Afobazolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: fabomotizol (fabomotizol digidroxloridi) – 10 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 48 mg, mikrokristall tsellyuloza – 35 mg, laktoza monogidrati – 48,5 mg, o‘rtamolekulyar povidon (o‘rtamolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon, kollidon 25) – 7 mg, magniy stearati – 1,5 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

fabomotizol

Preparatning savdo nomi:

Afobazol

Farmakalogik guruhi:

anksiolitik vosita (trankvilizator).

Dori shakli:

tabletkalar

oq yoki och-sariq tusli oq rangli, yassi tsilindrik, faskali tabletkalar.

anksiolitik vosita (trankvilizator).

N05VX.

Peroral qabul qilingandan keyin Afobazol® me’da–ichak yo‘llaridan yaxshi va tez so‘riladi. Plazmada preparatning maksimal kontsentratsiyasi (Smax) – 0,130±0,073 mkg/ml ni; maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) -0,85±0,13 soatni tashkil qiladi. Metabolizmi: Afobazol® “birinchi o‘tish samarasiga” jigar orqali erishadi, metabolizmning asosiy yo‘nalishi bo‘lib benzimidazol tsiklining aromatik halqasining gidroksillanishi va morfolinli fragmentining oksidlanishi hisoblanadi. Afobazol® qon bilan yaxshi ta’minlangan a’zolarga jadal taqsimlanadi, uning uchun markaziy o‘qdan (qon plazmasi) periferikka tez o‘tish xarakterlidir (kuchli vaskulizatsiyalangan a’zolar va to‘qimalar). Ichga qabul qilinganda Afobazol® ning yarim chiqarilish davri 0,82±0,54 soatni tashkil qiladi. Qisqa yarim chiqarilish davri preparatning jadal biotransfarmatsiyasi va qon plazmasidan a’zo va to‘qimalarga tez taqsimlanishi bilan bog‘liq. Preparat asosan metobolitlar ko‘rinishida va qisman o‘zgarmagan holda siydik va ahlat orqali chiqariladi. Uzoq muddat qo‘llanganida organizmda kumulyatsiyaga uchramaydi.

Afobazol® kattalarda xavotirlik holatlarida yoyilgan xavotirli buzilishlar, nevrosteniya, adaptatsiyani buzilishlari, turli somatik kasalliklari (bronxial astma, ta’sirlangan ichak sindromi, tizimli qizil yugurik) bo‘lgan bemorlarda, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, aritmiyalar) bo‘lgan bemorlarda dermatologik, onkologik va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi. Xavotir bilan bog‘liq bo‘lgan uyquni buzilishida neyrotsirkulyator distoniyada, predmenstrual sindromda, alkogolli abstinent sindromda, chekishdan voz kechishda “bekor qilish” sindromini yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Ichga, ovqatdan keyin qo‘llanadi. Optimal bir martalik dozalar – 10 mg; sutkalik – 30 mg; kun davomida 3 marta qabul qilishga taqsimlangan. Preparatni kurs davomida qo‘llash davomiyligi – 2–4 haftani tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida, shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, preparatning sutkalik dozasi 60 mg gacha, davolash davomiyligi esa 3 oygacha oshirilishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Kam hollarda – odatda mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan bosh og‘rig‘i.

Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza–galaktozani kam so‘rilishi. Homiladorlik, laktatsiya davri. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Afobazol® etanol bilan o‘zaro ta’sir qilmaydi va tiopentalning gipnotik ta’siriga ta’sir qilmaydi. Karbamazepinning tirishishga qarshi samarasini ko‘paytiradi. Diazepamning anksiolitik ta’sirini kuchayishini chaqiradi.

Preparat avtotransportni boshqarishda va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani sezilarli oshirib yuborilganida va intoksikatsiyada miorelaksatsiya ko‘rinishlarisiz sedativ samarani rivojlanishi va yuqori uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Shoshilinch yordam sifatida ampulalardagi 20% li kofein eritmasi 1 ml dan kuniga 2–3 marta teri ostiga qo‘llaniladi.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 10 mg dan. 20 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 3 kontur o‘ramlar davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.