Sinusit
Bu bir yoki bir nechta burun bo'shliqlarga ta'sir qiladigan yallig'lanish jarayoni bilan tavsiflangan kasallik. Kasallikning o'tkir va surunkali turlari ajralib turadi.
Mavjud sinusit turlari:
- gaymorit - yuqori jag' bo'shlig'ining yallig'lanishi;
-frontit - frontal (peshona) bo'shliqlarining yallig'lanishi;
-sfenoidit - ponasimon bo'shliqning yallig'lanishi;
- etmoidit - g'alvirsimon suyak labirintining yallig'lanishi;
-pansinusit - barcha bo'shliqlarni yallig'lanishi.
Sinusit sabab bo'ladi:
- o'tkir respirator kasalliklar;
- o'tkir yuqumli kasalliklar (Gripp);
- tananing gipotermiyasi (harorati tushib ketishi);
-rinit, faringit asoratlari;
-jarohat, burun bo'shlig'i operatsiyalari;
- yuqori jag' tishlarining yallig'lanish kasalliklari (Pulpit, Periodontit);
-allergik rinitning asoratlari;
-Burun poliplari (burun shilliq qavatidagi mayda o'smalar)-fiziologik xususiyatlar (o'rta devorning egriligi).
Sinusitga xos belgilar:
- to'xtamas tumov;
-Nafas olish qiyinlashishi;
- burundan yiringli oqimlar;
- burun yoki og'izdan yoqimsiz hid;
- ertalab kuchayadigan bosh og'rig'i;
- burun ko'prigidagi og'riq;
- ko'zlar ostida shishlar;
- yuqori jag'ning og'rig'i;-isitma.
Sinusitni davolash quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- tomir toraytiruvchi dorilar: Epinefrin,
Ksilometazolin, Pinosol, Snup, Rint;
- burunni yuvish, ingalyatsiya;
-so'rib qurituvchi vositalar: Sinupret, Tsinnabsin, Sinuforte;
-fizioterapiya protseduralari (UVCH);
-xirurgik davolash (yiringni olib tashlash uchun bo'shl
iqni ochish, burun devorining egriligini yo'q qilish).
Sog'lig'ingizga befarq bo'lmang...
2021.02.12