Adelfan SDretsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: faol moddalar: 10 mg gidratlangan digidralazin sulfati, 0,1 mg rezerpin va 10 mg gidroxlortiazid; yordamchi moddalar: mannitol (Ye 421), makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, talk, dinatriy edetati.

Preparatning savdo nomi:

Adelfan SD

Farmakalogik guruhi:

antigipertenziv vosita (rezerpin boshqa preparatlar bilan majmuada)

Dori shakli:

tabletkalar

antigipertenziv vosita (rezerpin boshqa preparatlar bilan majmuada)

C02L A51

So‘rilishi va plazmadagi kontsentratsiyasi. Rezerpin ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi. 30 minutdan keyinoq plazmada rezerpinning kontsentratsiyasi o‘lchasa bo‘ladigan ko‘rsatkichlarga yetadi. Tizimli biokiraolishligi 50% ni tashkil qiladi. Digidralazin ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi. Plazmada preparat asosan o‘zgarmagan digidralazin va asosiy moddaning metabolizmi natijasida hosil bo‘luvchi gidrazon moddalar shaklida bo‘ladi. Preparatning taxminan 10% plazmada gidralazin shaklida bo‘ladi. Gidroxlortiazid ichga qabul qilinganidan so‘ng 60-80% ga so‘riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 1,5-3 soat. So‘rilishining ovqat qabul qilish ta’siridagi o‘zgarilishlari klinik axamiyatga ega emas. Terapevtik dozalar diapozonida gidroxlortiazidniing tizimli biokirishaolishligi dozaning kattaligiga proportsionaldir. Preparat tez-tez buyurilganida uning farmakinetikasi o‘zgarmaydi. Taqsimlanishi. Rezerpinning nisbiy taqsimlanish hajmi o‘rtacha 9,1 l/kg (6,4 dan 11,8 l/kg gacha tebranish) ni tashkil qiladi. Plazma oksillari (albuminlar va lipoproteinlar) bilan bog‘lanishi  96% dan ko‘proqni tashkil qiladi. Gidroxlortiazid eritrotsitlarda to‘planadi. Chiqarilish bosqichida uning eritrotsitlardagi kontsentratsiyasi plazmadagiga nisbatdan 3-9 marta ortiq. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 40-70%. Chiqarilishining terminal bosqichida taqsimlanish hajmi 3-6 l/kg ni tashkil qiladi (bu tana vazni 70 kg bo‘lganda 210-420 l ga to‘g‘ri keladi). Metabolizmi. Rezerpin jigar va ichakda metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitlari metilrezerpat va trimetoksibenzoy kislotasidir. Digidralazin ahamiyatli darajada oksidlanish, gidrazonlarni hosil bo‘lishi va atsetillanish kabi jarayonlar ishtirokida metabolizmga uchraydi. Patsiyentning atsetillanish reaktsiyalariga qobiliyati digidralazinning farmakokinetikasiga jiddiy ta’sir qilmaydi. Gidroxlortiazid juda past darajada metabolizmga uchraydi. Uning yagona juda kam miqdorda aniqlangan metaboliti 2-amino-4-xloro-M-benzendisulfonamiddir. Chiqarilishi. Rezerpin va uning metabolitlarining plazmadan chiqarilishi ikki bosqichda kechadi: I bosqichning yarimchiqarilish davri 4,5 soatni; II bosqichning – 271 soatni tashkil qiladi. O‘zgarmagan moddaning yarimchiqarilish davrining o‘rtacha davomligi 33 soatni tashkil qiladi. Preparatning umumiy klirensi o‘rtacha minutiga 245 ml ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng birinchi 96 soat davomida dozaning 8% siydik bilan, asosan metabolitlari ko‘rinishida, va 62% – ahlat bilan, asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. O‘zgarmagan digidralazinning yarimchiqarilish davri o‘rtacha 4 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi o‘rtacha 1450 ml/min ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng qabul qilingan dozaning taxminan 46% 24 soat davomida, asosan metabolitlari ko‘rinishida ahlat bilan chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 0,5% o‘zgarmagan modda ko‘rinishida siydikda aniqlanadi. Gidroxlortiazidning plazmadan chiqarilishi ham ikki bosqichli: boshlang‘ich bosqichining yarimchiqarilish davri 2 soatni tashkil qiladi, yakuniy bosqichining (qabul qilinganidan so‘ng 10-12 soatdan keyin) – taxminan 10 soatni tashkil qiladi. Buyraklar faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda chiqarilishi deyarli asosan buyraklar orqali amalga oshiriladi. Umuman olganda, qabul qilingan dozaning 50-75% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi. Keksa yoshli patsiyentlar, buyraklar faoliyatini buzilishi. Keksa yoshli bemorlarda va buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda gidroxlortiazidning klirensi ahamiyatli pasayadi, bu qon plazmasida uning kontsentratsiyasini ahamiyatli oshishiga olib keladi. Keksa yoshli bemorlarda kuzatiladigan klirensning pasayishi, ehtimol, buyraklar faoliyatining susayishi bilan bog‘liqdir. Jigar faoliyatini buzilishi Jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda gidroxlortiazidning farmakokinetikasini o‘zgarishlari aniqlanmaydi. Keksa yoshli bemorlarda va buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ning o‘rtacha terapevtik dozalari, buyraklar faoliyati normal bo‘lgan yosh bemorlarga nisbatan pastroq bo‘lishi mumkin. Buyraklar va/yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda digidralazinni to‘planishi kuzatilishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda rezerpinning chiqarilishini sekinlashishi aniqlanadi, biroq bu, uni ahlat bilan faol chiqarilishini oshishi bilan kompensatsiyalanadi. Bunday hollarda organizmda preparatni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, ning bir martalik dozasini to‘g‘rilash yoki AB dinamikasi va o‘zlashtirilishini hisobga olib, dozalar orasidagi intervalni uzaytirish talab qilinadi.

Arterial gipertenziya.

Preparatning dozasini shaxsiy tanlash kerak. Davolash minimal dozani buyurishdan boshlanadi, uni bemorning davolashga bo‘lgan javobiga qarab, asta-sekin (ko‘pi bilan har 2-3 haftadan so‘ng) oshirish mumkin. Sutkalik doza odatda 1-3 tabletkani tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka. Preparatni qabul qilishlar soni – sutkada 2-3 marta. Agarda arterial bosimni adekvat nazoratiga erishish imkoni bo‘lmasa, davolashni qayta ko‘rib chiqish va mumkin bo‘lsa, boshqa farmakologik guruh preparatlariga (beta-adrenoblokator, kaltsiy kanallarining blokatorlari, AAF ingibitori) o‘tish kerak. Preparatni ovqat vaqtida suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Buyraklar, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda, shuningdek keksa yoshli bemorlarni davolash uchun qo‘llanishi. Yuqorida ko‘rsatilgan dozalar buyraklar faoliyati normal bo‘lgan bemorlarga tavsiya qilingan. Keksa yoshli bemorlarda, shuningdek jigar faoliyatini buzilishi va/yoki buyraklar faoliyatini kuchsiz buzilishlari bo‘lgan bemorlarda preparatning bir martalik dozasini yoki buyurishlar orasidagi intervalni, davolashga talab etiladigan javobni va o‘zlashtiraolinishini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan belgilash lozim. Buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/min va undan kam) bo‘lgan bemorlarda, diuretik vositalarni qo‘llash talab etilganida, «halqali» diuretiklarga afzallikni berish kerak. Majmuaviy tarkibga ega bo‘lgan ushbu preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas.

ning komponentlari, arterial gipertoniyani davolash uchun alohida buyuriladigan xuddi o‘sha preparatlarning dozalari bilan solishtirganda, unda ancha pastroq dozalarda mavjuddir. Shunga qaramasdan, preparatning alohida  komponentlari uchun xarakterli bo‘lgan quyidagi  nojo‘ya ta’sirlari kuzatilishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlarining uchrashi tez-tezligini quyidagi baholash mezonlari ishlatildi: “tez-tez” tushunchasi agarda nojo‘ya ta’sirlar 10% dan ortiq patsiyentlarda aniqlanganda ishlatiladi, “ba’zida” tushunchasi – 1-10% da,  “kam” tushunchasi – 0,001-1% da, «alohida hollarda» – 0,001% dan kam patsiyentlarda uchraganda qo‘llanadi.

Rezerpin va unga o‘xshash moddalarga, digidralazin yoki boshqa gidrazinoftalazinlarga, gidroxlortiazid yoki boshqa sulfonamid hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Depressiya (hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi), Parkinson kasalligi, tutkanoq, elektr tirishish yordamida davolash. Me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasi kasalligining zo‘rayish bosqichi, yarali kolit; feoxromatsitoma, MAO ingibitorlari bilan yo‘ldosh yoki yaqin oradagi davolanish. Tizimli qizil yugirik (idiopatik). Yurakdan kuchli qon otilib chiqishi (masalan, tireotoksikozda) fonidagi yaqqol taxikardiya va yurak yetishmovchiligi. Mexanik to‘siq (masalan, aortal yoki mitral stenoz yoki konstriktiv perikardit) oqibatidagi yurak yetishmovchiligi  O‘pka gipertenziyasi (“o‘pka-yurak”) oqibatidagi alohida o‘ng qorincha yetishmovchiligi. Anuriya, og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam). Jigar yetishmovchiligi. Refrakter gipokaliyemiya, giponatriyemiya, giperkaltsiyemiya. Giperurikemiya klinik ko‘rinishlari bilan. Homiladorlik davridagi arterial gipertoniya.

ning gipotenziv samarasi boshqa antigipertenziv preparatlar: guanetidin, alfa-metildopa, beta-adrenoblokatorlar, vazodilatatorlar, kaltsiy kanallarning blokatorlari, AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda kuchayadi. Shuningdek preparatning alohida komponentlari bilan bog‘liq qator o‘zaro ta’sirlar bo‘lishi mumkin. Rezerpin. Rezerpin bilan davolashni boshlashdan hech bo‘lmaganda 14 kun oldin MAO ingibitorlarini bekor qilish lozim. Agarda rezerpin qabul qilgan patsiyentga MAO ingibitorlarni buyurish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, rezerpin bekor qilinganidan keyin xuddi shunday kamida 14 kun o‘tishi lozim. Aks xolda rezerpin va MAO ingibitorlarning o‘zaro ta’sirini giperreaktivlik va gipertonik kriz kabi og‘ir ko‘rinishlari rivojlanishi mumkin. Rezerpin alkogol, narkoz vositalari, ayrim antigistamin preparatlar, barbituratlar va tritsiklik antidepressanlarning MNT ga susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. Rezerpin levodopaning ta’sirini susaytiradi. Rezerpin va tritsiklik antidepressantlarni bir vaqtda qo‘llash rezerpinning gipotenziv ta’sirini susaytirishi mumkin. Narkoz vaqtida arterial bosimni xaddan tashqari pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, rejali operatsiyadan bir necha kun oldin rezerpinni bekor qilish lozim. Rezerpinni antiaritmik preparatlar yoki angishvonagul preparatlari bilan birga buyurish, sinus bradikardiyasini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Rezerpin adrenalin va boshqa simpatomimetik moddalarining ta’sirini kuchaytirishi mumkin (yo‘talga qarshi vositalar, burunga va ko‘zga tomiziladigan tomchilar bilan bir vaqtda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak). Rezerpinni qo‘llash siydikda 17-ketosteroidlar va 17-gidroksikortikosteroidlarni kolorimetrik usuli bilan aniqlash natijalariga ta’sir qilib, bu natijalarni pasayishiga olib kelishi mumkin. Digidralazin. Tritsiklik antidepressantlar, neyroleptik vositalar, shuningdek etanol saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash digidralazinning gipotenziv ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Digidralazinni diazoksidni buyurishdan biroz oldin yoki undan keyin tez orada buyurish, arterial bosimni yaqqol pasayishini chaqirishi mumkin. Digidralazin qabul qilayotgan bemorlarga MAO ingibitorlarni buyurishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Gidroxlortiazid Gidroxlortiazid va litiy preparatlari bir vaqtda qo‘llanganida qonda litiyning kontsentratsiyasi oshishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda qonda litiyning darajasini muntazam nazorat qilish lozim. Litiy preparatlari poliuriya chaqirgan hollarda, gidroxlortiazid paradoksal antidiuretik samarani chaqirishi mumkin. Gidroxlortiazid qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Diuretiklar chaqirgan gipokaliyemik ta’sir, GKS, AKTG, amfoteritsin, karbenoksolon bir vaqtda qo‘llanganida kuchayishi mumkin. Gipokaliyemiya va gipomagniyemiya (tiazid diuretiklarning noxush ta’sirlari) yurak glikozidlarini olgan bemorlarda, yurak ritmini buzilishlarini rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gidroxlortiazid qo‘llanganida insulin va peroral qandni pasaytiruvchi preparatlarning dozasini to‘g‘rilash talab qilishi mumkin. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (masalan, indometatsin) bir vaqtda buyurish gidroxlortiazidning diuretik, natriyuretik va antigipertenziv samaralarini susaytirishi mumkin. Moyil bemorlarda buyraklar faoliyatini yomonlashishi to‘g‘risida alohida xabarlar mavjud. Gidroxlortiazidning so‘rilishi anion almashinuvchi smolalar ishtirokida buziladi. Gidroxlortiazidni me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi, kolestiramin va kolestipolning bir martalik dozalari bir vaqtda buyurilganda, bu birikmalar bilan bog‘lanishi sababli,  muvofiq ravishda  85% va 43% ga kamayadi. Tiazid diuretiklarni, shu jumladan gidroxlortiazidni bir vaqtda qo‘llash, allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarni paydo bo‘lishi xavfini oshirishi, amantadinning nojo‘ya ta’siri xavfini oshirishi, diazoksidning gipoglikemik ta’sirini kuchaytirishi, tsitotoksik vositalarni (masalan, tsiklofosfamid, metotreksat) buyrak orqali chiqarilishini pasaytirishi va ularning miyelosupressiv ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Antixolinergik preparatlar (masalan, atropin, biperiden) gidroxlortiazidning biokiraolishligini oshirishi mumkin, bu MIY ning harakat faolligini pasayishi va me’dani bo‘shash tezligini pasayishi bilan bog‘liq. Gidroxlortiazidni D-vitamini yoki kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish, qonda kaltsiyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Tsiklosporinni bir vaqtda qabul qilish giperurikemiya va podagraning xavfini oshirishi mumkin. Gidroxlortiazid va metildopa preparatlari bir vaqtda qabul qilinganida gemolitik anemiyani rivojlanishi to‘g‘risida xabarlar mavjud. Karbamazepin bilan bir vaqtda gidroxlortiazidni qabul qilayotgan patsiyentlarda giponatriyemiya rivojlanishi mumkin. Bunday patsiyentlarni giponatriyemik reaktsiyani rivojlanishi mumkinligi xususida ogohlantirish va tegishli monitoringni amalga oshirishni tavsiya etish lozim.

Depressiya belgilari paydo bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish kerak, chunki suitsidal harakatlarning xavfi mavjud. Rezerpin tomonidan qo‘zg‘atilgan depressiya (ayniqsa, ning yuqori dozalari qo‘llangan hollarda), suitsidal harakatlarni qo‘zg‘atish uchun yetarli darajada og‘ir bo‘lishi mumkin. U preparat bekor qilingandan keyin bir necha oy davomida saqlanishi mumkin. Miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarga, o‘tkazilgan infarktdan keyin barqarorlik davri tugamagunicha digidralazinni buyurish mumkin emas. Digidralazinning jigar tomonidan kam uchraydigan, ammo jiddiy nojo‘ya ta’sirlarini paydo bo‘lishini hisobga olib, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarning holatini muntazam nazorat qilish lozim. Shuningdek, tiazid diuretiklar tomonidan chaqirilgan, xattoki ahamiyatli bo‘lmagan suv-elektrolit buzilishlari, ayniqsa jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda jigar komasiga olib kelishi mumkinligini xam hisobga olish kerak. Bugungi kunda digidralazinni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yugiriksimon sindromni paydo bo‘lishi hollari to‘g‘risida oz miqdordagi xabarlar bor. Bu sindromning yengil shakllari ba’zida isitma va teri toshmalari bilan birga kechuvchi artralgiyalar bilan namoyon bo‘ladi; preparat bekor qilinganidan so‘ng bu simptomlar mustaqil o‘tib ketadi. Og‘irroq hollarda klinik manzara tizimli qizil yugirik ko‘rinishlari bilan o‘xshash; simptomlarning to‘liq yo‘qolishiga faqat glyukokortikoidlar bilan uzoq muddatli davolash bilan erishish mumkin. Bu sindromning paydo bo‘lish tez-tezligi dozaning kattaligi va davolashning davomliligi bilan bevosita bog‘liq. Shuning munosabati bilan, uzoq muddatli tutib turuvchi davolashni o‘tkazish uchun minimal samarali dozalarni qo‘llash tavsiya qilinadi. Digidralazin bilan davolanish vaqtida har 6 oyda qon plazmasida antinuklear omilni aniqlash maqsadga muvofiqdir. Antinuklear omil aniqlangan holda, uning titrlarini muntazam o‘lchab turish kerak. Agarda yugiriksimon sindromning klinik ko‘rinishlari rivojlansa, preparatni darhol bekor qilish kerak. Tiazid diuretiklar qo‘llanganida tizimli qizil yugirikni zo‘rayishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar bor. Kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam bo‘lgan bemorlarda tiazid diuretiklar o‘zining diuretik samarasini yo‘qotadi. Ular bu bemorlarda azotemiyaning rivojlanishini qo‘zg‘atishlari mumkin. Takroriy buyurishlarda kumulyatsiya yuz berishi mumkin. Har qanday kuchli gipotenziv samaraga ega bo‘lgan antigipertenziv preparatlar buyurilgan holdagi kabi,  tserebral va koronar aterosklerozi bo‘lgan bemorlarga buyurganida maxsus ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Bunday hollarda AB ni keskin pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, chunki bu qon oqimini pasayishiga olib kelishi mumkin. Quyida bayon etilgan ehtiyotkorlik choralari nafaqat alohida har bir komponentga, balki  preparatining o‘zi uchun ham taaluqlidir.

Yorug‘lik, namlikning ta’siridan himoya qilinsin. 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari. ning dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq zaharlanishda quyidagi simptomlar bo‘lishi mumkin: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, koma, ekstrapiramid buzilishlar, tirishishlar, paresteziyalar, turg‘un mioz. Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya kuzatilishi mumkin. Shuningdek taxikardiya, arterial gipotenziya, kollapsni paydo bo‘lishi; ba’zida – stenokardiya va aritmiya kabi ko‘rinishlar bilan kechuvchi miokard ishemiyasi hakida xabar berilgan. Nafasni susayishi, suv-elektrolit balansini buzilishi, mushaklar kuchsizligi, mushaklarni (ayniqsa boldir mushaklari) ni tirishishi, oliguri paydo bo‘lishi mumkin. Davolash. Agarda bemor xushida bo‘lsa, qusishni chaqirish yoki me’dani yuvish, faollashgan ko‘mir berish kerak. Arterial gipotenziya bo‘lsa bemorning oyoqlarini baland qilib yotqizish kerak; plazma o‘rnini bosuvchi vositalarini quyish yoki eletrolit buzilishlarni to‘g‘rilash ko‘rsatilgan; zarurati bo‘lganida, ehtiyotkorlik bilan vazofaol vositalarni yuborish mumkin. Diareya holida antixolinergik vosita yuboriladi. Tirishishlar rivojlanganida tirishishga qarshi vositalarni qo‘llash, masalan, v/i asta-sekin diazepamni yuborish ko‘rsatilgan. Nafas yaqqol susaygan holda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasini (O‘SV) o‘tkazish ko‘rsatilgan. Patsiyentni kuzatishning davomiyligi kamida 72 soatni tashkil qiladi, chunki rezerpin davomli ta’sir ko‘rsatadi.

Retsept bo‘yicha

250 tabletkadan o‘ramda.

4 yil.