Yangiliklar

so'ngi yangiliklar

🤔 Unutish.
 
Inson unutish orqali juda ko'plab o'ziga yoqqan va yoqmagan voqealarni essidan chiqaradi, ular keraksiz bolgani sabab.
Balki bu kechirishni yana bir turidir, balki qachonlardir Amir Temur avlodlari va shajaralari insonlardan unut bo'lgani kabi Napaleon, Kolumb, Beruniy, Betxoven va hattoki Chingizxon ham unutilib ketar.
Chunki 18-asrdan 2000-yilgacha "Moliyaviy piramida" asoschilari qanday ishlar qilganini biz tez unutib yubordik, lekin Ahmadboyga o'xshaganlar esa hozir ham bizdan foydalanayotgani haqida eshitib turamiz.
 
 
Televizorda aldashmaydi deb "Booknomy" va "Heliks orginal" larga aldanganlar avvalgi voqealarni unutib hozir 60 donasi 2 dollarga(25 000 soʻm) ham bormaydigan sedana yog'i kapsulasini 100 dollarga(1 000 000 soʻm) sotib olish uchun navbatda turishibdi.
 
O'tgan safar Mushukvoylar, ko'p go'sht yeyish, Nikolaylar, Vasiliylar, Jek Ma, Ilon mask, Parazitlar va ulardan biri Toksoplazma haqida gaplashgandik. Ancha narsa haqida gaplashibmiz ularni eslash uchun maqolani qayta o'qib chiqdim, parazitlardan qanday qutilish haqida maʼlumot beribmiz-u lekin atrofimizdagi "Nikolaylardan" qutilish haqidagi bir og'iz gap qolib ketibdi.
 
 
Kundan kun yangi dorilar chiqmoqda reklamasida go'yoki shifokorlar va boshqa dorilar kerak emasligi "uqtiriladi" ba'zilarini tarkibi avvalgi chiqqan dorilar bilan bir xil lekin narxi 2 barobar qimmat...
Ha mayli sifatli bo'lsa puliga arziydi lekin Britaniyada itlarni ovqati bo'lgan "Dengiz laminariyasi" ni dorisi chiqibdi, narxini aytmay qo'ya qolay to'gri bu ko'kat o'zida yod va boshqa mikroelementlar saqlashi sabab insonlarga foydali bo'lishi mumkin, lekin bizdagi preparatni narxini britanlarga aytib ko'ring...
Ularni maoshi biznikidan 20 barobar ko'p bo'lsa ham yuragi huruj qilib qoladi... 
 
 
Sedana yog'ini aytmaysizmi. Laktovita haqida ham shunday desa bo'ladi, o'z og'zi bilan aytib turibdi "og'iz suti" deb dorixonalarda esa uning o'rinbosar variantlari toshib yotibdi. (sedana yog'i kapsulasi singari.) Narxlarda esa ancha farq bor.
Biznesda eng daromadli yo'nalish bu 1 tiyinga xam qimmatlik qiladigan istalgan maxsulotni olib odamlarni chalgʻitib(gapni aylantirib) bir necha yuz barobar qimmatga sota olish.
Masalan: Bitkoin kriptovalyutasining narxi 2009-yilda hech qanday qiymatga ega bo'lmagan vaqtda minglab sondagi bitkoinni Satoshi ismli bittasi yalinib bir dona pitsaga almashtirgan, albatta u bir tiyinnga qimmat bitkoin juda foydali ekanligini ahmoq sotuvchiga yaxshilab uqtirgan.
Shu tariqa firibgarlik sxemasi hozir kattalashib ketdi, qachonlardir bu tizim ham qulaydi.
Hayotimizdagi "Nikolaylar" shunday ular parazit singari sizga unchalik kerak bo'lmagan narsani juda kerakli qilib ko'rsatadi va pulingizni shiladi.
 
 
Shu kunlarda yurtimizda Xitoy tabobati rivojlanib ketmoqda (omadini bersin). Xitoylik do'stlarimizga omad lekin shu tibbiyotni rivojlantirishga hissa qo'shgan Mao Szedun bu tibbiyotga ishonmagan. "Akupunktur" tanani zaxira kuchlari o'z-o'zini davolash... juda ishontirvorishadida.   Ha mayli bu men va Mao Szedunga yoqmagan narsa rostan foydalimi deb qiziqib koʻrsam, aslida bu tibbiyot usulllari "oʻzimizning" isiriq va qo'yyog'i bilan bir xil, 90% holatda samarasiz ekan qolgan hollarda esa xaqiqiy lotoreya. 
 
 
Agar bu kabi davolash usullari yaxshiroq bo'lganida biz hozir Aspirin o'rniga ming yil avval misrliklar ishlatgan "tol daraxti po'stlogi" ni chaynab yurgan bo'lar edik. Nega chet elda tol daraxti unut bo'ldi va aspirinni oʻylab topishdi.? chunki bitta aspirin kuchini olish uchun oylab po'stloq chaynash kerak edi. Biz esa yana o'sha eski mavzu "unutib qo'yganmiz" xolis tavsiyamiz samarasiz narsalarni yodda tuting, sizni aldashlariga yo'l qo'ymang va albatta sog'lig'ingizga befarq bo'lmang....
 
Sizlarga salomatlik tilab VITAinfo.uz adminlari...

2022.01.17