Hozirgi paytda pandemiya juda ko'plab insonlar hayotiga ta'sir o'tkazdi.Deyarli barchamiz o'zimiz va oilamiz salomatligi uchun turli dorilarni olish uchun bazi dorilarni izlab yuribmiz.Shu sababli virusga ishlatiladigan ayrim dorilarga talab ortib ularni narxini oshirib yubordi.Shu sababdan bizga turli marketing hiylalari va reklamalar orqali koronavirusga davo deb aytilayotgan dorilar haqida ayrim faktlarni baham kormoqchimiz.1.Umifenavir(Arbidol,arpeflyu) Bu dori preparati otgan asrni 30 yillarida grippga qarshi arzon dori sifatida kashf qilingan edi.Lekin foydasi bo'lmagani sabab unutilib ketgan bu "tilla" praparat asrimiz boshida ayrim farmkompaniyalarni esiga tushib qoladi.Keyinchalik turli marketing oyinlari va ertaknamo reklamalar orqali yillik umumiy savdoni shu dori orqali 5 mlrd rublga yetkazishadi.Yaqinda bu dorini Xitoyda xalq tabobati bilan birgalikda qollashdi lekin xalq tabobatini foydasi boldi holos.Shunga qaramay kopchilik bu dorini hali ham tasiriga ishonadi. Sizga bir faktni aytaman yoriqnomaga kora oddiy shamollashga ichilganda 60 soat yani salkam 3 kundan song tasiri sezilarmish umumiy davolashga 1 hafta ketarkan.Bir o'ylab korin shamollashda va grippda siz dori ichmasangiz ham 1 haftada tuzalib ketasiz.Shunday ekan cho'ntakni asrang 600 minga bolsa ham olaman deb yurmang.
2.Ergaferon gomeopatik praparatlardan O'zbekistondagi mashxurlaridan.Gomeopatik preparatlar haqida kop gapirish shart emas.Bu kabi dorilar tarixi tibbiyot rivojlanishi toxtagan Yevropani tarixiga togri keladi.Ana shu paytlarda metall idishda saqlangan oddiy suvni tabiblar bemorlarga dori sifatida berishgan.Nima emish metall idishdagi suvga metallni foydali tomonlari otarkan.Sizga temir piyoladagi suvni dori deb berishgandek.Hozir sal boshqacharoq masalan Ergaferonda gamma interferonidan 0.006 gram yani 1 grammni 167 bolagidan birini olib taxminan kvadtrillion marta kop suvda eritib ana shu orqali tayyorlanadi.Oddiyroq qilib aytsa 0.0067 gramm goshtdan kvadtrillion litr shorva qilish bilan barobar.
2020.10.14