Adjiflyuks

Tarkibi:

10 ml suspenziyaquyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: alyuminiy gidroksid – 350 mg , magniy gidroksid – 400 mg; yordamchi moddalar: natriy karmellozasi, sorbitol, metilparagidroksibenzoati,  propilparagidroksibenzoati, natriy tsitrati, 50% natriy gidroksidi eritmasi, natriy saxarinati, mentol, yalpiz barglari moyi, propilenglikol, xlorid kislotasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

algeldrat + magniy gidroksidi

Preparatning savdo nomi:

Adjiflyuks

Farmakalogik guruhi:

antatsid vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

oq yoki deyarli oq rangli, bir xil konsistentsiyali, yalpiz hidli va shirin ta’mli suyuqlik.

antatsid vosita.

A02AD01

Me’da shirasining oshgan yoki me’yoriy kislotaligi va ichakda ko‘p gaz hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi ovqat-hazm qilish yo‘llarining kasalliklari. Preparatni mustaqil yoki majmuada qo‘llash mumkin: gastrit va duodenit;me’da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalari;me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasi;medikamentoz gastrit va duodenit;gastroezofageal reflyuks;duodenogastral reflyuks;me’da yarasiga bog‘liq bo‘lmagan dispepsiya va meteorizm;ko‘p gaz hosil bo‘lishi natijasidagi diskomfortda.

Dori vositasi ichga qabul qilinadi. Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga: Reflyuks-ezofagit bo‘lganida – 2-4 o‘lchov qoshiqdan sutkada 4 marta, ovqat qabul qilgandan 1 soat keyin va kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi. Kutilgan samaraga erishilganidan keyin 2 choy qoshiqdan sutkada 4 marta qabul qilishga o‘tiladi. Gastrit va duodenitni, me’da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalarini, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini, medikamentoz gastritni va gastroezofageal va duodenogastral reflyuksni, yarali bo‘lmagan dispepsiya va gazli diskomfortni davolash uchun – 2 o‘lchov qoshiqdan sutkada 4 marta, ovqat qabul qilinganidan 1 soatdan keyin va kechqurun uyqu oldidan buyuriladi. Maksimal sutkalik doza, 12 o‘lchov qoshiqdan oshmasligi kerak. Maksimal sutkalik dozani 4 haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida qabul qilish kerak. Adjiflyuksni suyultirilmagan ko‘rinishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. U qabul qilinganidan keyin yarim soat davomida suyuqliklarni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Qo‘llashdan oldin suspenziyani yaxshilab chayqatish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda alyuminiy va/yoki magniy intoksikatsiyasi rivojlanishi mumkin. Kam hollarda diareya bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalarning ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.

Magniy va alyuminiyga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (buyraklardan chiqarilishini kamayishi oqibatidagi qon zardobida magniy va alyuminiyning kontsentratsiyasini oshish xavfi).

Adjiflyuks kaptoprilning plazmadagi yuqori kontsentratsiyasini va uning nisbiy kirishaolishligini kamaytiradi. Kaptoprilni preparatni qabul qilishdan kamida ikki soat oldin qo‘llash kerak. Preparat tetratsiklin antibiotiklarini, N2-blokatorlar va temirni so‘rilishini kamaytiradi. Ularni 1-2 soatlik interval bilan qo‘llash tavsiya qilinadi. Adjiflyuks, shuningdek ketokonazolning plazmadagi kontsentratsiyasini ham kamaytiradi. Adjiflyuksni xinolonlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Preparatni digoksin va proponolni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki keyin qo‘llash kerak, Adjiflyuks ularning biokirishaolishligini kamaytiradi. Dori vositasi ayniqsa buyraklarning faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda xinidinning chiqarilishini, xinidinning zaxarliligini belgilari bilan buzishi mumkin. Antatsid va salitsitlatlarni bir vaqtda qabul qilish salitsilatlarning zardobdagi darajasini axamiyatli kamayishga olib keladi. Levotiroksin va Adjiflyuksni majmuaviy qabul qilishda gormonal ta’sirning kamayishi mumkin. Pirenzepin preparatning ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.

Adjiflyuksni qo‘llashni boshlashdan oldin xavfli jarayonni bo‘lishini istisno qilish lozim. Preparat buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Altsgeymer kasalligida preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki alyuminiyni miya to‘qimasining nerv tolalarida to‘planishi va asoratlarga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida fikrlar mavjud. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash vaqtida klinik belgilarini yaraning o‘lchamlarini, diareyani paydo bo‘lishini, alyuminiy va magniyning zardobidagi darajasini dinamikada nazorat qilish kerak. Preparatni uzoq muddat qabul qilishda organizmga fosforni yetarli miqdorda tushishni ta’minlash kerak, chunki alyuminiy gidrooksidi fosfatlar bilan bog‘lanadi va ularning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, kaltsiyning siydik bilan chiqarilishi oshadi, bu kaltsiy-fosfat muvozanatini buzilishi va ostemalyatsiya rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi mumkin (belgilari – holsizlik va suyaklardagi og‘riqlarga shikoyatlar). Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanilishi: Adjiflyuks homilador ayollarga preparatda etil spirti saqlanishi (bir dozada 0,113 g) tufayli, zarar keltirishi mumkin. Adjiflyuksni homilador va emizikli ayollarda nazoratli klinik tekshirishlarini yo‘qligi tufayli, faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilish kerak. Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga ta’siri: Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga salbiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Adjiflyuksning qisman so‘rilishga qaramay, yuqori dozalarini davomli qo‘llash gipermagnemiyaning rivojlanishga olib kelishi mumkin (magniyning qondagi darajasini oshishi), bu tez toliqish, yuzni qizarishi, ozib ketish, mushakni zaifligi va hulqni noadekvatligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek metabolik alkalozning belgilari, kayfiyatni yoki aqliy faollikni o‘zgarishi, mushaklarning uvishishi yoki og‘riq, asabiylik va tez toliqish, nafasni sekinlashishi, noxush ta’mni his qilish kuzatilishi mumkin. dorini tez chiqarish bo‘yicha choralarni darhol ko‘rish kerak – me’dani yuvish, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish kerak.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun suspenziya. 250 ml yoki 170 ml dan to‘q rangli birinchi ochish nazoratli buraladigan alyumin qopqoqchali plastik flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil.