Aevit LIK

Tarkibi:

bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: alfa-tokoferol atsetati (Ye vitamini) (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 g, retinol palmitati (A vitamini) moyli eritma 55,036 mg (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 ml (100000 XB); yordamchi moddalar: makkajo‘xori moyi (rafinatlangan, dezodoratsiya qilingan) yoki soya moyi yoki kungaboqar – 0,2 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ye vitamini + retinol

Preparatning savdo nomi:

Aevit-LIK

Farmakalogik guruhi:

Polivitamin vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan, achigan hidsiz moyli suyuqlik bilan to‘ldirilgan sharsimon shaklli, sariqdan to och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, kapsulalar.

Polivitamin vosita.

A11JA Farmakologik xususiyatlari Farmakologik ta’siri. Majmuaviy preparat, ta’siri uning tarkibiga kiruvchi A va Ye vitaminlarining xususiyatlari bilan belgilanadi. Retinol (A vitamini) normal oqshomgi va rangli ko‘rish uchun kerak bo‘lgan ko‘ruv pigmentlarini shakllanishida ishtirok etadi; epitelial to‘qimalarning butunligini ta’minlaydi, suyaklarni o‘sishini boshqaradi. Tokoferol (Ye vitamini) antioksidant xususiyatlarga ega (organizmdan toksiklarni chiqaradi), to‘yinmagan yog‘ kislotalarining himoyasini ta’minlaydi; xujayralararo moddaning, biriktiruvchi to‘qimaning, qon tomirlarning silliq mushaklari, ovqat hazm qilish yo‘llarining kollagen va elastik tolalarining shakllanishida ishtirok etadi. Buzilgan kapillyar qon aylanishini tiklaydi, kapillyar va to‘qimaning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. Farmakokinetikasi. Retinol o‘t kislotalari bilan emulgatsiyasidan keyin me’da-ichak yo‘llarida so‘riladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Retinolning metabolitlari safro bilan (retinilpalmitat, retinal, retin kislotasi) va siydik bilan (retinoilglyukuronid) chiqariladi. Retinolni chiqarilishi sekin amalga oshiriladi, to‘planishi mumkin. Ye vitamini: qabul qilingan dozaning taxminan 50% me’da-ichak yo‘llaridan sekin so‘riladi, qondagi maksimal darajasi 4 soatdan keyin aniqlanadi. Buyrak usti bezlari, urug‘ yo‘llari, yog‘ va mushak to‘qimasi, eritrotsitlar, jigarda to‘planadi. Organizmdan o‘zgarmagan ko‘rinishda va metabolitlari ko‘rinishida safro (90% dan yuqori) va siydik (taxminan 6%) bilan chiqariladi. Qo‘llanilishi A va Ye majmuaviy avitaminozi. Majmuaviy davolashda: – to‘qimalarning trofikasini buzilishi bilan birga kechuvchi terini shikastlanishlari va kasalliklari (psoriaz, ekzemaning ayrim shakllari, ixtioz, seboreyali dermatit) da qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari

Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), epigastral sohasida diskomfort his qilish, dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya). Uzoq vaqt qabul qilganda o‘t-tosh kasalligi va surunkali pankreatit zo‘rayishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va/yoki Ye gipervitaminozi, bolalar (18 yoshgacha), homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

A vitamini giperkaltsiyemiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar, neomitsin A va Ye vitamini so‘rilishini kamaytiradi (ularning dozasini oshirish talab etilishi mumkin). Peroral kontratseptivlar plazmada A vitaminining kontsentratsiyasini oshiradi. Izotretinoin A vitamini bilan intoksikatsiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Tetratsiklin va yuqori dozada (50000 TB va undan yuqori) A vitaminini bir vaqtda qo‘llash bosh miya ichki bosimini oshishi rivojlanishi xavfini oshiradi. Ye vitamini glyukokortikosteroid preparatlarning, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning, antioksidantlarning samarasini kuchaytiradi, A, D vitaminlari, yurak glikozidlarining samaradorligini oshiradi va toksikligini kamaytiradi. Ye vitaminini yuqori dozada buyurilishi organizmda A vitamini tanqisligini chaqirishi mumkin. Ye vitaminini sutkada 400 TB dan yuqori dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandion hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llash gipoprotrombinemiya rivojlanishi va qon ketishi xavfini oshiradi. Temirning yuqori dozalari organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu Ye vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.

A va Ye gipervitaminozi rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas. Preparatni qo‘llaganda unda A vitaminining yuqori dozalarini (100000 TB) hisobga olish kerak. Selen va oltingugurt saqlovchi aminokislotalarning miqdori yuqori bo‘lgan parhez Ye vitaminiga ehtiyojni kamaytiradi.

Tavsiya etilgan dozalarda preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

A vitamini dozasini o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari (qabul qilinganidan keyin 6 soat o‘tgach rivojlanadi): kattalarda – uyquchanlik, holsizlik, diplopiya, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, og‘ir qusish, diareya, ta’sirchanlik, osteoporoz, milklarni qonashi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi va yaralanishi, lablar, terini (ayniqsa kaftlarni) po‘st tashlashi, qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, bosh miya ichki bosimini oshishi (emizikli bolalarda – gidrotsefaliya, liqildoqni bo‘rtishi). A vitamini bilan surunkali intoksikatsiyaning simptomlari: anoreksiya, suyaklarda og‘riq, terini yorilishi va quruqligi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi, gastralgiya, qusish, gipertermiya, asteniya, bosh og‘rig‘i, fotosensibilizatsiya, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, ta’sirchanlik, sochlarni to‘kilishi, oyoq-qo‘l kaftlarida, burun-lab uchburchagi sohasida sariq-to‘q sariq rangli dog‘lar, gepatotoksik ko‘rinishlar, ko‘z ichki bosimini oshishi, oligomenoreya, portal gipertenziya, gemolitik anemiya, suyaklarning rentgenogrammalarida o‘zgarishlar, tirishishlar. Ye vitaminining dozasini oshirib yuborilishining simptomlari: sutkada 400-800 TB dozalarda uzoq muddat davomida qabul qilinganida – ko‘rishning noaniqligi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, diareya, gastralgiya, asteniya; sutkada 800 XB dan ko‘proq dozada uzoq muddat davomida qabul qilinganida – K gipovitaminozi bo‘lgan bemorlarda qon ketishlari xavfini oshishi, tireoid gormonlarining metabolizmini buzilishi, jinsiy funktsiyani buzilishlari, tromboemboliya, nekrotik kolit, sepsis, gepatomegaliya, giperbilirubinemiya, buyrak yetishmovchiligi, ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi, gemorragik insult, astsit. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.