BADdizm-oxirgi yillarda O‘zbekistonda paydo bo‘lgan aqidaviy diniy bo‘lmagan dunyoviy xarakat.
Aqidasi-xamma xam baribir o‘ladi, shunday ekan o‘lishidan oldin oxirgi so‘migacha shilib olish bu xam "farz", xam "qarz"dir.
BADdizm tarixi!
BADdizm termini xozirgi o‘zbek tilida va rus tilida "Биологически активные добавки"-Biologik faol qo‘shimchalar terminining bosh xarflarini qisqartmasidan olingan.O‘zbekiston xududida yaqin 2-3 yil ichida gurkirab rivojlandi.
Xarakat ishtirokchilari:BADdistlar-o‘zlarini insonlar dardiga shifo bo‘lishga sababchi farishtalar sifatida ko‘rsatuvchi, maxsus programmalashtirilgan zombilardan tashkil topgan ekstrimistlar, biznesmenlar, farmasevtlar va xakazolar.
Tarqalgan areali:Asosan tibbiy madaniyati rivojlanmagan xududlar, chekka tumanlarda
Xavflilik darajasi:Fashizm, Ishidchilar va Axmadboy darajasidan ancha xavfliroq.
Ishlash mexanizmi:.Tarmoqli marketing(Islom dini ulamolari tomonidan xarom deb fatvo berilgan,) tizimida asos predmet sifatida BAD larni "Sexrli dori" sifatida ko‘rsatishadi. Ming dardga xattoki zamonaviy tibbiyot davosini topmagan kasalliklarni xam davolashini aytib gipnoz qilishadi. Bundan tashqari mashina, chet elga sayoxat va moliyaviy mustaqillik vada qilishadi.
Shu qadar kuchli ekstrimistik faoliyat natijasida siz o‘zingizni Butun dunyoga shifo ulashuvchi va butun yer yuzini xattoki Mars, Yupiterni xam sotib olishga qodir biznesmen sifatida xis qilasiz. To‘lovni to‘lab BAD larni olasiz va }tushunib yetasiz! Sarflagan pulingizni chiqarib olish kerakligini! Va siz xam keyingi yaqinlaringizni shu "Sexrli dorilar"ni olishga bor maxoratingiz(o‘zlari buni xam o‘rgatishadi) bilan xarakat qilasiz. Shu tariqa zanjir ishga tushadi.
BADlarni ishlab chiqarish texnalogiyasi sodda xisoblangani sababli ko‘plab "yangi biznesmenlar" o‘z faoliyatlarini shu ishdan boshlashadi. BAD tayyor bo‘lgach xayotda o‘rnini topolmagan "sobiq shifokor", yoki endi farmasevtlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yosh farmasevt, yoki biror qarindoshini (muximi muomalani zo‘r qilsa xisob) ishga oladi. U "mutaxasis" pora bilan kun ko‘ruvchi qaysi firma ko‘proq pul bersa o‘sha firmaning maxsulotini kasalga yozib beruvchi, oxirida "o‘rniga beraman"-desa rozi bo‘lmang. "Yezganlarimni o‘zidan oling"-deb xayrlashuvchi "BADkor"(bundaylarni shifokor deyishga til bormaydi)ga boradi.
BADdist va BADkor o‘zaro qaysi aptekani tanlashni kelishib, xar bir sotilgan BAD uchun qancha pul olishni kelishadi. Insofli BADkor 2 ta samarali ta’sir qiluvchi dori orasiga qo‘shib yozsa, insofni yutib yuborgani BADni o‘zini yozib beradi. O‘rtada BADtekachi( anaqqisa shulardan bittasimiz hammamiz) xam ustama xaqi bilan foyda qiladi.
Ko‘rinishidan jiddiy emasdek.
Tarkibi o‘simliklardan va vitaminlardan tashkil topgan. Turli kimyoviy preparatlardan ko‘ra xavsizdek ko‘rinadi. Aslida o‘simliklardan tayyorlangan maxsulotlarning taьsir mexanizmi aniqlanmagan. Aniqlashning iloji mavjud emas.
Juda ko‘plab BADlar yaxshi tozalanmagan. Ko‘plab BADlarga esa garmonlar qo‘shiladi.
Xar tugul dunyoning rivojlangan davlatlari fuqorolar xavsizligi uchun BADlardan foydalanishni turli xil cheklovlarini qo‘llashadi.
Eng muxim faktor esa patologiya tez suratda rivojlanayotgan vaqtda ta'sir samarasi nisbatan ancha past bo‘lgan va isbotlanmagan BAD qo‘llash patalogiyani yanada rivojlanishiga olib keladi.
BADlar profilaktika maqsadida qo‘llanilishi-bu o‘z sog‘lig‘iga eьtiborsiz bo‘lmagan, yuksak farmmadaniyat shakllangan jamiyat belgisi. Hudo hohlasa o‘shanday jamiyatga ham yetib borarmiz. Lekin Xudo xayringizni bergurlar patalogiya vaqtida BAD qo‘llab pulingizni va sog‘ligingizni BADdizmga qurbon qilmang.
Kompleks davolash maqsadida qo‘shishga bemalol shahsiy husumatim yo‘q. Daromadim ham shu aslida! Bazi holatlarda birgina BAD bilan butun boshli patalogiya zanjirini bostirmoqchi bo‘lishlari achinarli halos.