Utopiya(orzu)
Tasavvur qiling butun O'zbekiston aholisi 35 mln ta, fuqarolarni har biriga 600 ming so'm dan ya'ni umumiy 2 trillion dollar sovg'a qilish imkoni paydo bo'lsa. Lekin bu katta mablag'ni to'plash hozircha faqat Stiv Jobs kompaniyasi Apple ga nasib qilgan.
Bu maqsadga erishish uchun Stiv o'z vaqtida hatto vaqtini tejash uchun pampersdan, kam uxlashdan, ovqatlanish uchun fastfood dan foydalangan.
2003-yilda 48 yoshida oshqozon saratoni aniqlanib operatsiya qilinadi. Keyinchalik 2009 - yilda kasallik yana avj olib, Jigarini almashtirishi kerak bo'ladi, lekin baribir foyda bermaydi va davolanishni to'xtatadi 2011 - yilda saraton metastaz beradi va vafot etadi.
Bu qisqa hayotni yanada qisqartirgan narsa
Oshqozon, saraton va
jigar. Lekin Stiv hayotidagi barcha maqsadlariga yetgandi, u hayotidan mamnun ketgandi. Bu kabi kasalliklar hozir ko'payib bormoqda. Biz o'z maqsadlarimizga erishdikmi. Hali ham tartibsiz ovqatlanish, ko'p vaqt harakatsiz holda ishlash, tartibsiz hayot va boshqalar barchamizda mavjud. Lekin hali yuqori natijaga erishganimiz yo'q aslida. Dunyoda ko'plab badavlat insonlar biznes boshlab pul topish uchun sog'lig'idan ayrilishadi va shu sog'liqni qaytarib olish uchun keyinchalik boyliklarini sarflashadi. Lekin ko'pchiligimiz bir vaqtni o'zida ham puldan ham sog'liqdan ayrilib qolamiz bazida, sabab esa juda ko'p.
Sabablar: Og'riq paydo bo'lsa, unga etibor bermasdan faqat og'riq qoldiruvchilar bilan yupanamiz, oqibatda esa oshqozon - ichak kasalliklari bilan diydorlashishga to'g'ri keladi.
Ko'p miqdorda yog'li ovqatlar, spirtli va gazli ichimliklar, tartibsiz ovqatlanish
jigar, buyrak va so'ngida
yurak kasalliklari boshlanadi.
Kam harakat qilish, ko'p vaqt o'tirib ishlash, kam suyuqlik ichish suyak, yurak-qon tomir va ichak kasalliklari ko'payishiga olib keladi.
Hozirgi zamon qanchalik qiyin tuyulmasin, hozirgi paytda bizda tanlov imkoniyatlari juda ko'p. Xohish va vaqt bo'lsa kifoya. Istasangiz dorivor damlamalar, istasangiz suyuqlik yoki tabletka ko'rinishidagi
vitaminlar, immunitet oshiruvchi dorilar mavjud.
Sog'liqni qadriga yeting, chunki u qaytib kelmaydi. Hatto 2 trln dollar pulingiz bo'lsa ham. Buni Stiv Jobs umrining so'ngida tushungan.Hayot oldinda hali, yangiliklar yarating biznes qiling, ilm o'rganing va muhimi sog'liqni asrang. Omad...
VITAinfo.uz
2021.01.03