"Vazn tashlash psixologiyasi"
Haddan tashqari vazn - ko'plab ayollar uchun muammo hisoblanadi.Har bir ayol oynaga qarab, bir xil iborani aytadi: "Men semiribman, vazn tashlash vaqti keldi!" Ammo oynada ko'rgan narsalar - ortiqcha vaznmi?
Psixologlar aytadiki - bu ayolning tabiati.
Parhezsiz va sog'lig'ingizga zarar yetkazmasdan tezda vazn tashlashning eng yaxshi usuli bu tabiiy usullar yordamida kurashishdir. Xozirgi kunda qattiq diyetalar yordam berishi mumkin, ammo keyinchalik ular hech qachon foyda bermaydi. Aslida, ular metabolizmni sekinlashtirishi va hujayralarning normal ishlashiga xalal berishi mumkin.
Biz bu yerda parhezsiz va og'ir jismoniy mashqlarsiz qanday vazn yo'qotish haqida bir nechta maslahatlar bermoqchimiz!
O'zingizga xaqiqiy maqsadni qo'ying:
-vazn tashlash uchun birinchi qadam bu vazn yo'qotish kerakligini chindan ham xoxlashdir. Siz buni xoxlaysiz. Endi siz aniq maqsadni qo'yishingiz kerak. Mana siz 10 kilogramm vazn tashlashingiz kerak deylik, va sizning maqsadingiz, masalan: "Men 4 hafta ichida 2 kilogramm vazn tashlashim kerak". Agar siz 1 hafta ichida 10 kilogramm vazn tashlamoqchi bo'lsangiz, buni uddalay olmaysiz; ikkinchidan, ozishga qodir emasligingiz, o'zingizga shubha qilishingiz mumkin, bu oxir-oqibat demotivatsiyaga olib keladi. O'zingizning eng katta maqsadingizni kichikroq maqsadlarga ajrating. Vazn bo'yicha so'nggi maqsadga erishish uchun aniq qadamlar tashlang.
Uch kunlik ovqatlanish rejangizni yozib oling:
-Bu sizning qayerda noto'g'ri ish tutayotganingizni aniqlashning eng yaxshi usullaridan biridir.
Uy ovqatini iste'mol qiling:
- "Ovqat pishirish uchun juda bandman". Ba'zan charchaganimiz uchun hech narsa qilgimiz kelmaydi. To'g'ri? Xo'sh, albatta, ba'zilaringiz chindan ham band va har doim yo'ldasiz. Ammo shuni bilishingiz kerakki, siz sehrli tushlik va kechki ovqat tayyorlashingiz shart emas.
Kundalik suv meyoringizni iste'mol qiling:
- ajablanarlisi, 95% holatda biz ochlikni his qildik deb o'ylaymiz, aslida esa biz chanqoqni his etamiz. Shuning uchun, ichimlik suvi o'rniga biz shirinlik olamiz. Foyda uchun esa, siz 3-4 litr suv ichishingiz kerak.
Ko'proq sabzavot va mevalarni iste'mol qiling:-Mevalar tolaga, vitaminlarga, minerallarga, mevali shakarga va boshqa fitoelementlarga boy bo'lib, ular toksinlarni chiqarib tashlash, ovqat hazm qilishni yaxshilash va vaznni kamaytirishga yordam beradi. Ismaloq, karam, salat, turp, selderey, sabzi, lavlagi, gulkaram, brokkoli, piyoz, pomidor va ziravorlarni iste'mol qiling. Bu sizning tanangizni vitaminlar, minerallar va xun tolasi bilan boyitadi.
Hech qachon nonushtani qoldirmang:
-Miyangiz organizmning barcha funktsiyalarini boshqaradi va agar siz energiya hosil qilish uchun hujayralarni biologik reaktsiyalar uchun oziq-ovqat bilan ta'minlamasangiz, unda miya to'g'ri ishlamaydi. Bu, o'z navbatida, sustlik, metabolizmning sekinlashishi, vazn ortishi, kognitiv buzilish va hokazolarga olib keladi. Shuning uchun hech qachon nonushta qilishni unutmang.
Ko'k choy iching:
-Har qanday ayol parhezsiz va mashg'ulotsiz vazn yo'qotishni, hatto kuch sarflamasdan xam, unda siz ko'k choy iching. Uning tarkibida zararli kislorodli erkin radikallarni olib tashlashga yordam beradigan antioksidantlar mavjud. Erkin kislorod radikallari hujayralar DNKini mutatsiyalash va organizmning normal ishlashiga xalal berish orqali tanangizga tahdid solishi mumkin. Bu yallig'lanishni keltirib chiqaradigan stress darajasini oshiradi. Bu, o'z navbatida, yallig'lanish tufayli kelib chiqadigan vaznning ko'payishiga olib keladi.
Sog'lig'ingizga befarq bo'lmang...
2021.01.29