Yangiliklar

so'ngi yangiliklar

Burgut.
Jonzotlar orasida eng ko'zi o'tkirlaridan biri bu burgut... Biz esa bu ketishda 10 metr uzoqlikdagi narsalarga ham ko'zoynaklar bilan qarashimizga to'g'ri keladi shekilli. Sabablari ko'p va siz buni bizdan ko'ra yaxshiroq bilasiz....
Rob Ferlang degan zamonamiz qahramoni haqida o'qib qoldim... AJOYIB... 2430 METR MASOFADAN TURIB HAM BEMALOL MO'LJAL OLARKAN. Ha adashmadingiz u mergan va ovchi, 26 ta futbol maydoni uzoqligidagi masofadan turib kim nima nima qilyapti, qayerga ketyapti bemalol korib, kuzatishi mumkin. Shuning uchun Al QOIDA jinoiy guruhi bu inson ishtirokidagi harbiy operatsiyalarda gangirab qolardi. Ha u haqiqiy burgut.. Ko'zining o'tkirligiga esa gap yo'q. Qani endi bizda ham shunaqa qobiliyat boʻlsa edi demoqchimisiz. 
Sizda ham shunday ko'z bor. BU NATIJALARGA SIZ HAM ERISHA OLASIZ HATTO JUDAYAM UZOQDAGI SIZDAN QARZI BOR ODAMNI KO'RIB TUTIB OLISHIZ MUMKIN, QISQASI SIZDAN QOCHIB KETAOLMAYDI....
Maslan siz 80 kilogramm yukni koʼtarmoqchi boʼlsangiz avval mashq qilib yengilroq narsalarni ko'tarasiz keyinchalik yaxshi natijaga erishib shu yukni koʻtarish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Ko'z o'tkirligini oshirish uchun ham shunday qilinadi avval yaqindagi keyin esa uzoqroqdagi narasalarga qarab koʻzni mashq qildirasiz...
Zaiflashgan ko’z mushaklarining kuchini tiklash va aniq ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun har kuni bir qancha harakatlardan iborat koʻzlar uchun maxsus mashqlardan foydalaning.
 Harakatlar ravon boʻlishi kerak:
1.Koʻzlarni 2 daqiqa tez-tez pirpirating — qon aylanishi yaxshilanadi.
2.Koʻzlarni 5 soniyaga qattiq yuming, keyin esa ularni katta qilib oching. 9-12 marta takrorlang. Bu koʻz qovoqlarining mushaklarini mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi va koʻzlar mushaklarini boʻshashtirishga yordam beradi.
3.Uchta barmoq bilan qovoqlarning yuqori qismini 1-2 soniyaga bosing. Uch marta qaytalang. Koʻz ichidagi suyuqlikning aylanishini yaxshilaydi.
4.Maksimal amplituda bilan chap va o’ng tomonga qarash.
5.Maksimal amplituda bilan yuqori va pastga qarash.
6.Ko’zlarni aylana bo’yicha harakatlantirish, bunda ko’zlar bilan imkon qadar keng aylana «chizish» kerak. Yo’nalishi navbati bilan soat millari bo’yicha va soat millariga qarshi bo’lishi kerak.
7.Bir necha marta ko’zingizni qattiq yuming, so’ngra keng qilib oching.
8.Diagonal harakatlar. Yuqori chap burchakka qaray boshlang va nigohni quyi o’ng burchakkacha tushiring. Boshlang’ich holatga qaytaring. Ko’zlarni ochib-yuming. Yuqori o’ng burchakka qarang, nigohni chap pastki burchakka qarata tushiring. Ko’zlarni ochib-yuming. Yana boshlang’ich holatga qaytaring.
9.Ikkala ko’zni ham burun va peshona tutashgan joyga qaratishga harakat qiling. Agar bosh aylanishi belgilari mavjud bo’lsa, mashqlar intensivligini kamaytirish yoki mashqni o’tkazib yuborish kerak.
Bu mashqlarga qoshimcha mozaikali ko'zoynaklardan ham foydalanishingiz mumkin. Ko'z mashqlari bilan bilan birga ko'z uchun maxsus vitaminlar va tomchilardan foydalaning, sababi koʻzda 3 millionga yaqin muskullar bor ularga ozuqa va vitaminlar kerak... 
Ulardan eng yaxshilari:
-- Komplivit oftalmo;
-- Lutein kompleksi;
-- Roxto.
Demak... 
Burgut bo'lishga bir qadam qoldi.
 

2021.01.27