Yangiliklar

so'ngi yangiliklar

"Qalb gavhari".
Ko'pincha, biz kimdir bilan uchrashganimizda, ko'zlariga e'tibor beramiz. Ularni - qalb qavhari deb bejizga aytishmaydi. Albatta, biz ularning rangini darhol sezamiz. G'ayrioddiy, yorqin ko'z ranglari doimo e'tiborni tortadi. Biz chap va o'ng ko'zlarning bir xil rangda ekanligiga odatlanganmiz. Ammo ular turli xil, masalan, jigarrang va yashil ranglarda bo'lishi xam mumkin.
Bizning rangli ko'z pardamiz bir necha asosiy ranglarga ega: jigarrang, kulrang, och ko'k, ko'k, yashil, qora, zaytun rang. Yer yuzida eng keng tarqalgan ko'z rangi jigarrang, chunki u sayyoramizning asosiy populyatsiyasini tashkil etuvchi ikkita yirik irq vakillari - Negroid va Mongoloidlarda. Eng noyob rang - yashil bo'lib, Yerning atigi 2 foizida uchraydi. Shuningdek, turkuaz (бирюзовый) yoki zumrad rang kabi xillari mavjud. Ammo turli xil rangdagi ko'zlari bo'lgan odamlarning yana bir noyob toifasi mavjud. Bularning ko'zlari ikki xil rangda: ko'k va jigarrang, yashil va kulrang va b. bo'ladi. Ushbu anomaliya "geteroxromiya" deb ataladi va u aholining atigi 1 foizida uchraydi.
Geteroxromiya nima?Geteroxromiya - chap va o'ng ko'zlardagi pardaning ranglari boshqa boshqa yoki ularning birida ko'z pardaning rangi qisman o'zgargan. Uning rangi melaninning oldingi (mezodermal) qatlamda kontsentratsiyasi va tarqalishi bilan belgilanadi. Ko'z geteroxromiyasida bu pigment yetarli emas, yoki aksincha, u ortiqcha bo'ladi.
Aksariyat hollarda bu tug'ma anomaliya va ba'zida (masalan, katarakta kasalligi, ko'rish organlari shikastlanishi, ko'rish organlari to'qimalarida qon ketishi, Fuks sindromi va boshqa sabablarga ko'ra) melaninning pigmentatsiyasi buzilishi mumkin.
Geteroxromiya davolashni talab qiladigan kasallik emas. Bu kelajakda ko'rish keskinligiga yoki glaukoma rivojlanish ehtimoliga hech qanday ta'sir qilmaydi. 
Geteroxromiya yuz kishidan bittasida aniqlanadi, ko'pincha bu kasallik ayollarda aniqlanadi. Nima uchun bunday bo'ladi, shifokorlar aniqlay olmaydilar. Buning uchun anatomik yoki fiziologik shartlar mavjud emas.
Geteroxromiyaga olib kelgan sababga qarab, shifokorlar yetarli terapevtik yoki jarrohlik davolanishni buyuradilar. Tug'ma patologiyani tibbiy tuzatishdan o'tkazish mumkin emas, faqat rangli kontakt linzalari qo'llaniladi.
Insonning ko'zlari uning qalbining ko'zgusidir. Ba'zilari ko'k va mehribon bo'ladi, ba'zilari hiyla-nayrang bilan yonib turgan yashil va qora, melanxolik va kulrang, ba'zilari esa geteroxromlangan va ko'p rangli. Barcha odamlar tashqi ko'rinishida individualdir, ammo faqat "sog'lom geteroxromiya" - bu ALLOH ning o'zi tomonidan taqdim etilgan individuallik obrazi. Bilish kerak bo'lgan asosiy narsa shundaki, ko'p rangli ko'zlarning anomaliyasi komplekslar va o'z-o'zidan norozilik uchun sabab emas.
Sizning ko'zlaringiz geteroxromlangan va ranglari xar xil bo'lsa, o'zingiz bilan faxrlaning, Siz boshqachasiz...
 
Sog'lig'ingizga befarq bo'lmang...
Yana boshqa yangiliklar uchun VITAinfo.uz/yangiliklar.
Dorilar haqidagi ma'lumotlar uchun VITAinfo.uz/dorilar.
 

2021.02.02