och jigarrang rangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan gel.

.

D10AX03

Aknel gel o‘smirlar va kattalarda husnbuzar va issiqlik toshmalarini hosil bo‘lishiga moyilligi bo‘lgan, yog‘ ajralishi yuqori bo‘lgan yuz hamda tana terisini parvarish qilish uchun, qizil, yallig‘langan husnbuzar elementlarini bartaraf qilish maqsadida qo‘llanadi: husnbuzar toshmasining yengil shaklida monoterapiya shaklida, og‘ir shakllarida – majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Oldindan tozalangan yuz terisiga gel yupqa qavat qilib sutkada 1-2 marta ertalab va/yoki kechqurun surtiladi va kun davomida yoki tun davomida qoldiriladi. Juda ham yog‘li teriga preparat butun yuz terisiga surtiladi, majmuaviy davolashda – faqat terining husnbuzar va issiqlik toshmalari to‘plangan sohasiga surtiladi. Qo‘llash davomiyligi – 1-2 haftadan, to yallig‘lanish belgilari butunlay yo‘qolib ketgunigacha bo‘lgan vaqtni tashkil etadi. Husnbuzar toshmasining og‘ir shaklida shifokor tavsiya etgan boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanadi.

Juda kam holatlarda terida allergik reaktsiyalar (masalan, toshma), kontakt dermatit rivojlanishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Aknel gelini qo‘llash vaqtida klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlari aniqlanmagan.

Gelni ko‘zlarga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin. Bexosdan tegib ketganida – darhol suv bilan yuvish kerak. Preparat yoshga nisbatan cheklovlarsiz buyuriladi. Kosmetik vositalar ostiga surtilmasin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, salqin joyda, 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Sirtga qo‘llanganida dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.

Retseptsiz beriladi

10 g dan alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.