Afilretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tadalafil

Preparatning savdo nomi:

Afil

Farmakalogik guruhi:

Erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oval (tuxumsimon) shaklli, ikki tomoni qavariq, bir tomonida dozasiga bog‘liq ravishda raqamlari va boshqa tomonida “AFIL” gravirovkasi bo‘lgan, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita.

G04BE08

Tadalafil ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi. Plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyaga (Smax) ichga qabul qilinganidan o‘rtacha 2 soatdan keyin erishiladi. Tadalafil so‘rilish tezligi va darajasi ovqatlanishga bog‘liq emas, shuning uchun preparatni ovqatlanishdan qat’iy nazar qabul qilish mumkin. Qabul qilish vaqti (ertalab yoki kechqurun) so‘rilish tezligi va darajasiga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Sog‘lom odamlarda tadalafilning farmakokinetikasi vaqt va dozaga nisbatan proportsionaldir chiziqlidir. 2,5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i (AUC) ostidagi maydoni dozaga nisbatan proportsional ravishda ortib boradi. Plazmadagi barqaror kontsentratsiyalarga preparat sutkada bir marta qabul qilinganida 5 kun davomida erishiladi. Erektil funktsiyasi buzilgan patsiyentlarda tadalafilning farmakokinetikasi erektil funktsiyasi buzilmagan shaxslar farmakokinetikasi bilan bir xil bo‘ladi. Taqsimlanishning o‘rtacha hajmi 63 l ni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich tadalafil organizm to‘qimalarida taqsimlanishidan dalolat beradi. Terapevtik kontsentratsiyalarda tadalafilni 94% plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi buyrak funktsiyasi buzilganida o‘zgarmaydi. Sog‘lom odamlar spermasining tarkibida yuborilgan dozaning 0,0005% kamroq aniqlanadi. Tadalafil asosan tsitoxrom R450 (CYP)3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Asosiy qonda aylanuvchi metaboliti – metilkatexolglyukuronid hisoblanadi. Ushbu metabolit FDE5 ga nisbatan faolligi tadalafilga qaraganda 13 000 marta past. Demak, ushbu metabolit kuzatilayotgan kontsentratsiyalarda uchun klinik ahamiyatli hisoblanmaydi. Sog‘lom shaxslarda tadalafilning o‘rtacha klirensi soatiga 2,5 l ni, o‘rtacha yarim chiqarilish davri esa 17,5 soatni tashkil qiladi. Tadalafil organizmdan asosan nofaol metabolitlar ko‘rinishida, asosan axlat bilan (dozaning taxminan 61%) va kamroq darajada siydik bilan (dozaning taxminan 36%) chiqariladi.

Barcha dozalar uchun: erektil disfunktsiyada (erektsiyaning buzilishlari, impotentsiya) qo‘llanadi. 5 mg li doza uchun: prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (PBXG, prostata bezi adenomasi) simptomlarini davolash, shuningdek PBXG va erektil disfunktsiyaning birgalikda aniqlangan hollarda qo‘llanadi. 40 mg doza uchun (20 mg li 2 ta tabletka): erkak va ayollarda o‘pka arteriyasini giperteniziyasini davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat tabletka ko‘rinishida ichga qabul qilinadi. O‘rta yoshdagi erkaklarda qo‘llanishi Davolash boshida tavsiya qilingan doza 10 mg ni tashkil qiladi, keyinchalik, patsiyentning reaktsiyasiga qarab 20 mg yoki 5 mg li dozaga o‘tkaziladi. Taxmin qilinayotgan jinsiy faollikdan oldin, ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmaganda qabul qilinadi. Preparatning ta’siri tabletka qabul qilinganidan 16 minutdan keyin boshlanadi. Patsiyentlar preparat qabul qilinganda optimal javob vaqtini belgilashlari uchun, preparat qabul qilinganidan keyin 36 soat ichida jinsiy aloqaga kirishishlari mumkin. Qabul qilishning tavsiya etilgan maksimal tez-tezligi sutkasiga bir martani tashkil qiladi. Keksa yoshdagi erkaklarda qo‘llanishi: Keksa yoshdagi patsiyentlarga dozaning maxsus tanlanishi talab qilinmaydi. Buyrak va jigar funktsisini buzilishi bo‘lgan erkaklarda qo‘llanishi: Buyrak (kreatinin klirensi minutiga 30 l) va jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan  patsiyentlar uchun dozaning maxsus tanlanishi talab etilmaydi. Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi yoki prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi va erektil disfunktsiya bilan birga bo‘lganda davolash uchun tavsiya qilingan doza – kuniga 5 mg dan 4 haftadan 26 haftagacha buyuriladi. Prostata bezi adenomasini xavfsiz giperplaziyasi 5 mg li finasterid va 5 mg li tadalafil bilan birga davolash 26 haftagacha davomida tavsiya etiladi. O‘pka gipertenziyasini davolash uchun tavsiya etilgan doza 40 mg (2 ta tabletka) ni tashkil qiladi. Bir kunli dozani ikkiga  bo‘lib qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Bosh og‘rig‘i va dispepsiya eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlar hisoblanadi. Tadalafil dozasi oshirib yuborilishi nojo‘ya ta’sirlar ko‘payishiga olib keladi. Tadalafil qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan noxush hodisalar odatda yaqqolligi bo‘yicha ahamiyatsiz yoki o‘rtacha darajada, tranzitor bo‘lib, preparatni qo‘llashni davom ettirilganda kamayib boradi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta’sirlar quyida keltirilgan rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma’lum – mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra tez-tezligini aniqlash imkoniyati yo‘q. Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi; kam hollarda – Kvinke shishi. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – bosh aylanishi; kam hollarda – insult (shu jumladan gemorragik insult), hushdan ketish, tranzitor ishemik xurujlar, migren, tirishishlar, vaqtinchalik amneziya. Ko‘rish a’zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘rish noaniqligi, ko‘zlardagi og‘riqni his qilish; kam hollarda – ko‘rish maydonining buzilishi, qovoqlarning shishi, kon’yuktiva giperemiyasi, ko‘rish nervining oldi noartritik ishemik nevropatiyasi, ko‘z pardasi qon tomirlari okklyuziyasi. Eshitish a’zolari va muvozanat tomonidan: tez-tez emas – quloqlarni shang‘illashi; kam hollarda – eshitishni to‘satdan yuqolishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – yuzning qizarishi; tez-tez emas – taxikardiya, arterial gipertenziya, gipotoniya; kam hollarda – miokard infarkti, nostabil stenokardiya, yurak qorinchalari aritmiyasi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan: tez-tez – burunni bitishi;  tez-tez emas – hansirash, burundan  qon ketishi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez –  dispepsiya; tez-tez emas – qorinda og‘riq, qusish, ko‘ngil aynishi, gastroezofageal reflyuks. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez emas – toshma; kam hollarda – eshakemi, Stivenson-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, gipergidroz (ko‘p terlash). Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez –  belda og‘riq, mialgiya, qo‘l-oyoqda og‘riq. Buyrak va siydik chiqarish yo‘lllari tomonidan: tez-tez emas – gematuriya. Jinsiy a’zolar va sut bezlari tomonidan: tez-tez emas – uzoq muddatli erektsiya; kam hollarda – priapizm, jinsiy olatga qon quyilishi, gematospermiya. Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq, periferik shishlar, charchoqlik; kam hollarda – yuz shishi, to‘satdan koronar o‘lim.

– tadalafil yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday moddaga yuqori sezuvchanlik; – har qanday organik nitratlar saqlovchi preparatlarni qabul qilish; – 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda qo‘llash; – klinik sinovlarda qatnashmagan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar guruhi, shu sababli tadalafil bunday bemorlarga buyurilmaydi; – so‘nggi 90 kun davomida miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlar; – nostabil  stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtida paydo bo‘ladigan stenokardiya; – so‘nggi 6 oy davomida Nyu-York Kardiologiya assotsiatsiyasi tasnifiga muvofiq “2-sinfga” mansub yoki og‘irroq yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar; – nazorat qilinmaydigan aritmiya, gipotenziya (<90/50 mm sim.ust.) yoki nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya bo‘lgan patsiyentlar; – so‘nggi 6 oy davomida insult bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Ma’lumki, tadalafil nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi. Bu holat nitratlar va tadalafilning azot oksidi va tsGMF ning metabolizmga additiv ta’siri natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun preparatni nitratlar qo‘llash fonida ishlatish mumkin emas. Metabolizmi tsitoxrom R450 izofermenti ishtirokida bo‘ladigan dori vositalar klirensiga klinik ahamiyatga ega ta’sir ko‘rsatmaydi. Tadqiqotlar Tadalafil CYP3A4, CYP1A2, CYP2D6, CYP2E1 va CYP2C9 izofermentlarini ingibitsiya va induktsiya qilmasligini tasdiqlaydi. Tadalafil S-varfarin yoki R-varfarin farmakokinetikasiga klinik ahamiyatga ega ta’sir ko‘rsatmaydi. Tadalafil varfarinning protrombin vaqtiga nisbatan ta’sir qilmaydi. Tadalafil atsetilsalitsil kislotasining ta’siri sababli yuzaga kelgan qon ketish davomiyligini uzaytirmaydi. Tadalafilning asosiy antigipertenziv dori vositalarning, shu jumladan kaltsiy kanallarining blokatorlari (amplodipin), angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitori (enalapril), beta-adrenergik retseptorlarning blokatorlari (metoprolol), alfa-blokatorlar, tiazid diuretiklari (bendoflyuazid) va monoterapiya yoki majmuadalarda past dozalarda qo‘llanilgan angiotenzin II retseptorlari blokatorlari bilan o‘zaro ta’siri klinik ahamiyatga ega emas. Tadalafilni antigipertenziv preparatlar bilan yoki ularsiz qabul qilgan patsiyentlarda nojo‘ya ta’sirlar orasidagi farqlar kuzatilmagan. Tadalafilni bir marta qabul qilinganda qondagi alkogol kontsentratsiyasiga, alkogolning kognitiv funktsiyasiga va arterial bosimga ta’siri kuzatilmagan. Bundan tashqari, alkogol bilan birga qabul qilingan tadalafilning kontsentratsiyasi 3 soatdan keyin o‘zgarishi kuzatilmagan. Tadalafil asosan CYP3A4 fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP3A4 selektiv ingibitori ketokonazol AUC ni 107% ga oshiradi, rifampitsin esa 88% ga oshiradi. O‘ziga xos o‘zaro ta’sirlar o‘rganilmagan bo‘lsa ham, ritonavir va sakvinavir kabi proteaz ingibitorlar, shuningdek eritromitsin va itrakonazol kabi CYP3A4 ingibitorlari tadalafil faolligini oshiradi deb taxmin qilish mumkin. Antatsid (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) va tadalafil bir vaqtda qabul qilinganda AUC o‘zgarmagan holda tadalafinning so‘rilish tezligi kamayadi. 5-alfa-reduktaza (ARI) ingibitorlari. PBXG simptomlarini bartaraf qilish uchun 5 mg finasterid bilan 5 mg tadalafil qo‘llanganda 5 mg finasteridni solishtirish bo‘yicha o‘tkazilgan klinik sinovlarda noma’lum platsebo plyus har qanday yangi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan. Shunday bo‘lsada, tadalafilni 5-alfa-reduktaza ingibitorlari bilan birga qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. CYP1A2 substratlar (masalan, p. teofillin). Tadalafil teofillinni farmakokinetikasi yoki farmakodinamikasiga klinik ahamiyatga ega ta’sir ko‘rsatmaydi. 10 mg tadalafilning klinik farmakologik tadqiqotlarida teofillin bilan birga yuborilganda hech qanday o‘zaro farmakokinetik ta’sir kuzatilmagan. Bu yerda yagona farmakodinamik samarani qayd etish mumkin – bu yurak qisqarishlari tez-tezligini biroz oshishi (minutiga 3,5 marta qisqarish). Bu samara ahamiyatsiz bo‘lsa ham, ushbu tadqiqotda klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan, bu dori vositalar majmuada qo‘llanganda e’tiborga olish kerak. Etinilestradiol va terbutalin. Tadalafil qo‘llanganda etinilestradiolning peroral biokiraolishligi oshishi mumkin. Terbutalinni peroral tarzda qabul qilishda ham ushbu samara kuzatilishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasi. Tadalafil atsetilsalitsil kislotasi chaqirgan qon ketishining davomiyligiga ta’sir qilmaydi.

Jinsiy faollik yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga potentsial xavfli hisoblanadi. Shuning uchun, jinsiy faollik tavsiya etilmagan bunday kasalliklari bo‘lgan erektil disfunktsiyasini davolashni, shu jumladan preparatni qo‘llash bilan o‘tkazish mumkin emas. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda jinsiy faollikda asoratlarni potentsial xavfni hisobga olish kerak: – so‘nggi 90 kun davomidagi miokard infarkti; – nostabil stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtidagi stenokardiya; – so‘nggi olti oyda rivojlangan NYHA bo‘yicha 2-sinfi va undan yuqoriroq sinfi bo‘lgan yurak yetishmovchiligi; – yurak ritmini nazorat qilib bo‘lmaydigan buzilishlar, gipotoniya (AB <90/50 mm sim.ust.) yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya; – so‘nggi olti oy ichida o‘tkazilgan insult. Priapizmga (masalan, o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘p miqdordagi miyeloma yoki leykemiyada) moyilligi yoki jinsiy olatning anatomik deformatsiyalari (masalan, qiyshaygan, kavernoz fibrioz yoki Peyroni kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Tadalafil qo‘llanganda priapizm bo‘lgan to‘g‘risida xabar berilmagan. Tadalafilni erektil disfunktsiyani davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi. Erektil disfunktsiyani tashxisini aniqlash uchun, medikamentoz davolashni boshlashdan oldin, potentsial birlamchi sabablarni aniqlash kerak. 4 soat va undan ko‘proq vaqt davom etgan erektsiya darhol tibbiy yordamga murojaat qilish lozimligi patsiyentlarga tushuntirilishi lozim. Priapizmning kechiktirib davolash jinsiy olatning to‘qimalari shikastlanishiga olib keladi, natijasida, potentsiya uzoq vaqtgacha tiklanmay qolishi mumkin. O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 31-50 ml) bo‘lgan patsiyentlarda tadalafil bilan davolash fonida yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 51-80 ml) yoki sog‘lom shaxslar bilan solishtirilganda bel sohasidagi og‘riq kabi nojo‘ya ko‘rinishlar ko‘proq kuzatiladi. Og‘ir darajadagi buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml) bo‘lgan bemorlarda tadalafil o‘rganilmagan. Kreatinin klirensi minutiga 50 ml bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Aholining maxsus guruhlari uchun qo‘shimcha ma’lumotlar: Tadalafil pediatriyada qo‘llash tavsiya etilmaydi. 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun tadalafilning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmagan. Homiladorlik va emizish davri Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homilaga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfi aniqlanmadi, homilador ayollarda tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homilador ayollarda tadalafil qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar cheklangan. Homiladorlik, embrional/fetal rivojlanish, tug‘ruq yoki tug‘ruqdan keyin davrida  homilani rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita salbiy ta’siri aniqlanmagan. Emizish davrida ayollarga tadalafilni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Tadalafil ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri – maxsus ko‘rsatmalar yo‘q. Tadalafil 5 mg – prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan patsiyentlar davolashdan oldin prostata bezi rakini inkor qilish uchun tekshiruv o‘tkazilishi zarur. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: sog‘lom odamlarga bir marta 500 mg gacha va erektil disfunktsiya bo‘lgan patsiyentlarga ko‘p marta sutkada 100 mg buyurilganda, noxush samaralar pastroq dozalar qo‘llanganda kabi ko‘rinishga ega. Davolash: gemodializ tadalafilni chiqarilishiga deyarli yordam bermaydi.

Retsept bo‘yicha

“Afil 2,5” qobiq bilan qoplangan 2,5 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8. “Afil 5” qobiq bilan qoplangan 5 mg tabletkalar, №14, №28. “Afil 10” qobiq bilan qoplangan 10 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8. “Afil 20” qobiq bilan qoplangan 20 mg tabletkalar, №1, №2, №4 va №8.

2 yil.